Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53

Foyda: Hajdagi kishilarga bu kunda ro‘za tutish mahbub emas. Chunki talbiya, zikr va 
duo qilishdan susaytirib qo‘yadi. 
1250/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) muharram oyining 
o‘ninchi kuni ro‘za tutdilar. Va boshqalarni shu kuni ro‘za tutishga buyurdilar. Imom 
Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 
1251/3. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) muharram 
oyining o‘ninchi kuni ro‘zasi haqida so‘ralganida, u zot: «O’tgan yildagi gunohlarga 
kafforat bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1252/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kelgusi yilgacha 
o‘lmay tursam, albatta muharram oyining to‘qqizinchi kuni ro‘zasini tutaman», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
 
228-BOB 
Shavvol oyida olti kun ro‘za tutishning mahbubligi haqida 
 
1253/1. Abu Ayubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Ramazon oyida 
ro‘za tutib, keyingi shavvol oyida olti kun ro‘zani ulasa, go‘yoki zamon (yil) bo‘yi ro‘za 
tutgandek bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Foyda: Kim Ramazon oyida ro‘za tutib, unga shavvol oyidan olti kunni ulasa, go‘yoki 
zamon (yil) bo‘yi ro‘za tutibdi. Chunki Alloh taolo: «Kim biron chiroyli amal qilsa, unga 
o‘n barobar qilib (qaytarilur)», deb aytgan. Demak, bir oy Ramazon o‘n oyga to‘g‘ri 
kelsa, olti kunimiz o‘n barobarga ko‘paytirsak, oltmish kun, ya’ni ikki oy bo‘ladi. 
Hammasini qo‘shsak, o‘n ikki oy bo‘ladi. 
 
229-BOB  
Dushanba va payshanba kunlari nafl ro‘za tutishning mahbubligi haqida 
 
1254/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) dushanba kuni 
ro‘za tutish haqida so‘ralganida u zot: «Bu kunda men dunyoga keldim va payg‘ambar 
qilib yuborildim» yoki «bu kunda menga vahiy qilindi», deb aytdilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
1255/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Amallar dushanba 
va payshanba kuni ko‘rsatiladi. Ya’ni farishtalar ko‘rsatishadi. Amallarim ko‘rsatilayotgan 
kunda ro‘zador bo‘lishim meni xursand qiladi» dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Imom 
Muslim ham ro‘zani zikr qilmasdan rivoyat etganlar. 
1256/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) dushanba va payshanba 
kunlari ehtimom ila ro‘za tutardilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
229
 
230-bob  
Har oyda uch kun ro‘za tutishning mahbubligi to‘g‘risida 
 
Oqlik kunlari, ya’ni oyning o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshinchi kunlari ro‘za afzal. 
Ba’zilar oyning o‘n ikki, o‘n uch va o‘n to‘rtinchi kunlari ro‘za tutish afzal, deyishgan. 
Lekin avvalgisi mashhurroqdir. 
1257/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) menga uch 
narsa — 1. Har oyda uch kun ro‘za tutish; 2. Ikki rakaat zuho (choshgoh) namozini 
o‘qish; 3. Uxlashdan oldin vitr namozini o‘qishni vasiyat qildilar. Imom Muslim va 
Buxoriy rivoyatlari. 
1258/2. Abu Dardodan rivoyat qilindi Rasululloh (s.a.v.) menga uch narsani vasiyat 
qildilar. To hayot ekanman, uni hech qachon tark etmayman. Bular: 1. Har oyda uch 
kun ro‘za tutish; 2. Zuho (choshgoh) namozini o‘qish; 3. Vitr o‘qimasdan oldin 
uxlamaslik», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1259/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har 
oyda uch kun ro‘za tutish zamon (yil) bo‘yi ro‘za tutish bilan tengdir», dedilar. Imom 
Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 
1260/4. Muoza al-Adaviyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu sahobiya Oishadan (r.a.): 
«Rasululloh (s.a.v.) har oyda uch kun ro‘za tutarmidilar?» deb so‘raganlarida, Oisha 
(r.a.): «Ha», dedilar. Men: «Oyning qaysi kunida tutardilar?» desam, Oisha (r.a.): 
«Oyning qaysi kuni ekanligiga ahamiyat bermasdan tutaverardilar», deb aytdilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
1261/5. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar oyda uch kun 
ro‘za tutsang, uni o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshinchi kunlari tutgin», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyatlari. 
1262/6. Qatoda ibn Milhondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bizga oqlik 
kunlari, ya’ni o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshinchi kuni ro‘za tutishga buyurdilar. Abu 
Dovud rivoyatlari. 
(Oqlik atalishiga sabab 13, 14, 15-kunlari oy to‘lishib, oqaradi - Tarj.) 
1263/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xoh safarda, xoh 
muqimlikda bo‘lsinlar, oqlik kunlari, ya’ni oyning o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshinchi 
kunlari og‘izlari ochiq bo‘lmas edi. Ya’ni shu kunlari ro‘zador bo‘lardilar. Imom Nasaiy 
rivoyatlari. 
 
231-BOB 
Iftorlik qilishning fazilati va o‘zi ro‘zador bo‘lib oldida 
boshqalar ovqat yeb turgan kishining fazilati hamda ovqat tortiq 
qilgan kishiga qilinadigan duo haqida 
 
1264/1. Zayd ibn Xolid al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim 
ro‘zador kishiga iftorlik qilib bersa, u kishiga ham ro‘za tutganning ajridek savob 
beriladi. Bu bilan ro‘zadan biror narsa kamaytirilmaydi», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
1265/2. Ummu Umora Ansoriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) 
bu sahobiya huzurlariga kirgandilar, u kishi Rasulullohga (s.a.v.) taom tortiq qildilar. 
Rasululloh (s.a.v.)  «O’zing ham yegin», degandilar, sahobiya: «Men ro‘zadorman», 
dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Ro‘za tutgan qaysi odamning oldida boshqalar 
ovqatlansa, to yeb tugatgunlaricha (yoki to‘ygunlaricha) farishtalar ro‘zador haqqiga 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
230
duoda bo‘lishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
1266/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Sa’d ibn Ubodanikiga 
iftorlik qilgani borganlarida, u non va yog‘ qo‘ydi. RasulullohS ulardan tanovul qilib, 
so‘ng: «Aftora ‘indakum soimuna va akala to’amakum al-abroro va sollat ‘alaykum al-
malaikah», deb aytdilar. (Ma’nosi: Ro‘zadorlar sizlarning huzuringizda iftor qilishdi. 
Yaxshilar ovqatlaringizdan tanavvul qilishdi. Va farishtalar sizlarga salovot aytishdi.) Abu 
Dovud rivoyatlari. 
 
232-BOB  
E’tikof fazilatlari 
 
1267/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ramazonning oxirgi 
o‘n kunligida e’tikof o‘tirardilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 
1268/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) to vafot etgunlariga qadar 
Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof o‘tirdilar. Keyin xotinlari ham shu tarzda e’tikof 
o‘tirishdi. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 
1269/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) har Ramazon oyida 
o‘n kun e’tikof o‘tirardilar. Vafot etadigan yillari esa yigirma kun e’tikof o‘tirdilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
«Riyozus-solihiyn» kitobining ikkinchi qismi shu yerga kelganda nihoyasiga yetdi. 
Inshoalloh, uchinchi qismni «Haj kitobi»dan boshlaymiz. 
 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
231
HAJ KITOBI 
 
233-BOB  
Hajning fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«Va yo‘lga qodir bo‘lgan insonlar zimmasida Alloh uchun mana shu Uyni haj-
ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir bo‘lsa (ya’ni, Ka’bani ziyorat qilish 
farz ekanini inkor qilsa), bas, albatta Alloh butun olamlardan bexojat bo‘lgan 
Zotdir» (Oli Imron surasi, 97-oyat), deb aytgan. 
1270/1. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Islom 
besh narsa ustiga qurilgan: «La ilaha illalloh va anna Muhammadan Rasululloh» 
shahodatini aytish, namozni ado qilish, zakot berish, Baytullohni haj qilish va ro‘za 
tutish», dedilar. Imom Buxoriy, Muslim, Ahmad va Termiziy rivoyatlari. 
1271/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh bizga xutbada: «Ey 
insonlar, albatta Alloh taolo sizlarga haj qilishni farz etdi. Shunday ekan, haj amalini ado 
qilinglar», deganlarida, buni eshitayotganlardan biri: «Har yilimi, ey Rasululloh?» degan 
edi, u zot uch marta so‘ralganida ham sukut qildilar. Keyin: «Agar ha, deb aytsam, shart 
bo‘lib qoladi. Qodir bo‘lganingizcha ado etavering», dedilar. So‘ng yana u zot: «Sukut 
qilib so‘zlamagan narsani savol berib so‘ramanglar. Chunki sizlardan avvalgilar ko‘p 
savol bergani va Payg‘ambarlariga ixtilof qilgani sababli halok bo‘lishdi. Agar sizlarga 
biror narsa buyursam, qodir bo‘lganingizcha amal qiling. Agar biror narsadan qaytarsam, 
uni tark qilinglar», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyati. 
1272/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) «Qaysi amal 
afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Alloh va rasuliga iymon keltirish», dedilar. «Keyin 
qaysi?» deyilganida, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar. «Keyin qaysi?» deyilganida, u 
zot: «Hajji mabrur, ya’ni gunoh sodir etilmagan haj», deb aytdilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1273/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim haj amalini 
ado etsayu, unda behayo narsalarni va gunoh ishlarni sodir qilmasa, xuddi onasidan 
yangi tug‘ilgan boladek (uyiga) qaytadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1274/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir umra ikkinchi 
umraga qadar orsidagi gunohlar uchun kafforatdir. Mabrur haj, ya’ni gunoh sodir 
etilmagan haj uchun jannatdan boshqa mukofot yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1275/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Ey Allohning rasuli! Biz jihodni 
amallarning eng afzali, deb bilamiz, jihod qilaylikmi?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) 
«Lekin jihodlarning eng afzali gunoh sodir etilmagan hajdir», dedilar. Imom Buxoriy 
rivoyati. 
1276/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Alloh taolo arafa 
kunidagichalik boshqa biror kunda ko‘p bandalarini do‘zaxdan ozod qilmaydi», dedilar. 
Imom Muslim rivoyati. 
1277/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ramazonda ado 
etilgan umra haj barobarida yoki men bilan haj 
qilgan barobarida bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1278/9. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ayol: «Ey Allohning rasuli! Alloh 
bandalariga haj qilishni farz etganida otamning yoshi ulg‘ayib qolgan edi. Ulovda 
mustahkam tura olmasdi. (U hajni ado etmay vafot etdi.) Men otam nomidan haj qilsam 
bo‘ladimi?» deganida, Rasululloh (s.a.v.)  «Ha, bo‘laveradi», dedilar. Imom Buxoriy va 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
232
Muslim rivoyatlari. 
1279/10. Laqiyt ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu Zot Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga borib: «Otam keksayib qoldilar. Na haj yoki umra qilish va na yo‘l yurishga 
qodir emaslar», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.)  «Otang nomidan haj va umra 
qilavergin», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
1280/11. Soib ibn Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga 
haj qildim. O’shanda yetti yoshda edim». Imom Buxoriy rivoyati. 
1281/12. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ravho degan joyda 
otliqlarga yo‘liqdilar. Va: «Sizlar kimsizlar?» dedilar. Ular: «Musulmonlarmiz», deyishdi. 
Ular: «O’zingiz kimsiz?» deyishdi. U zot: «Allohning rasuliman», dedilar. Bir xotin 
bolasini ko‘tarib turgan edi, Rasulullohdan (s.a.v.) «Mana shu bola ham haj qilishi 
mumkinmi?»  deb  so‘radi.  U  zot:  «Ha,  haji  haj bo‘lib, senga savob bo‘ladi», dedilar. 
Imom Muslim rivoyati. 
1282/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir tuya ustida haj 
qildilar. Yuklari ham o‘sha tuya ustida edi. Imom Buxoriy rivoyati. 
1283/14. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ukoz, Mijanna va Zulmajoz bozorlari 
johiliyat davridagi bozorlar edi. Sahobalar gunohga botsak kerak, deb gumon qilib haj 
mavsumida savdo qilishdan o‘zlarini tiyishar edi. Keyin Alloh taolo Baqara surasining 
198-oyatini nozil qildi: «(Haj safarida tijorat qilish bilan) Parvardigoringizdan fazlu 
karam istashingizda sizlar uchun hech qanday gunoh yo‘qdir». Imom Buxoriy rivoyati. 
 
235-BOB 
Shahidlar va ularga tenglashtirilganlar haqida 
 
1352/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Shahidlar 
beshtadir: 1. Vaboda o‘lgan. 2. Qorni og‘rib o‘lgan. 3. Cho‘kib o‘lgan. 4. Imorat ostida 
qolib o‘lgan. 5. Alloh yo‘lida vafot etgan», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1353/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Siz kimlarni 
shahid, deb hisoblaysiz?» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, kimki Alloh 
yo‘lida o‘ldirilsa, u shahiddir», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.)  «Unday bo‘lsa, mening 
ummatimda shahidlar oz ekan-da!» dedilar. Sahobalar: «Unda shahidlar kim, Ey 
Allohning rasuli?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Kim Alloh yo‘lida o‘ldirilsa, u 
shahiddir. Kim Alloh yo‘lida vafot etsa, u shahiddir. Kim vaboga chalinib o‘lsa, u 
shahiddir. Kim qorin og‘rig‘i bilan o‘lsa, u shahiddir. Kim cho‘kib o‘lsa, u ham shahiddir», 
de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 
1354/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim 
moli ostida (ya’ni, himoya qilayotib) o‘ldirilsa, u shahiddir», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1355/4. Asharai mubashsharadan biri Abul A’var Said ibn Zayd ibn Nufayldan (r.a.) 
rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim moli ostida (ya’ni, himoya qilayotib) o‘ldirilsa, u 
shahiddir. Kim qoni himoyasida o‘ldirilsa, u shahiddir. Kim dini himoyasida o‘ldirilsa, u 
shahiddir. Kim ahli himoyasida o‘ldirilsa, u shahiddir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy 
rivoyatlari. 
1356/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Ayting-chi, agar bir kishi molimni tortib olishni 
xohlasa, nima qilay?» deganida, u zot: «Molingni bermagin», dedilar. «Agar men bilan 
urishishni xohlasa-chi?» degan edi, Rasululloh (s.a.v.)  «U bilan urishgin», dedilar. U 
kishi: «Agar meni o‘ldirsa-chi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sen shahidsan», dedilar. U 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
233
kishi: «Agar men uni o‘ldirsam-chi?» degan edi, Rasululloh (s.a.v.)  «U do‘zaxdadir», 
dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
236-BOB  
Qul ozod qilishning fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«Bas, u (maqtanchoq kimsa yaxshilik) dovonini oshib o‘tmadi. (Ey Muhammad 
alayhissalom),  dovon  (oshish)  nima ekanini siz qaerdan bilar edingiz. (U bir qul) 
bo‘ynini (qullikdan) ozod qilmoq» (Balad surasi, 11-13-oyatlar), deb aytgan. 
1357/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: «Kim 
musulmon qulni ozod qilsa, Alloh taolo qulning a’zosi barobarida ozod qiluvchining 
a’zolarini do‘zaxdan xalos etadi. Hattoki, farji (jinsiy a’zo) barobarida ozod qiluvchining 
farjini do‘zaxdan xalos etadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1358/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Allohning rasuli, qaysi amal 
afzal?» deganimda, u zot: «Allohga iymon keltirish va Alloh yo‘lidagi jihod», dedilar. 
Men: «Qaysi qulni ozod qilish afzalroq?» deganimda, u zot: «Egasi nazdida yaxshi 
bo‘lgani hamda narxi qimmat bo‘lganini», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
237-BOB 
Qullarga yaxshilik qilishning fazilati to‘g‘risida 
 
Alloh taolo: 
«Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-
onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va 
begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va 
qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz!» (Niso surasi, 36-oyat) deb 
aytgan. 
1359/1. Ma’rur ibn Suvayddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abu Zarrning (r.a.) ustlarida bir 
to‘nni ko‘rdim. Xizmatkor bolalari ustida ham xuddi o‘shandoq to‘n ko‘rdim. Va buning 
sababini u zotdan so‘raganimda, Abu Zarr (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida Abu 
Zarr bir kishini so‘kib onasini aybladilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Senda hali ham 
johiliyat odatlari bor ekan. U qullar sizlarning birodarlaringiz va xizmatkorlaringizdir. 
Alloh ularni sizlarning qo‘l ostingizda qilgan. Kimning birodari qo‘l ostida bo‘lsa, o‘zi 
yegan narsadan unga ham yedirsin. Va o‘zi kiygan narsadan unga ham kiydirsin. Toqati 
yetmaydigan narsaga buyurmasin. Agar buyuradigan bo‘lsa, unga yordamlashsin», 
degandilar», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1360/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar sizlardan 
birortangiz huzuriga xizmatkori ovqat olib kelsa-yu, o‘zi bilan o‘tqazmaydigan bo‘lsa, bir 
yoki ikki luqma uzatsin. Chunki bu xizmatkor xojasi uchun ishlamoqda-ku», dedilar. 
Imom Buxoriy rivoyati. 
 
238-BOB 
Allohning va keyin o‘z xojasining haqqini ado etadigan qulning 
fazilati haqida 
 
1361/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta xizmatkor 
xojasi ishlarini chiroyli suratda bajarib, Allohga 
ibodatini ham yaxshi ado etsa, unga ikkita ajr beriladi», dedilar. Imom Buxoriy va 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
234
Muslim rivoyatlari. 
1362/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Solih xizmatkor 
uchun ikki ajr bor», dedilar. «Abu Hurayraning joni Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, 
agar Alloh yo‘lidagi jihod, haj qilish va onamga yaxshilik qilish bo‘lmaganida edi, men 
qul bo‘lib o‘lishni yaxshi ko‘rar edim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1363/3. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Rabbiga 
chiroyli ibodat qilib, xojasining haqqini ado etishda xayrixoh va itoatda bo‘lsa, unga 
ikkita ajr bordir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
1364/4. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch toifa 
kishilar borki, ular uchun ikki ajr bor: o‘zi ahli kitob bo‘lib, nabiysiga, keyin Muhammad 
alayhissalomga iymon keltirgan kishiga va Allohning haqqi va xojasining haqqini ado 
etgan qulga hamda xizmatkor qizni tarbiyasiga olib, unga chiroyli odob, yaxshi ta’lim 
berib, keyin uni ozod qilib turmushga uzatgan kishiga ikkita savob bor», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
239-bob Fasod-fitna ko‘payib ketganida ibodatga mashg‘ul bo‘lishning 
fazilati to‘g‘risida 
 
1365/1. Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Qiyinchilikda 
ibodat qilish menga (ya’ni, Makkadan Madinaga) hijrat qilingan kabidir», dedilar. Imom 
Muslim rivoyati. 
 
240-bob 
Oldi-sotdi, oldi-berdi va qarz berish-qarz olishda muloyim 
bo‘lish hamda o‘lchash va tortishda ko‘paytirib 
berishning fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«Qanday yaxshilik qilsangiz, shubhasiz, Alloh uni bilguvchidir» (Baqara surasi, 
215-oyat); 
«Ey qavmim, o‘lchov va tarozini adolat bilan to‘la tortingiz! Odamlarning 
narsalarini urib qolmangiz va yerda buzg‘unchilik bilan sanqib yurmangiz» (Hud 
surasi, 85-oyat); 
«(O’lchov va tarozidan) urib qolguvchi kimsalarga halokat bo‘lgay. Ular 
odamlardan  (biron narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan, ularga 
o‘lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa kam qilib beradigan kimsalardir. Ular 
o‘zlarining ulug‘ bir Kunda - barcha odamlar butun olamlar Parvardigori 
huzurida tik turib (hisob-kitob beradigan qiyomat) Kunida qayta tirilguvchi 
ekanliklarini o‘ylamaydilarmi?» (Mutaffifun surasi, 1-6-oyatlar) deb aytgan. 
1366/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohdan (s.a.v.) qarzini 
qo‘pollik bilan talab qildi. Bu narsani ko‘rib sahobalar (uni jazolashga) qasd qilishdi. 
Rasululloh (s.a.v.)  «Qo‘yinglar, chunki haqdor kishining so‘zlashga haqqi bor», dedilar. 
Keyin u zot: «Tuyaga teng tuya beringlar», degan edilar, sahobalar: «Ey Allohning 
rasuli, uning tuyasi kabi kichigi yo‘q ekan, undan kattasi bor ekan, xolos», deyishdi. 
Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Beraveringlar, sizlarning yaxshilaringiz qarzini chiroyli 
tarzda to‘lovchilaringizdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1367/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Oldi-sotdida va qarzni 
talab etishda muloyimlik qilgan kishiga Alloh rahm etsin», dedilar. Imom Buxoriy 
rivoyati. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
235
1368/3. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «qiyomat kuni kimni 
Allohning qiyinchiliklardan xalos etishi xursand qilsa, qarz bergan bo‘lsa, uni tez 
to‘lashga majburlamasin yoki bergan qarzini kechib yuborsin», dedilar. Imom Muslim 
rivoyati. 
1369/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Bir kishi 
odamlarga qarz berib yurar edi. Va o‘z yaqinlariga: «Agar qarzdor kishi qarzini bera 
olmasa, undan olmay kechib yuborgin. Shoyadki, Alloh bizdan ham qilgan 
gunohlarimizni kechib yuborsa», der ekan. Qachonki, u vafot etib Allohga yo‘liqqanida, 
Alloh ham uning gunohini kechib yubordi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1370/5. Abu Mas’ud al-Badriydan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan avval 
o‘tganlardan bir kishi hisobga chaqirildi. Uning nomai a’molida biror yaxshilik topilmadi. 
Lekin bu kishi hayotlik paytida badavlat bo‘lib, odamlarga aralashib yurardi. Va o‘ziga 
qarashli bolalarga qiynalib qolgan kishilarning qarzidan kechib yuborishni buyurardi. 
Alloh taolo: «Kechib yuborishga undan ko‘ra Biz haqlimiz. Uning gunohini kechirib 
yuboringlar», dedi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 
1371/6. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Alloh taolo huzuriga bir badavlat kishi olib 
kelindi. Alloh taolo unga: «Dunyo hayotida nima qilding?» deydi. (Huzayfa (r.a.) 
«qiyomatda Allohdan hech bir so‘zni yashirmaslar» oyatini o‘qidilar.) Bu kishi: «Ey 
Rabbim, menga mol-dunyoni berding. Men odamlar bilan oldi-sotdi qilar edim. 
Odatlarimdan biriga ko‘ra, o‘ziga to‘qlarga qarz bergan bo‘lsam, muloyim muomala qilar 
edim. Agar qiynalib turgan kishiga qarz bersam, to‘lash uchun uzoq muhlat berar edim», 
dedi. Shunda Alloh taolo: «Sendan ko‘ra kechib yuborishga Men haqlidirman. Uning 
gunohini kechirib yuboringlar», deydi. 
Uqba ibn Omir va Abu Mas’ud Ansoriylar: «Biz Rasululloh (s.a.v.) og‘izlaridan mana 
shunday eshitdik», deyishdi (Imom Muslim rivoyati). 
1372/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim qarzini 
to‘lashga qurbi yetmagan kishiga to‘lashi uchun muhlat bersa yoki kechib yuborsa, Alloh 
taolo biror soya yo‘q kunda (qiyomat kunida) Arshdagi O’z soyasi ila soyalantiradi», 
dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 
1373/8. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu kishidan bir tuya sotib 
oldilar. Va pulini ko‘paytirib berdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1374/9. Abu Savfon Suvayd ibn Qaysdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men va Mahrama 
Abdiy ikkovimiz Bahrayn yaqinidagi Hajar nomli shahardan kiyimlar olib keldik. 
Rasululloh (s.a.v.) huzurimizga kelib ishtonlarni baholashdilar. Mening bir tarozibonim 
bor edi. U haq olish evaziga narsalarimni tortib berar edi. Rasululloh (s.a.v.) o‘sha 
tarozibonimga: «Tortgin va biroz og‘irlatgin», dedilar». Abu Dovud va Termiziy 
rivoyatlari. 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling