Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz»
- «Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki
- 132-BOB Salom berishning yo‘l-yo‘rig‘i to‘g‘risida
- 134-BOB Takror ko‘rishganda, bir majlisga kirib-chiqqanda yoki daraxt va shunga o‘xshash narsalar orani to‘sib qo‘yganida qayta salom
- Foyda
- «Qachon go‘daklaringiz balog‘atga yetsalar, bas, ular ham xuddi ulardan ilgari
Foyda: Kim Rasulullohni (s.a.v.) tushida ko‘rsa tez kunlarda o‘ngida, ya’ni Qiyomatda ko‘radi. Bu o‘sha tush ko‘rgan kishi uchun xushxabardir. Rasulullohni (s.a.v.) faqatgina u zotga nisbatan qalbida muhabbat va hidoyatlariga ergashganlargina tushida ko‘radi. Albatta tushda Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rish haqdir. Bu alg‘ov-dalg‘ov tushlar sirasiga kirmaydi. Chunki shayton inson ko‘ziga Rasululloh (s.a.v.) shakllarida ko‘rina olmaydi. Mana shu u zotning xususiyatlaridandir. 839/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz yaxshi tush ko‘rsa, albatta, u Alloh tomonidandir. Buning uchun Allohga hamd Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 169 aytsin. Va uni (boshqalarga) aytaversin. (Boshqa rivoyatda: «Yaxshi ko‘rgan kishisiga so‘zlayversin»). Agar bundan boshqasi, ya’ni yomon tush ko‘rsa, u haqiqatda shayton tomonidandir. U shaytonning yomonligidan panoh tilab, tushini hech kimga gapirmasin. Ana shunda u zarar qilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 840/5. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Solih tush (boshqa rivoyatda yaxshi tush) Alloh tomonidandir. Yomon tush shayton tomonidandir. Kimki tushida yomon narsa ko‘rsa, chap tomoniga uch marta tuflab, shaytondan panoh tilasin. Chunki ana shunday qilsa, u zarar bera olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 841/6. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz tushida yomon narsani ko‘rsa, chap tomoniga uch marta tupursin. Va uch marta Alloh nomi ila shaytondan panoh tilasin. Hamda yotgan tomonidan boshqa tarafga burilib yotsin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 842/7. Abulasqa’ Vosila ibn Asqa’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yolg‘onlarning eng kattasi — kishining o‘z otasidan bo‘lak odamni o‘z otam, deb da’vo qilmog‘i yoki o‘zi (tushida) ko‘rmagan narsani ko‘rdim, deyishi yoki Rasululloh (s.a.v.) aytmagan narsani aytdilar, deyishidir», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 170 SALOMLASHISH KITOBI 131-BOB Salomlashish fazilati hamda uni ommalashtirishga buyurish Alloh taolo: «Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz» (Nur surasi, 27-oyat). «Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni «Assalomu alaykum», denglar)» (Nur surasi, 61-oyat). «Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki (hech bo‘lmasa) o‘sha iborani qaytaringlar» (Niso surasi, 86-oyat). «(Ey Muhammad), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar keldimi? O’shanda ular (Ibrohimning) huzuriga kirib, «Salom», deyishgan edi. U ham «Salom», dedi» (Vaz-zoriyat surasi, 24-25-oyatlar), deb aytgan. 843/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohdan (s.a.v.) «Islomdagi qaysi amal yaxshi?» deb so‘raganida, u zot: «Qorni ochlarni to‘ydirishing hamda tanigan va tanimagan kishiga salom berishing», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 844/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo Odam alayhissalomni xalq qilib, u kishiga «Ana bu o‘tirgan bir necha farishta oldiga borgin-da, salom bergin, so‘ngra ularning senga oladigan aligini yaxshilab eshitgin, chunki bu senga va sendan tarqaladigan zurriyotlaringga yo‘llangan salom bo‘ladi», dedi. (Odam alayhissalom borib: «Assalomu alaykum», dedilar. Farishtalar: «Assalomu ‘alayka va rahmatullohi», deb «rahmatullohi»ni ziyoda qilishdi», dedilar.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 845/3. Abu Umora Barro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yetti narsaga buyurdilar: 1. Kasalni borib ko‘rmoqni; 2. Janozada qatnashmoqni; 3. Aksa urganga javob qaytarmoqni; 4. Kuchsizga yordam bermoqni; 5. Mazlumga ko‘mak bermoqni; 6. Salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoymoqni; 7. Qasamga vafo qilmoqni. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 846/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Iymon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar. Bir-biringizga muhabbat qilmaguningizcha iymonli bo‘la olmaysizlar. Agar amal qilsangiz, o‘rtalaringizda muhabbat paydo etadigan narsaga sizlarni dalolat qilaymi? U oralaringizda salomni yoymoqligingizdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 847/5. Abu Yusuf Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar, salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan (kambag‘allarni) taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz o‘qing, jannatga omon holatda kirasizlar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 848/6. Tufayl ibn Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Abdulloh ibn Umarning (r.a.) huzurlariga kelib, u zot bilan birga bozorga borishar edi. Tufaylning xabar berishlaricha, «Bozorga borarkanmiz, Abdulloh ibn Umar biror ichak-chavoq Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 171 sotuvchi yoki do‘kondor yoki biror miskinga yo‘liqsalar, ularga salom berardilar». Tufayl aytdilar: «Kunlarning birida Abdulloh ibn Umarning oldilariga bordim. Meni o‘zlari bilan bozorga ergashtirdilar. U zotga «Bozorda nima qilasiz, baribir oldi-sotdi qilmasangiz, narxlarini so‘rab, baholashmasangiz va bozor majlislarida o‘tirmasangiz?» desam, u zot: «Sen bilan bu haqda ana bu yerda gaplashamiz», dedilar-da, «Ya abobatn» («ey qorin otasi»), dedilar (ya’ni, Tufaylning qorinlari katta bo‘lgani uchun shunday atadilar). So‘ng yana: «Biz bu yerga salom sababli, ya’ni yo‘liqqan kishilarimizga salom berish uchun kelamiz», dedilar». (Abdulloh ibn Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) sunnatlarini tiriltirish uchun birortasini qoldirmay mana shunday amal qilishda boshqa sahobalardan ajrab turardilar... - tarj.) Imom Molik «Muvatto» kitoblarida sahih isnod ila rivoyat qilganlar. 132-BOB Salom berishning yo‘l-yo‘rig‘i to‘g‘risida Salomni boshlovchi salom berilayotgan kishi bitta bo‘lsa ham ko‘plik olmoshi bilan: «Assalomu alaykum», deydi. Alik oluvchi «vov» harfini ziyoda qilib: «Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuhu», deydi. 849/1. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kishi Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga kelib, «Assalomu alaykum», dedi. Unga javob qaytarib o‘tirdilar-da, o‘nta savob, dedilar. So‘ngra boshqa kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va rohmatullohi», dedi. Unga ham javob qaytarib o‘tirdilar-da, yigirmata savob, dedilar. So‘ngra boshqa bir kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuhu», dedi. Unga ham javob qaytarib, o‘ttizta savob, dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 850/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: «Jabroil (alayhissalom) senga salom aytdi», deganlarida, men ham: «Va alayhissalom va rohmatullohi va barokatuhu» («U zotga ham Allohning rahmati, salomi va barakasi bo‘lsin»), dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: Oisha onamizning fazllari, farishtalarning odamlarga salom yo‘llashi va g‘oyibdan salom aytgan kishiga javob qaytarishning shartligi ma’lum bo‘lmoqda. 851/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) biror gap aytsalar, eshituvchi uni anglagunicha uch marta qaytarardilar. Agar biror jamoaga borib salom bersalar, uch marta salom berardilar. Imom Buxoriy rivoyatlari Foyda: Agar jamoat ko‘p bo‘lsa shunday qilinadi. 852/4. Miqdoddan (r.a.) qilingan uzun hadisda keltirilishicha, «Rasulullohga (s.a.v.) sutdan bo‘lgan nasibalarini olib qo‘ydik. U zot kechasi kelib, uyqudagilar uyg‘onmaydigan va uyg‘oqlar eshitadigan qilib salom berardilar. Mening uyqum kelmasdi. Ammo ikki sherigim uxlab bo‘lishgan edi. Shu kuni Rasululloh (s.a.v.) kelib, avval qanday salom bersalar, shu tarzda salom berdilar». Imom Muslim rivoyatlari. 853/5. Asmo binti Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kunlarning birida masjidning yonidan o‘tayotganlarida bir necha ayol o‘tirgan edi. Ularga qo‘llari ila ishora qilib, salom berdilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Bu hadisda Rasululloh (s.a.v.) lafz ila ishorani jamladilar. Abu Dovuddan qilingan rivoyat mana shu so‘zni quvvatlaydi. Foyda: Uzoqdagi kishilarga ishora va lafz ila salom aytish joiz. Lekin ishoraning o‘zi bilan kifoyalanish makruhdir. Bunday qilishdan boshqa bir hadisda man qilingan. Chunki bunday qilish musulmon bo‘lmaganlar odatlaridir. Rasululloh (s.a.v.) fitnadan omonda bo‘lganlari uchun ayollarga salom berdilar. Kimda-kim fitnadan omonda bo‘lishga ko‘zi yetsa u kishiga ham ayollarga salom berishi joiz. Lekin o‘ziga ishonmasa salom Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 172 bermagani afzal. 854/6. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo nazdida odamlarning oliysi salomni (avval) boshlaganlaridir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 855/7. Abu Juray al-Hujaymiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib: «Alaykassalom, ey Allohning Rasuli», desam, u zot: «Alaykassalom» deb aytmagin. Chunki «Alaykassalom» o‘liklarning salomidir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 133-BOB Salom odoblari to‘g‘risida 856/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Suvoriy piyodaga, piyoda o‘tirganga va ozchilik ko‘pchilikka salom beradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriy rivoyatlarida: «Kichik kattaga» bo‘lib kelgan. Foyda: Mana shu tarzda salom berish mahbubdir. Imom Muhallab buning hikmatini quyidagicha sharhlaydilar: Chunki piyoda yuruvchi kiruvchi kishiga o‘xshaydi. Shuning uchun salomni avval berishi a’loroq. Kichik yoshli kattalarni hurmat qilib, ularga nisbatan tavozu’li bo‘lishga buyurilgan. Suvoriy ya’ni biror narsa minib olgan kishi o‘sha minib olgan narsasiga faxrlanib kibrlanmasligi uchun salomni avval beradi. Ozchilik ko‘pchilikka salom berishiga sabab, ko‘pchilikning haqqi ozchilikka qaraganda ko‘proqdir. Islomda salom berish odobi mana shu ko‘rinishda bo‘ladi. 857/2. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishilarning Alloh huzuridagi oliy martabalisi salomni boshlaganidir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. Imom Termiziy rivoyatlarida keltirilishicha, «Ey Rasululloh, ikki kishi yo‘liqib qolsa, qaysi biri salomni boshlaydi?» deyilganida, u zot: «Alloh huzuridagi oliy martabalisi, (Ya’ni Allohga toat bilan yaqin bo‘lgani)», deb aytdilar. 134-BOB Takror ko‘rishganda, bir majlisga kirib-chiqqanda yoki daraxt va shunga o‘xshash narsalar orani to‘sib qo‘yganida qayta salom berishning mahbubligi haqida 858/1. Abu Hurayradan (r.a.) namozini yomon holda o‘qigan kishi haqida rivoyat qilinadi. U kelib namoz o‘qidi. Rasululloh (s.a.v.) uning salomiga alik olgach, «Qaytadan namoz o‘qi. Chunki sen hali namoz o‘qimading», dedilar. U qaytib namoz o‘qidi. So‘ngra Rasulullohga (s.a.v.) salom berdi. Hattoki, shuni uch marta qildi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 859/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlarning biringiz birodariga yo‘liqsa, unga salom bersin. Agar ular orasini daraxt yo devor yoki tosh to‘sib qo‘yib, so‘ngra unga yana yo‘liqsa, yana salom bersin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 135-BOB Uyga kirganda salom berishning mahbubligi to‘g‘risida Alloh taolo: «Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 173 muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni «Assalomu alaykum», denglar)» (Nur surasi, 61-oyat), deb aytgan. 860/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey o‘g‘ilcham, agar oila a’zolaring huzurlariga kirsang, salom bergin. Ana shunda o‘zingga va oila a’zolaringga baraka bo‘ladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Foyda: Kishi uyiga kirganida o‘z ahliga salom berish mahbub amallardan. Agar hech kim bo‘lmasa «Assalomu ‘alayna va ‘ala ibadullohis solihiyn», deb aytmoqligi ham mahbubdir. 136-BOB Yosh bolalarga salom berish haqida 861/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot yosh bolalar yonidan o‘tib ketayotib, ularga salom berdilar-da, «Rasululloh (s.a.v.) shunday qilardilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 137-BOB Kishining o‘z xotiniga, mahram ayolga hamda agar fitna bo‘lishidan cho‘chimasa begona ayolga va ayollarga, salom berishi joizligi to‘g‘risida 862/1. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bizda bir ayol bor edi (boshqa rivoyatda boshqacha keltiriladi: «Bizning bir (tanish) kampirimiz bo‘lib...»), u lavlagi olib kelardi-da, qozonga solib arpaning maydalangani bilan aralashtirib qo‘yar edi. Biz har gal jumani o‘qib qaytayotganimizda unga salom berar edik. U bizga haligi taomni tortiq qilar edi». Imom Buxoriy rivoyatlari. Foyda: Mana shu kabi fitna bo‘lishidan qo‘rqilmaydigan kampirlarga salom berishning joizligi ayon bo‘lyapti. 863/2. Ummu Hone’ Foxitata binti Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Fath kuni Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot g‘usl qilayotgan ekanlar. Fotima (r.a.) esa (parda bilan) to‘sib turgan ekanlar. Bas, men salom berdim...» deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari. Foyda: Agar fitna bo‘lishidan qo‘rqilmasa ayolning erkak kishiga salom berishi joiz. 864/3. Asmo binti Yaziddan rivoyat qilinadi: «Biz ayollar bilan turganimizda, Rasululloh (s.a.v.) oldimizdan o‘tib bizga salom berdilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Ammo Termiziy rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) kunlarning birida masjid yonidan o‘tayotganlarida bir necha ayollar o‘tirishgan edi. Ularga qo‘llari ila ishora qilib salom berdilar. 138-BOB Kofirga avval salom berishning haromligi va ular salomiga alik olishning yo‘l-yo‘riqlari hamda musulmon va kofirlar birga o‘tirgan majlis ahliga salom berishning mahbubligi haqida 865/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Yahudiy va nasorolarga avval salom bermanglar. Agar birortalaringiz yo‘lda ular bilan ro‘bara bo‘lib qolsa, ko‘chaning chetidan yurishga majbur qilsin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 174 866/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar sizlarga ahli kitoblar salom berishsa, ularga «Va alaykum», deb aytinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 867/3. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir majlisdan o‘tdilar. U majlisda oddiy musulmonlar, mushriklar, butlarga ibodat qiluvchilar va yahudiylar bor edi. Va ularga salom berdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 139-BOB Majlisdan turganda va hamsuhbatlaridan ajralayotganda salom berishning mahbubligi to‘g‘risida 868/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlardan biringiz biror majlisga boradigan bo‘lsa, salom bersin. Agar turishni xohlasa ham, salom bersin. Avvalgisi keyingisidan haqli emasdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Foyda: Ko‘rishganda va ajralayotganda salom berish mandub amaldir. 140-BOB Izn so‘rash va uning odoblari haqida Alloh taolo: «Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz» (Nur surasi, 27-oyat). «Qachon go‘daklaringiz balog‘atga yetsalar, bas, ular ham xuddi ulardan ilgari (balog‘atga yetganlar) kabi izn so‘rasinlar» (Nur surasi, 59-oyat), deb aytgan. 869/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Izn so‘rash uch martadir. Agar izn berilsa, kirgin. Agar berilmasa, qaytib ketgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 870/2. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) : «Izn so‘rash ko‘z (nomahramlarga tushishining oldini olish) sababidan joriy qilindi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 871/3. Rib’iy ibn Hiroshdan rivoyat qilinadi: «Menga Bani Omir qabilasidan bo‘lgan bir kishi gapirib berdi. U Rasululloh (s.a.v.) uydaliklarida oldilariga kirishga izn so‘rab, «Kiraveraymi?» dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) xodimlariga: «Buning oldiga chiqib, izn so‘rashni va «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» deyishni o‘rgat», dedilar. U kishi buni eshitib turgan edi. Bas, «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) unga izn berdilar, u kirdi». Abu Dovud rivoyatlari. 872/4. Kilda ibn Hanbaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borib, oldilariga kirdim-da, salom bermadim. Rasululloh (s.a.v.) «Qaytib, boshidan «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» degin», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 141-BOB Eshikni taqillatib, kirishga izn so‘rovchi kishiga ichkaridan «Kimsiz?» deb so‘ralsa, «Falonchiman» deb ismi yoki taniladigan laqabini aytishning sunnat ekanligi hamda «Kimsiz?» deyilsa, ismini aytmasdan «Men, men» deyishning karohiyati haqida 873/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilingan mashhur Isro hodisasi haqidagi hadisda keltirilishicha, «Rasululloh (s.a.v.) «Men Jabroil (alayhissalom) bilan dunyo osmoniga ko‘tarilganimda, uning ochilishini talab qildilar. «Bu kim?» deyilganida, «Jabroilman», Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 175 dedilar. «Sen bilan birga kim?» deyilganida, «Muhammad» (alayhissalom), dedilar. So‘ngra ikkinchi va uchinchi va qolganlariga ko‘tarilganlarida, har bir osmonda «Bu kim?» deyildi, «Jabroilman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 874/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Kechalarning birida ko‘chaga chiqsam, Rasululloh (s.a.v.) yakka o‘zlari ketayotgan ekanlar. Men ham oyning soyasida ketayotsam, men tomonga burildilar-da va meni ko‘rib qoldilar. «Kim bu?» dedilar. «Abu Zarrman», dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 875/3. Ummu Hone’dan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot g‘usl qilayotgan ekanlar. Fotima esa to‘sib turgan ekan. Shunda u zot: «Bu kim?» dedilar. Men: «Ummu Hone’man», dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 876/4. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, eshiklarini taqillatdim. U zot: «Kim bu?» dedilar. «Men», deb aytdim. Shunda u zot «men», «men», deb go‘yoki karih ko‘rgandek aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: Biror kishining uyi taqillatilsayu uy ichidan «Kimsiz» deyilsa, u ismini aytmasdan «Men» deb aytishining karohiyati bor. 142-BOB Aksa urib, «Alhamdulillah» deganga, «Yarhamukalloh» deb javob qaytarishning mahbubligi, agar aksa urib, «Alhamdulillah» demasa, «Yarhamukalloh» deb aytishning karohiyati hamda aksa urish, javob qaytarish va esnashning odoblari haqida 877/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, Alloh taolo aksa urganni yaxshi ko‘radi. Esnashni esa karih ko‘radi. Sizlardan biringiz aksa urib, «Alhamdulillah», deb Allohga hamd aytsa, har bir eshitgan musulmon kishiga «Yarhamukalloh», ya’ni «Alloh senga rahm qilsin», deb aytmog‘i shart bo‘ladi. Ammo esnash shaytondandir. Agar sizlardan biringiz esnaydigan bo‘lsa, qodir bo‘lganicha uni qaytarsin. Chunki esnagan kishiga shayton kuladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Foyda: Aksa urishning yaxshi ko‘rilishiga sabab, u faollik va och holatdan yuzaga keladi. Esnash esa to‘qlik va dangasalik oqibatidan yuzaga keladi. 878/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz aksa bersa, «Alhamdulillah», desin. Yonidagi og‘aynisi yoki do‘sti «Yarhamukalloh», desin. «Yarhamukalloh», degan kishiga «Yahdikumullohu va yuslih balakum», ya’ni «Alloh sizni hidoyat qilib, sha’ningizni isloh etsin», desin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 879/3. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz aksa urib Allohga hamd aytsa, unga javob qaytaring. Agar hamd aytmasa (ya’ni, «Alhamdulillah», demasa), javob qaytarmang», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 880/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida ikki kishi aksa urdi. Ularning biriga javob qaytardilar. Ikkinchisiga javob qaytarmadilar. Haligi javob qaytarilmagan kishi: «Falon kishi aksa uruvdi, javob qaytardingiz. Men aksa ursam, javob qaytarmadingiz», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu «Alhamdulillah», dedi. Sen «Alhamdulillah», demading», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 881/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar aksa uradigan bo‘lsalar, qo‘llari yoki kiyimlarini og‘zilariga qo‘yib, ovozlarini pastlatardilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 882/6. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Yahudiylar Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling