Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishoqlarning tangrisi bo‘lmish yagona Allohga ibodat qilamiz va bizlar faqat Uning o‘zigagina bo‘yinsunuvchilarmiz», deb javob qilganlariga guvoh bo‘lganmisizlar»
- Foyda
- «Bas, endi o‘z kitobi — nomai a’moli o‘ng qo‘lidan berilgan kishiga kelsak, bas u: «Mana, mening kitobimni o‘qinglar», der»
- 106-BOB Yeb to‘ymaydigan kishining aytishi lozim bo‘lgan zikrlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 148 senga nima bo‘ldi?» dedilar. Men: «Bay’atdan oldin bir shartim bor», dedim. U zot: «Nima sharting bor?» dedilar. Men: «Gunohlarim kechirilishi», dedim.U zot: «Islom o‘zidan oldingi gunohlarni kechirishi senga ma’lum emasmidi? Hijrat ham o‘zidan oldingi gunohlarni kechirishi senga ma’lum emasmidi? Hajni ado etish ham o‘zidan oldingi gunohlarni kechirishi senga ma’lum emasmidi?» dedilar. O’sha kundan boshlab mening nazarimda hech kim Rasulullohchalik (s.a.v.) haybatli va mahbub emas edi. Men u zotdan haybatlanganim sababli ko‘zimni quvontiradigan darajada u zot yuzlariga boqmadim. Agar biror kishi u zotning (qanaqa ekanliklarini) sifatlab berishimni so‘rab qolsa, uni aytib bera olmayman. Chunki men ko‘zimni quvontiradigan darajada u zot yuzlariga qaramaganman. Agar mana shu holatda o‘lganimda, jannat ahlidan bo‘lishlikni umid qilar edim. Uchinchisi: Keyin ba’zi ishlarga boshliq qilindik. Holim nima bo‘lishini bilmayman. Agar vafot etadigan bo‘lsam, orqamdan yig‘lovchilarni ham, o‘t yoquvchilarni ham ergashtirmang. Agar dafn qilsangizlar, tuproqni oz-ozdan solinglar. So‘ngra qabrim tepasida bir tuyani so‘yib, go‘shtini taqsimlaguncha vaqt turinglar. Men sizlarga hamroh bo‘lib, Rabbim elchisiga nima deb javob berishimga tayyorlanib olayin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 96-BOB Do‘sti bilan vidolashish va safarga chiqishda yoki boshqa narsalarga ajralib ketayotganda nasihat qilish hamda do‘stining haqqiga duo qilish va undan duo olish haqida Alloh taolo: «Ibrohim, u bilan birga Ya’qub ham bolalariga shu dinni vasiyat qilib, dedilar: «O’g‘illarim, albatta, Alloh sizlar uchun shu dinni tanladi. Bas, musulmon bo‘lgan holingizdagina dunyodan o‘ting». (Ey yahudiylar) yoki Ya’qubga o‘lim kelgach, u o‘g‘illariga: «Mendan keyin nimaga ibodat qilasizlar?» deganida «Sening Tangring va otalaring Ibrohim, Ismoil va Ishoqlarning tangrisi bo‘lmish yagona Allohga ibodat qilamiz va bizlar faqat Uning o‘zigagina bo‘yinsunuvchilarmiz», deb javob qilganlariga guvoh bo‘lganmisizlar» (Baqara surasi, 132-133-oyatlar), deb aytgan. Bu bobga kitobimizning birinchi jildidagi Yazid ibn Hayyondan (r.a.) rivoyat qilingan Zayd ibn Arqam haqlaridagi 346-hadis dalil bo‘lib kelgan. 711/1. Abu Sulaymon Molik ibn Huvayrisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz tengqur yigitlar Rasulluloh (s.a.v.) huzurlariga bordik. Va u zotning huzurlarida yigirma kecha turdik. U zot rahmdil va muloyim kishi edilar. Go‘yoki biz ahllarimizni sog‘ingan, deb gumon qilib, ahllarimizdan kimlarni qidirganimizni so‘rab-surishtirdilar. Bizlar uning xabarini berdik. U zot nasihat qilib: «Ahllaringiz huzuriga borib, ular bilan turinglar. Va ta’lim beringlar hamda (shariat ahkomlarini bajarishni) buyuringlar. U namozni bu paytda va unday namozni bunday paytda ado etinglar. Agar namoz vaqti kirsa, biringiz azon aytsin. Hamda yoshi ulug‘laringiz imom bo‘lsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriy rivoyatlarida: «Men qanday qilib namoz o‘qiganimni ko‘rsanglar, o‘shandoq o‘qinglar»ni ziyoda qilingan. 712/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) umra ibodatini ado qilish uchun izn so‘radim. U zot izn berib: «Ey birodar, duoingda bizni ham unutmagin», dedilar. Umar (r.a.): «Rasulullohning (s.a.v.) ushbu so‘zlari shu qadar qimmatliki, buning evaziga dunyoni menga berganlarida ham bunchalik xursand bo‘lmas edim», dedilar. Boshqa rivoyatda u zot: «Duoingda bizni ham sherik qilgin» bo‘lib kelgan. Abu Dovud Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 149 va Termiziy rivoyatlari. 713/3. Solim ibn Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Umar (r.a.) biror kishi safar qilishni xohlasa, unga: «Menga yaqin kel, xuddi Rasululloh (s.a.v.) xayrlashganlaridek, xayrlashaman», deb: «Astavdi’ulloha diynaka va amonataka va xavotima ‘amalika »ni o‘qirdilar (Ma’nosi: «Dining, omonating va amalingning xotimasini Allohga topshirdim»). Imom Termiziy rivoyatlari. 714/4. Abdulloh ibn Yazid al-Xatmiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar askarlar bilan xayrlashmoqchi bo‘lsalar, «Astavdi’ulloha diynakum va amonatikum va xavotima a’molikum», deb aytardilar. Abu Dovud rivoyatlari. 715/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohning (s.a.v.) yonlariga kelib, «Ey Rasululloh, men safar qilishni xohlayman, safarga yetarli narsa bilan ta’minlang», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Alloh seni taqvo bilan ta’minlasin», dedilar. Haligi kishi: «Yana ziyoda qiling», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «gunohingni kechirsin», dedilar. Haligi kishi: «Yana ziyoda qiling», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Qaerda bo‘lsang ham senga yaxshiliklarni yengil qilsin», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari Foyda: Safar qilishni xohlagan kishi do‘stidan duoi-xayr olib ketishining mahbubligi ayon bo‘lmoqda. 97-BOB Istixora va maslahat qilish haqida Alloh taolo: «Va ishlaringizda ularga maslahat soling» (Oli Imron surasi, 159-oyat). «Ularning ishlari (mudom) o‘zaro sho‘ro-maslahat (bilan) bo‘lur» (Sho‘ro surasi, 38-oyat), deb aytgan. 716/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bizga hamma ishlarda istixorani (yaxshilik so‘rash) xuddi Qur’ondan sura o‘rgatgandek o‘rgatar edilar. U zot: «Birortangiz bir ishni qasd qilsa, farzdan tashqari ikki rakat namoz o‘qisin. So‘ng: «Allohumma inniy astaxiyruka bi’ilmika, va astaqdiruka biqudrotika va as`aluka min fazlikal ‘aziym. Fainnaka taqdiru va la aqdiru va ta’lamu va la a’lamu va anta ‘allamul g‘uyub. Allohumma in kunta ta’lamu anna hazal amro xoyrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ‘aqibati amriy, ‘ajili amriy va ajilihi, faqdurhu liy va yassirhu liy, summa barik liy fiyhi va in kunta ta’lamu anna hazal amro sharrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ‘aqibati amriy, ‘ajili amriy va ajilihi fasrifhu ‘anniy vasrifniy ‘anhu vaqdurliyal xoyro haysu kana summa rozziniy bih», deb hojatini aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening ilming bilan Sendan yaxshilik so‘rayman. Sening qudrating bilan Sendan qodirlik va ulug‘ fazlingni so‘rayman. Sen (har narsaga) qodirsan, men qodir emasman. Sen (har narsani) biluvchisan, men bilmayman. Sen g‘aybni biluvchisan. Ey Rabbim, agar mana shu qilayotgan ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yaxshi bo‘lsa, uni menga nasib et va oson qil. So‘ng uni menga barakotli qil. Agar mana shu ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yomon bo‘lsa, mendan uni va uni mendan uzoqlashtir, qaerda bo‘lsa ham, men uchun yaxshilikni taqdir qil va meni undan rozi et.) Imom Buxoriy rivoyatlari 98-BOB Ibodat o‘rinlari ko‘payishi uchun hayit namoziga, kasal ko‘rgani borganda hamda haj, g‘azot, janoza va boshqa narsalarga bir yo‘ldan borib, ikinchi yo‘l bilan qaytishning Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 150 mustahabligi haqida 717/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar hayit bo‘lsa, borish va kelish yo‘llarini har xil qilardilar (ya’ni ibodat o‘rinlari ko‘payishi uchun bir tomondan borib, ikkinchi tomondan qaytardilar). Imom Buxoriy rivoyatlari. Foyda: Imom Navaviyning zikr qilishlaricha, yo‘lni o‘zgartirishdagi hikmatlar ibodatni ko‘paytirish yoki Qiyomatda ikkita yo‘lning guvohlik berishi yoki Allohning zikri taralishi yoki kambag‘allarga sadaqa ulashish uchun yoki munofiqlarning g‘azabini qo‘zg‘ash uchun yoki rahmatga yetishish maqsadida bo‘ladi. 718/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) (Madina shahridan) chiqadigan bo‘lsalar, daraxtlari bor yerdan chiqib, Mu’arras nomli yerdan kirardilar. Agar Makka shahriga kiradigan bo‘lsalar, tepa tomon (Xujun)dan kirib, past tomon (Shabiyka)dan chiqib ketardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 99-BOB Yaxshi ishlarni o‘ng tomondan boshlashning mahbubligi to‘g‘risida O’ngdan boshlanadigan yaxshi ishlar quyidagilar: Tahorat, g‘usl, tayammum, kiyim, poyafzal, mahsi, ishton kiyish, masjidga kirish, misvok ishlatish va surma qo‘yish, tirnoq olish, mo‘ylovni qisqartirish, qo‘ltiq tuklarini yulish, soch oldirish, namozdan xalos bo‘lgandagi salom, yeyish, ichish, qo‘l berib so‘rashish, Hajar ul-asvadni ushlash, hojatxonadan chiqish, biror narsa olish va berish kabi ishlarda o‘ng tomondan bajarib, bularning aksida esa chap tomondan boshlash joiz. Chapdan boshlanadigan ishlar quyidagilar: burunni chayganda, balg‘am tashlaganda, hojatxonaga kirganda, masjiddan chiqqanda, mahsi, poyafzal, ishton va kiyimlarni yechganda, istinjoda hamda boshqa jirkanch ishlarda Alloh taolo: «Bas, endi o‘z kitobi — nomai a’moli o‘ng qo‘lidan berilgan kishiga kelsak, bas u: «Mana, mening kitobimni o‘qinglar», der» (Al-Haqqa surasi, 19-oyat). «Bas, (u uch toifadan birinchisi) o‘ng tomon egalaridir. O’ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir. (Ikkinchi toifa) shum — chap tomon egalaridir. Shum — chap tomon egalari (bo‘lmoq) ne (baxtsizlik)dir!» (Voqe’a surasi, 8-9-oyatlar), deb aytgan. 719/1 Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohni (s.a.v.) tahorat olishda, soch tarashda va kavush kiyishda, qo‘yingki, barcha ishlarda o‘ng tomondan boshlash qiziqtirar edi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 720/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) o‘ng qo‘llari tahorat va taom uchun, chap qo‘llari esa hojatxona va boshqa aziyat beruvchi narsalarga ishlatilar edi. Abu Dovud rivoyatlari. 721/3. Ummu Atiyyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qizlari Zaynab (vafot etib) yuvintirilayotganda: «O’ng tomonidan va tahoratda yuviladigan a’zolaridan boshlab yuvintiringlar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 722/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz kavush kiyadigan bo‘lsa, o‘ng tomondan boshlasin. Yechadigan bo‘lsa, chap tomondan boshlasin. Toki birinchi bo‘lib ularning o‘ngdagisi kiyiladigan va chapdagisi yechiladigan bo‘lsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 723/5. Hafsadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) o‘ng qo‘llari taom, ichimlik va kiyim kiyish uchun, chap qo‘llari esa bundan boshqa narsalarga edi», dedilar. Abu Dovud va boshqalar rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 151 724/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar (biror kiyim) kiysanglar yoki tahorat qilsanglar, o‘ng tomonlaringizdan boshlanglar», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 725/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Minoga keldilar va jamraga borib, tosh otdilar. Keyin Minodagi manzillariga qaytib, jonliq so‘ydilar. So‘ngra sartaroshga: «Bu tomonini ol», deb boshlarining o‘ng tomoniga ishora qildilar. Keyin chap tomoniga ishora qildilar. So‘ngra muborak sochlarini odamlarga tarqatdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) jamrada toshni otib, jonliq so‘yib va sochlarini oldirmoqchi bo‘ldilar. Mana shu holda sartaroshga boshlarining o‘ng tomonini tutib berdilar. Sartarosh o‘ng tomon sochlarini olgandan keyin Abu Talha al-Ansoriyni chaqirib, o‘sha sochni berdilar. Keyin boshlarining chap tomonini tutib berdilar. Sartarosh uni ham oldi. Rasululloh (s.a.v.) buni ham Abu Talhaga berib: «Odamlarga taqsim qilib ber», dedilar». Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 152 TAOM ODOBLARI KITOBI 100-BOB Taomning avvalida «Bismillah» va oxirida «Alhamdulillah» deb aytishning fazilati haqida 726/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga: «Taomning avvalida «Bismillah» degin, o‘ng qo‘ling bilan yegin va o‘z oldingdan yegin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: Imom Navaviyning fikrlaricha, ovqat xususida shunday qilish joiz. Lekin mevada esa xohlagan joyidan tanlab yeyaveradi. 727/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz (ovqat) yeydigan bo‘lsa, ana shu taomning avvalida Alloh ismini zikr qilsin (ya’ni, «Bismillah»ni aytsin). Agar avvalida Alloh ismini zikr etishni unutsa, «Bismillahi avvalahu va oxirahu», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Ovqatning avvali va oxiriga bismillah») Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 728/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohdan (s.a.v.) quyidagilarni eshitdim: «Kim uyiga kirayotganida va taom paytida Allohni zikr qilsa, shayton sheriklariga: «Sizlarga yotoq ham, ovqat ham yo‘q», deb aytadi. Kim uyiga kirayotib, Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Yotoqlaringizga yetishdingiz», deydi. Taom paytida ham Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Ovqatga ham, yotoqqa ham yetishdingiz», deydi». Imom Muslim rivoyatlari. 729/4. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Agar Rasululloh (s.a.v.) bilan birga ovqat tanovul qilgani o‘tirsak, u zot qo‘llarini uzatmagunlaricha biz uzatmas edik. Bir gal u zot bilan birga taomda bo‘lganimizda bir qiz kelib, ovqatga qo‘l uzatishga shoshayotganida u zot qo‘lidan ushlab chetga olib qo‘ydilar. Keyin bir a’robiy kelib, u ham uzatmoqchi bo‘lganida Rasululloh uning ham qo‘lidan ushlab, chetga olib qo‘ydilar. So‘ngra u zot: «Albatta, shayton Alloh ismi zikr qilinmagan ovqatni o‘ziga halol qilib oladi. U (shayton) ovqatni halol qilish uchun bu qizcha bilan keldi. Men uning qo‘lidan tutdim. So‘ngra ovqatni halol qilish uchun bu a’robiy bilan keldi. Uning ham qo‘lidan tutdim. Mening nafsim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, u (shayton)ning qo‘li ular ikkovining qo‘li bilan mening kaftimdadir», dedilar. Keyin Alloh ismini zikr qilib, ovqat tanovul qildilar». Imom Muslim rivoyatlari. 730/5. Umayya ibn Maxshiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘tirgan edilar. Bir kishi ovqat tanovul qilib, oxirgi luqma qolguncha Alloh ismini zikr qilmadi. Qachonki, oxirgi luqmani og‘ziga solayotganida «Bismillahi avvalahu va oxirahu» (ya’ni, avvali-yu oxiriga Allohning ismi bilan), deb aytdi. Buni kuzatib turgan Rasululloh (s.a.v.) kuldilar, so‘ngra u zot: «Shayton uning ovqatiga sherik bo‘lib tanovul qilayotgan edi. Qachonki, bu kishi Alloh ismini zikr qilganida qornidagini qayt qilib yubordi», dedilar. Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari. Foyda: Agar ovqat va ichimlik tanovul qilinayotganida Allohning ismi zikr qilinmasa, albatta shayton unga sherik bo‘lishi uqtirilmoqda. Bu hadisning sharhida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) bu kishining «Bismillah»ni tark qilganini ish oxirida bildilar. Agar avvalda bilganlarida jim turmasdan eslatar edilar. 731/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sahobalardan olti nafari bilan ovqatlanayotgan edilar. Shunda bir a’robiy kelib, o‘sha ovqatdan ikki luqma bilan hammasini yeb qo‘ydi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar u Allohning ismini zikr qilganida, sizlar to‘yar edingiz», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 732/7. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) dasturxon Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 153 yig‘ishtirib olingach: «Alhamdulillahi hamdan kasiran tayyiban muborakan fiyhi g‘oyra makfiyyin vala mustag‘nan ‘anhu Robbana», der edilar. (Ma’nosi: Allohga beadad pok, muborak maqtov bo‘lsinki, Undan o‘zga kifoyatchi yo‘q. Senga muhtoj bo‘lmagan kimsa yo‘qdir, ey Rabbimiz). Imom Buxoriy rivoyatlari. 733/8. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim taom yeb, so‘ngra «Alhamdu lillahil laziy at’amaniy haza va rozaqoniyhi min g‘oyri havlin minniy vala quvvatin», deb aytsa, uning avvalgi gunohlari kechiriladi», dedilar. (Ma’nosi: «Mening kuch-quvvatimni ketkizmay, mana bu rizq ila taomlantirgan Allohga hamd bo‘lsin».) Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 101-BOB Taomni ayblamay, uni maqtashning mahbubligi haqida 734/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) hech vaqt taomni ayblamadilar. Agar ishtahalari bo‘lsa, undan yedilar. Agar ko‘ngillari tusamasa, uni tark qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: Rasulullohga (s.a.v.) ergashgan holda musulmon kishi taomni ayblamasligi lozim. Chunki taomni ayblash mutakabbirlik va haddan oshishlik belgisidir. 735/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ahliyalaridan nonxo‘rak so‘radilar. Shunda ular: «Bizda faqat sirka bor», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) uni keltirishni buyurdilar. Va uni yeyaturib: «Muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka, muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. Foyda: Ozgina yegulik narsa olib kelinsa ham uni maqtab qo‘yishning mahbubligi ayon bo‘lmoqda. 102-BOB Ro‘zador kishi taomga taklif qilinsa og‘zini ochishni xohlamaganda aytadigan narsalar to‘g‘risida 736/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz taomga chaqirilsa, qabul qilsin. Bordiyu ro‘zador bo‘lsa, uning haqqiga duo qilsin. Og‘zi ochiq bo‘lganda esa, ovqatlansin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 103-BOB Biror kishi ovqatga chaqirilsayu u o‘zi bilan boshqa bir kishini ergashtirsa, aytiladigan narsalar 737/1. Abu Mas’ud al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi besh kishilik taom hozirlab, beshinchisi etib Rasulullohni (s.a.v.) ham chaqirdi. Rasululloh (s.a.v.) o‘zlari bilan boshqa bir kishini olib keldilar. Uning eshigi oldiga yaqinlashganlarida u zot uy egasiga: «Bu kishi menga ergashib keldi. Agar xohlasang, bunga izn ber, kirsin. Agar xohlamasang, qaytib ketadi», deganlarida, uy egasi: «Ey Allohning Rasuli, uning kirishiga izn beraman», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 104-bob Taomni o‘z oldidan yeyish hamda beodoblik ila ovqatlanadigan kishini tartibga chaqirib nasihat qilish haqida 738/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men yoshlik paytimda Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 154 Rasulullohning (s.a.v.) qaramog‘larida bo‘lganimda, qo‘limni laganning har tomoniga uzatib (ovqatlanayotganimda), u zot: «Bolam, Alloh ismini zikr qilib, o‘ng qo‘ling bilan yeb, o‘zingning tarafingdan tanovul qilgin», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 739/2. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida chap qo‘li bilan taom tanovul qildi. U zot: «O’ng qo‘lingda yegin», dedilar. Haligi kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Qodir ham bo‘lmagin», bunday qilishdan faqat mutakabbirligi man qildi xolos, dedilar. Shundan keyin haligi kishi (o‘ng) qo‘lini og‘ziga ko‘tara olmadi. Imom Muslim rivoyatlari. Foyda: Bu yerda Rasulullohning (s.a.v.) mo‘‘jizalari sodir bo‘ldi. Bu kishi qo‘lini ko‘tarishga qodir bo‘la olmadi. Ana shu kishining ismi Busr ibn Ro’iydir. 105-BOB Jamoat bilan ovqatlanganda xurmo va shunga o‘xshash mevalarni bir luqmada ikkitadan tanovul qilishdan qaytarish, bu faqat birodarlari izni bilangina joizligi haqida 740/1. Jabala ibn Suhaym (r.a.) rivoyat qilib aytdilar: «Ibn Zubayr bilan birga (yashaganimizda) bizga ochlik yetdi. So‘ngra rizqlandik. (Yegulik) tanovul qilayotganimizda, oldimizdan Abdulloh ibn Umar (r.a.) o‘tib: «Bir luqmada ikki xurmo yemanglar. Chunki Rasululloh (s.a.v.) ana shunday qilishdan qaytarganlar. Faqat birodaring izn bersa, joiz, deganlar», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 106-BOB Yeb to‘ymaydigan kishining aytishi lozim bo‘lgan zikrlar 741/1. Vahshiy ibn Harbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari: «Ey Rasululloh, biz yeymiz-u, ammo to‘ymaymiz», deyishganida, u zot: «Sizlar tafriqa bo‘lib yesangizlar kerak-da», deganlarida, ular: «Ha», deb javob berishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Taomingizni jam bo‘lib yenglar. Alloh ismini zikr qilinglar. Alloh o‘shanda sizlarga baraka ato qiladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. Foyda: To‘planib, jamlanib va «Bismillah»ni aytib yeyish baraka hosil bo‘lishiga hamda qorin to‘yishiga sabab bo‘ladi. 107-BOB Lagan atrofidagi ovqatdan yeyishga buyurish va uning o‘rtasidagi ovqatni yeyishdan qaytarish haqida Bu bobimizga Umar ibn Salamadan rivoyat qilingan 738-hadis ham dalil bo‘ladi. 742/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Baraka taomning o‘rtasiga tushadi. Shundoq ekan, uning atrofidan yenglar. O’rtasidan yemanglar», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Foyda: Taomning usti va o‘rtasidan yeyishning karohiyati va uning atrofidan yeyishga buyurish bor. Shu singari non ham o‘rtasidan emas atrofidan boshlab yeyiladi. 743/2. Abdulloh ibn Busrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) «g‘arro» nomli laganlari bor edi. Uni to‘rt kishi ko‘tarar edi. Qachonki choshgoh vaqti bo‘lib, chosh goh namozini o‘qishgach, o‘sha laganga non to‘g‘rab olib kelishdi. Va o‘sha lagan atrofida to‘planishdi. Qachon ko‘pchilik yig‘ilganda, Rasululloh (s.a.v.) cho‘kkalab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling