Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Xufyona iqtisodiyotning asosiy funksiyalari
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
Xufyona iqtisodiyotning asosiy funksiyalari
2) “ijtimoiy amortizator” – nomaqbul ijtimoiy qarama- qarshiliklarni yumshatish (xususan, norasmiy bandlik kam ta’minlanganlarning moddiy holatini yengillashtiradi); 3) “ichiga o‘rnatilgan stabilizator” – xufyona iqtisodiyot o‘zining resurslari bilan rasmiy iqtisodiyotni ta’minlab turishi (noramiy daromadlardan rasmiy sektorda tovar va xizmatlarni sotib olish uchun foydalaniladi, aylantirib, poklab olingan jinoyatchilik kapitali soliqqa tortiladi va h.k). 20 Umuman olganda, xufyona iqtisodiyotning jamiyatga ta’siri ijobiydan ko‘ra ko‘proq salbiydir. Xufyona iqtisodiyotning “ikkinchi” va “qora” turlari eng katta zarar keltiradi. Bir tomondan, jamiyat daromadlari nisbatan kam sonli imtiyozli guruhlar (byurokratlar, mafiya) foydasiga noijtimoiy qayta taqsimlash qayta taqsimlanadi. Ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning markazlashgan boshqaruv tizimi buziladi: qo‘shib yozishlar hukumatda yanglish farovonlik hissini vujudga keltiradi, aslida esa chuqur islohotlar zarurdir; “yashirin” bandlik hukumatning yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha harakatlari ishsizlikni kamaytirishga olib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi, ammo budjet taqchilligini oshiradi va h.k. Xufyona iqtisodiyotning har qanday shaklini rivojlanishi xo‘jalik etikasiga putur yetkazadi. Agar bu tendensiyalar juda chuqurlashib ketsa, insonlar umumqabul qilingan “o‘yin qoidalari” to‘g‘risidagi tushunchani yo‘qota boshlashadi, “hamma narsa mumkin” shiori ostida yashay boshlashadi, natijada jamiyat tartibsizlikka va beqarorlikka yuz tutadi. Xufyona iqtisodiyotning ijobiy va salbiy samaralarining nisbati uning miqyosiga bog‘liq bo‘ladi (1.4.2-rasm) 20 Qarang: Cassel D., Cichy U. The Shadow Economy and Economic Policy in East and West: A Comparative System Approach // The Unofficial Economy. Consequences and Perspectives in Different Economic Systems / Ed.By S. Alessandrini and B. Dallago.Gower, 1987. P. 140-141. velichina v % ot VVP) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling