Abulqosimov h. P., Muminov n. G


 Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullari


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

 
2.2. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullari 
Yashirin iqtisodiyotni makrodarajada o‘lchash uchun bilvosita 
usullardan foydalaniladi. Ular ko‘pincha rasmiy statistikaning 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga, soliq va moliya organlarining 
ma’lumotlariga asoslanadi. Makrousullarga quyidagilar kiradi: 
tafovut usuli, bandlik ko‘rsatkichlari usuli (“italyancha” usul), 
monetar usul, texnologik koeffitsiyentlar usuli, ekspert usuli, tarkibiy 
usul, mayin modellashtirish (determinantlarni baholash) usuli. 
2.2.1-rasm. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning 
makrousullar
26
 
26
Головина Е.Б. Теневая экономика. Конспект лекций.-Челябинск,2015.-С.24. 
asosida mualliflar tomonidan tuzildi. 
MAKROUSULLAR 
Bandlik ko‘rsatkichlari 
usullari 
Tarkibiy usul 
Texnologik koeffitsiyentlar 
usuli 
Mayin modellashtirish
(determinantlarni baholash usuli) 
Ekspert usuli 
Tafovut usuli 
Monetar usul 


Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini o‘lchashning makro usullarini 
ko‘rib chiqamiz. 
1. Tafovut usuli 
Bu usul bir xil iqtisodiy ko‘rsatkichlar borasidagi ma’lumotlar va 
statistik hujjatlarni solishtirishga asoslangandir. Ushbu usuldan 
foydalanishga misol qilib turli usullar bilan hisoblangan daromadlar 
va xarajatlarni taqqoslash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni muqobil 
baholash; tovar oqimlari usulini ko‘rsatish mumkin. 
Daromadlar va xarajatlarni taqqoslash. Ushbu usuldan xonadon 
xo‘jaliklarining barcha daromadlarini barcha xarajatlar bilan 
taqqoslash orqali foydalaniladi. Ko‘pchilik hollarda, daromadlar 
xarajatlardan kam bo‘lib chiqadi. 
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni muqobil baholash. Ushbu 
usuldan bilvosita ma’lumotlar yordamida hisoblangan YaIM hajmini 
rasmiy statistika ma’lumotlari bilan solishtirish yordamida yashirin 
sektor hajmini aniqlashda foydalaniladi. XVJ tomonidan Xitoyda 
o‘tkazilgan tadqiqot ushbu usuldan foydalanishga klassik misol 
hisoblanadi, bunda iqtisodiyot indikatori sifatida va yashirin 
iqtisodiyot miqyosini aniqlash uchun elektr energiyasidan 
foydalanish ko‘rsatkichidan foydalanilgan edi. 
Tovar oqimlari usuli. Bu usuldan statistika xizmatlari yaxshi 
rivojlangan ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida keng foydalaniladi. 
Tovar oqimlari usulining asosiy mazmuni shundaki, tovar oqimlari 
(ya’ni, ishlab chiqarishdan to foydlangunga qadar bo‘lgan harakat) 
makroko‘rsatkichlarni emas, balki alohida muhim mahsulotlar yoki 
tovarlar guruhini aniqlash uchun qo‘llaniladi. 
2. Bandlik ko‘rsatkichlari usuli ( “italyancha” usul) 
Italyancha” usul Italiya statistika instituti tomonidan ishlab 
chiqilgan va qo‘llaniladi. Ushbu usul yashirin iqtisodiyot 
parametrlarini aniqlash masalalarida keng qo‘llanilmoqda. 
Ushbu usulni ishlab chiqish jarayonida mutaxassislar ishlab 
chiqarish (ayniqsa, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalarida) 
bo‘yicha aniq ma’lumotlarni to‘plash juda murakkabligini e’tiborga 
olishgan. Buning asosiy sababi – soliqlar to‘lash bazasini yashirish 
maqsadida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini kamaytirib ko‘rsatishdir. 


Kichik korxonalar faoliyatini statistik registrga kirgizish uchun ham 
ulardan ma’lumot olish juda murakkabdir. Shu bilan birga, Italiya 
iqtisodiyoti uchun sonli kichik korxonalar soni juda ko‘pligi xosdir. 
Italiyalik statistika mutaxassislari asosiy urg‘uni ishchi kuchi 
sarflarini o‘rganishga qaratishgan. Birlamchi ma’lumotlar maxsus 
tashkil etilgan xonadon xo‘jaligini tadqiq etish natijasida olinadi. 
Xonadon xo‘jaliklari tasodifiy tanlov asosida tadqiq etiladi. Tekshirish 
jarayonida beriladigan savollar so‘rov qilinuvchilar tomonidan u yoki 
bu tarmoqda ishlab bergan soatlar hajmi bilan bog‘liqdir. Ushbu 
yondashuvning 
yutug‘i 
shundaki, 
daromadlari 
to‘g‘risida 
so‘ralmayotgan kishilarga o‘zlarining ish vaqtlari haqidagi axborotni 
yashirish yoki o‘zgartirib ko‘rsatishga ehtiyoj bo‘lmaydi. So‘ngra 
ushbu axborotlar umumlashtiriladi va ishlab berilgan o‘rtacha inson-
kun o‘lchoviga o‘tkaziladi. Tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish 
me’yorlarini belgilash uchun ham shunday tekshirishlar o‘tkaziladi. 
Ushbu usulning quyidagi turlari mavjud: 1) amaldagi va rasmiy 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan bandlik darajasi o‘rtasidagi farq asosida; 2) 
hafta davomida amalda ishlab berilgan ish vaqti va rasmiy qayd 
etilgan ish vaqti o‘rtasidagi farq asosida. 
3. Monetar usul 
Ushbu usul yashirin iqtisodiyotning muhim bir jihatiga 
asoslanadi: agar qonuniy iqtisodiyotda anchadan beri deyarli barcha 
hisob-kitoblar naqdsiz pul yordamida amalga oshirilsa, yashirin 
iqtisodiyotda bitim tuzishda naqd pullardan foydalaniladi. 
Ushbu g‘oyadan konkret foydalanishning ko‘pgina variantlari 
mavjud. Bular – pul operatsiyalari hajmi tahlili, naqd pulga bo‘lgan 
talab tahlili, hamda ekonometrik usullar. 
Pul massasi hajmini kuzatish orqali yashirin iqtisodiyotning 
hajmi va dinamikasiga baho berish mumkin. Har bir mamlakatda pul 
massasi markaziy bank tomonidan emissiyalanadi va uning hajmi 
ma’lumdir. 
Ammo ushbu mezonni tanlash doimo ham to‘g‘ri emas, chunki 
foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar ko‘pgina jarayonlarga bog‘liqdir 
(masalan, inflyatsiyaga). Bir tomondan pul massasini va taqdim 
etuvchi veksellari hajmini, ikkinchi tomondan yalpi ichki 
mahsulotning o‘sishi sur’atlarini taqqoslash ishonchliroqdir. 


Monetar usulga asoslangan yashirin iqtisodiyotni baholashning 
yanada murakkabroq usullari mavjud. Bunda qo‘shimcha ravishda 
daromadlar, soliqlar, foiz stavkalari o‘zgarishi natijasida, hamda 
yashirin iqtisodiyotning faoliyati natijasida naqd pul mablag‘larining 
ulushi tebranib turadi deb taxmin qilish kerak. Hisobga olinmagan 
omillarni baholash yashirin iqtisodiyot miqyosini aniqlash imkonini 
beradi. 
Norasmiy sektorda to‘lovlar nafaqat naqd pul bilan, balki boshqa 
usullar bilan ham amalga oshiriladi. Masalan, barter, ya’ni 
ayirboshlashda to‘lov vositasi sifatida taqdim etuvchining qimmatli 
qog‘ozlaridan foydalanish odatiy holdir. 
Ikkala sektorda pul aylanishi tezligi bir xilligini aniqlash 
murakkabdir. U norasmiy sektorda samaraliroq bo‘lishi mumkin. 
Norasmiy sektorda tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ri 
iste’molchiga kelib tushadi, va buning uchun kamroq pul va vaqt 
kerak bo‘ladi. Rasmiy sektorda esa tovarlar ko‘p sonli vositachilar 
qo‘lidan o‘tib boradi. 
4. Ekspert usuli 
Ekspert baholashlardan foydalanish murakkab va kam 
o‘rganilgan yashirin iqtisodiyotni o‘rganishning zarur shart-sharoiti 
hisoblanadi. 
Ushbu usulning mazmuni quyidagicha. Ekspert birinchi navbatda 
biron-bir tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarga qay darajada ishonish 
mumkinligini 
aniqlaydi. 
Oddiy 
manbalardan 
ma’lumotlar 
to‘plangandan so‘ng ularni avtomatik tarzda ma’lum darajagacha 
hisoblab chiqishadi. Ekspertlar tomonidan ekspert bahosi usuli ishlab 
chiqiladi.
Ushbu usulni qo‘llashni muammosi shuki, malakali ekspertni 
topish qiyin. 
5. Texnologik koeffitsiyentlar usuli elektr quvvati ishlab chiqarish 
va iste’mol qilish, transportda yuk tashish va boshqa bilvosita yengil 
hisoblanadigan ko‘rsatkichlarni rasmiy ma’lumotlar bilan taqqoslash 
yordamida sanoat ishlab chiqarish dinamikasini taxminiy aniqlashni 
ifodalaydi. Bu usuldan foydalanish shart-sharoitlari bo‘lib yuqori 
darajada rivojlangan bozor munosabatlari, elektr quvvati va yuk 
tashishning adekvat narxlari hisoblanadi. Agar narxlar tartibga 


solinadigan bo‘lib, elektr quvvatining real qiymatini aks ettirmasa 
yoki imtiyozlar mavjudligi sababli elektr quvvatini iste’mol qilish 
uchun uzoq vaqt pul to‘lanmasa, elektr quvvatini iste’mol qilish 
dinamikasi sanoat ishlab chiqarishi dinamikasidan katta farq qilishi 
mumkin. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling