Abulqosimov h. P., Muminov n. G
-rasm. Xufyona iqtisodiyotni o‘chash usullari
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
2.1.1-rasm. Xufyona iqtisodiyotni o‘chash usullari
• mikro darajadagi usullar (to‘ridan-to‘g‘ri, bevosita); • makro darajadagi usullar (bilvosita) (qarang: 2.1.1-rasm). Xufyona iqtisodiyotni mikrodarajada o‘lchashda bevosita 24 Yashirin itisodiyot miqyoslarini o‘lchash uslublarini batafsil tahlili quyidagi ilmiy asarlarda yoritilgan: Николаева М.И., ШевяковА.Ю. Теневая экономика: методы анализа и оценки. М., 1987; Бокун Н., Кулибаба И. Проблемы статистической оценки теневой экономики // Вопросы статистики. 1997. № 7; Попов В. В. Методы измерения теневой экономики и их использование в постсоветской России // Экономическая теория преступлений и наказаний. Теневая экономика в советском и постсоветском обществах / Под ред. Л.М. Тимофеева и Ю.В. Латова. М., 2002. Вып. 4/2.; Муминов Н.Г., Жўрабоев И.Б. Яширин иқтисодиётни ўлчаш усуллари // Иқтисод ва молия, №12, 2016. 2-8 бет. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchash usullari mikrousullar makrousullar So‘rovlar, xufyona iqtisodiyot ishtirokchilarini tanlama kuzatuvlar To‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) bilvosita Monetar usullar Soliq tekshiruv lari Ish bilan bandlik tarkibi vanatijalari bo‘yicha usullar Balans usuli (to‘g‘ri) usullardan foydalaniladi: xufyona iqtisodiyotning miqyosini baholash uchun so‘rovlar, ochiq tekshirish usuli va iqtisodiy-huquqiy tahlilning maxsus usullari. 1. So‘rovlar. So‘rov orqali o‘tkaziladigan tadqiqotlar ijtimoiy izlanishlar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, anonim intervyu usuli. Bunda intervyuda qatnashayotgan respondentlarni shartli ravishda 4 guruhga ajratish mumkin: • “yashirin faoliyatchilar” – noqonuniy iqtisodiy munosabatlarni amalga oshiruvchi va buni tan olishga tayyor bo‘lgan shaxslar; • “bevosita kuzatuvchilar” – yashirin muhitda bo‘lib, uni ichidan kuzatayotgan, lekin noqonuniy bitimlarda qatnashayotganini qayd etmaydigan shaxslar; • “tashqi kuzatuvchilar” – yashirin iqtisodiyotni u yoki bu faoliyatiga baho beruvchi respondentlar bo‘lib, ular bu faoliyatga qo‘shilmaydi yoki qo‘shilganini tan olmaydi. • “jabrlanuvchilar” – yashirin iqtisodiyot va korrupsiyadan jabr ko‘rgan, lekin yashirin faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar. So‘rov natijalari ma’lumotlar ishonchliligi nuqtai nazaridan “yashirin faoliyatchilar” va “bevosita kuzatuvchilar” afzalligini ko‘rsatmoqda. Ammo boshqa ikki guruh tomonidan berilgan ma’lumot ham muhim sanaladi. 2. Ochiq tekshiruv usuli. Ochiq tekshiruv usulini qo‘llash valyuta, bojxona, bank, soliq sohasida, monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish, yong‘in xavfsizligi va sanitariya normalariga rioya qilmaslik kabi qonunbuzarliklarni aniqlash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi nazorat organlarining vakolatidir. Ochiq tekshirish usuli, masalan soliq tekshiruvi yordamida olingan natijalardan hisob-statistika maqsadlarida foydalaniladi. 3. Iqtisodiy-huquqiy tahlilning maxsus usullari. Xufyona iqtisodiyotning miqyosini o‘lchash va uni baholash uchun iqtisodiy-huquqiy tahlilning maxsus usullarini qo‘llash muhim sanaladi. Ushbu usullar maxsus iqtisodiy va buxgalterlik ko‘nikmalarini yuridik amaliyotda samarali qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy-huquqiy tahlil usullarini quyidagi 3 turga ajratish mumkin: • buxgalteriya tahlili usuli; • hujjatlashtirilgan tahlil usuli; • iqtisodiy tahlil usuli. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling