Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. O‘zbekiston Respublikasida xufyona iqtisodiyot ko‘lami. 2.1. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning mikrousullari
- Indikatorlar uslubi
- Yengil modellashtirish uslubi
Nazorat savollari:
1. Xufyonalik deganda nimani tushunasiz? 2. Xufyona iqtisodiyot tushunchasining mazmuni nimadan iborat? 3. Xufyona iqtisodiyot tushunchasining mazmuniga qanday metodologik yondashuvlar mavjud? 4. Xufyona iqtisodiy faoliyat turlari nimalardan iborat? 5. Xufyona iqtisodiyotning qanday shakllari bor? 6. Xufyona iqtisodiyotning asosiy sohalarini ta’riflang. 7. Xufyona iqtisodiyot sektorlarining farqlarini ko‘rsatib bering 8. Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish sabablari va omillari nimalardan iborat? 9. Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish oqibatlarini tushuntirib bering. 10. Xufyona iqtisodiyotning salbiy va ijobiy oqibatlarini izohlab bering. II BOB. XUFYONA IQTISODIYOTNI O‘LCHASH VA UNING MIQYOSLARI 2.1. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning mikrousullari 2.2. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullari 2.3. Xufyona iqtisodiyot miqyoslari. 2.4. O‘zbekiston Respublikasida xufyona iqtisodiyot ko‘lami. 2.1. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning mikrousullari Xufyona iqtisodiyot miqyosini o‘lchash murakkab masaladir. Bu hol Xufyona iqtisodiyotning pinhoniy xususiyatga egaligi va u har qanday o‘lchash va hisoblardan chetda bo‘lishga intilishi bilan bog‘liqdir. Lekin yashirin faoliyatning hajmiga baho berish iqtisodiy rivojlanishni tahlil etish va davlat iqtisodiy siyosatini shakllantirish uchun zarurdir. Rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi: 1. Indikatorlar uslubi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita (egri) uslublar mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri uslublar o‘z ichiga maxsus kuzatuv, so‘rovlar o‘tkazish, ayrim soliq to‘lovchilar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlash maqsadida tekshirishlar, tahlillar o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bilvosita (egri) uslublar o‘z ichiga bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, monetar uslublarini o‘z ichiga oladi. 2. Yengil modellashtirish uslubi, ya’ni determinantlarni baholash. Ushbu uslubda xufyona iqtisodiyotni aniqlashtiruvchi jami ko‘rsatkichlar tanlab olinib, uning nisbiy hajmlari hisoblanadi. 3. Tarkibiy uslublarda turli ishlab chiqarish tarmoqlarida xufyona iqtisodiyot hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, axborotlardan foydalaniladi. 4. Aralash uslublarda xufyona iqtisodiyot hajmlariga bog‘liq o‘lchovlardan ya’ni determinant va indikatorlarni hisobga olgan holda modellar yaratiladi. 5. Xufyona iqtisodiyotni baholashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni integral baholash. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling