Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
5.4. Korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri
Korrupsiya har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Korrupsiyadan ko‘riladigan iqtisodiy zarar, birinchi navbatda, davlatning makroiqtisodiy siyosatini amalga oshirishga to‘siq bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Boshqaruv tizimining quyi va o‘rta bo‘g‘inlaridagi korrupsiya natijasida markaziy hukumat mamlakat iqtisodiyotidagi real holat to‘g‘risida ishonchli axborot ola olmaydi va belgilangan maqsadlarga erishishni amalga oshira olmaydi. Korrupsiya davlat qarorlari sabablarini buzib ko‘rsatadi. Korrupsiyalashgan siyosatchi va amaldorlar davlat resurslarini nazorat kuchli bo‘lmagan va pora undirish imkoniyati yuqori bo‘lgan sohalarga yo‘naltirishga harakat qiladilar. Ular maktab darsliklarini nashr etish va o‘qituvchilarni maoshini oshirishni moliyalashtirishdan ko‘ra ishlab chiqarishni, masalan harbiy samolyotlarni ishlab chiqarish va boshqa yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishga moyildirlar. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha korrupsiya davlat xarajatlari tarkibiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi: korrupsiyalashgan hukumat ta’lim va sog‘liqni saqlashga korrupsiyalashmagan hukumatdan ko‘ra kamroq mablag‘ ajratadi. Korrupsiya iqtisodiy ta’sirining eng asosiy salbiy jihati tadbirkorlarning (ayniqsa, yulg‘ichlar oldida himoyasiz bo‘lgan kichik firmalarning) xarajatlari oshib ketishidir. Masalan, sobiq sotsialistik mamlakatlarda biznes rivojlanishidagi muammolar amaldorlar tadbirkorlarni pora berishga majburlashi bilan bog‘liqdir, bu poralarga qo‘shimcha soliqlar sifatida qaraladi (5.4.1-jadval). Tadbirkor halol bo‘lib, pora bermasa ham korrupsiyadan zarar ko‘radi, u injiq davlat amaldori bilan muloqotga ko‘p vaqt sarflashga majburdir. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling