• Korxonalarning aktivlarini
vositachi tuzilmalarga va
passivlarini davlatga va to‘lamaslik amaliyoti yordamida kreditorlar
zimmasiga o‘tkazish orqali ishlab chiqaruvchi korxonalarning
aktivlari va passivlarini ajratish;
• ishlab chiqaruvchi korxonalarda
rasmiy buxgalteriyani
qo‘llash va vositachi tuzilmalarda keyinchalik bir qism hujjatlarni
yo‘q qilish bilan ikkiyoqlama buxgalteriyani qo‘llash.
Boshqaruv tuzilmalarining konturlari yopiq va ochiq ko‘rinishga
ega bo‘lishi mumkin. Yopiq kontur doirasida
pul oqimlari doira
bo‘yicha aylanadi va qo‘shilgan qiymat ishlab chiqaruvchi
boshlang‘ich korxonaga qaytib keladi. Bu holda soliqqa tortilishdan
olib qochilgan mablag‘lar investitsiyalarga aylanadi.
Ochiq kontur doirasida mablag‘lar ishlab chiqaruvchi korxonaga
qaytmaydi. Ular vositachi firmalarning hisob raqamlarida yashiriladi
va xorijga olib chiqiladi, so‘ngra
yo boshqa biznesga sarflanadi, yo
mulk egasining shaxsiy boyishi uchun foydalaniladi.
Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash jarayoni bir necha bosqichga ega.
Ma’lum bir ma’noda soliq qonunbuzarligining “hayot sikli” tovarning
“hayot sikli”ga mos keladi. Birinchi bosqichda soliq to‘lovchi
soliqdan qochishni yangi sxemasini o‘ylab topadi. Ikkinchi bosqichda
– ushbu sxema soliq to‘lovchilar o‘rtasida tarqaladi. Ushbu sxema
soliq organlariga ma’lum bo‘lganida
uchinchi bosqich boshlanadi,
bunda ushbu sxemaga qarshi kurashish yo‘li qidiriladi,
soliq
qonunbuzarliklarini samarali aniqlash va oldini olishning shakllari va
usullari ishlab chiqiladi (qarang:6.2.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: