Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet121/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Nazorat savollari 
1. Uyushgan jinoyatchilik deganda nimani tushunasiz? 
2. Uyushgan jinoyatchilikning umumiy iqtisodiy nazariyasining 
mazmunini tushuntirib bering. 
3. Uyushgan jinoyatchilikning an’anaviy shaklining qanday 
xususiyatlarga ega?
4. Zamonaviy uyushgan jinoyatchilikning xususiyatlari qanday? 
5. Mafiya deganda nimani tushunasiz? 
6. Mafiya firma sifatida qanday mazmun va xususiyatlarga ega? 
7. Mafiya xufyona hukumat sifatida qanday vazifalarni 
bajaradi? 
8. Mafiya jamoa sifatida qanday mazmunga ega? 
9. Mafiya faoliyatining asosiy me’yorlarini izohlab bering. 
10. Mafiya bozor munosabatlarining ishtirokchisi sifatida qanday 
rol o‘ynaydi?


X BOB. JAHON JINOIY XO‘JALIGI 
10.1. Jahon xo‘jaligining jinoiy “egizagi” 
10.2. Shimol va Janubning o‘zaro munosabatlaridagi jinoiy 
global muammolar 
10.3. Narkobiznes iqtisodiyoti va uning xususiyati 
10.4. Terrorizm iqtisodiy nazariyasi 
10.5. Jahon mamlakatlari rivojlanishining jinoiy global 
muammolari 
 
10.1. Jahon xo‘jaligining jinoiy “egizagi” 
Zamonaviy jahon xo‘jaligida deyarli hech bir mamlakat boshqa 
mamlakatlardan alohida rivojlana olmaydi. Har bir mamlakatning 
iqtisodiyoti jahon xo‘jaligining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. 
Jahon xo‘jaligi, keng ma’noda, dunyodagi barcha milliy 
iqtisodiyotlarning murakkab jamlanmasi hisoblanib, unda murakkab 
sinergetik 
samaralar 
yuzaga 
keladi. 
Global 
iqtisodiy 
munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lib faqatgina alohida fuqarolar
firmalar va hukumatlar emas, balki mamlakatlar ittifoqi, xalqaro 
iqtisodiy tashkilotlar ham namoyon bo‘lishmoqda. 
Milliy 
iqtisodiyotlarning 
jahon 
xo‘jaligida 
sekin-asta 
integratsiyalashuvi har bir mamlakat faravonligi nafaqat o‘z 
fuqarolarining iqtisodiy faoliyatidan, balki dunyoning boshqa 
chekkasidagi hodisalarga bog‘liqligiga olib keladi. 
Iqtisodiy globallashuv u yoki bu darajada barcha mamlakatlar va 
xalqlarga tegishli bo‘ladigan, hamda jahon hamjamiyatining 
birgalikdagi harakatlari bilan hal etiladigan global muammolarni 
yuzaga keltiradi. Undan tashqari dunyo sivilizatsiyasining mavjudligi 
va uning rivoji ushbu muammolarni yechish bilan bog‘liqdir. 1970-
yillarda global muammolarni o‘rganish endi boshlangan davrda eng 
muhim muammolar sifatida ekologik xususiyatga ega muammolar 
hisoblanar edi. Hozirgi kunda bu muammolar qatoriga ijtimoiy 
xususiyatga ega muammolar qo‘shilmoqda – qurolsizlanish uchun 
kurash, “boy Shimol” va “kambag‘al Janub” o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklar, yangi axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va 
boshqalar. 


Ijtimoiy global muammolar orasida jinoiy globalashuv
188
muammosi katta mojaroga sabab bo‘lmoqda. Gap shundaki, jahon 
xo‘jaligi rivojiga sivilizatsiyalashgan jamiyatda qabul qilingan “o‘yin 
qoidalari”ga rioya qilmaydigan destruktiv kuchlarning ta’siri 
kuchayib bormoqda. Jinoiy globalashuv muammosi faqatgina 
transmilliy 
uyushgan 
jinoyatchilik 
va 
xalqaro 
terroristik 
tashkilotlarga tegishli emas. U yana jinoyatchilar uslubidan 
foydalanib, global miqyosda noqonuniy xo‘jalik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi qonuniy firmalar va qonuniy hukumatlar faoliyatlari 
bilan bog‘liqdir. 
Jinoiy globallashuv jahon xo‘jaligini ikkiga ajralishiga olib 
kelmoqda: bir tomoni – qonuniy, “oshkor” jarayonlar; ikkinchi 
tomoni – noqonuniy, yashirin jarayonlar. Qonuniy jahon xo‘jaligining 
deyarli barcha tarkibiy qismlari noqonuniy “egizak”ka ega bo‘lmoqda 
(10.1.1-jadval). 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling