Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Qurol-yarog‘ni noqonuniy sotish
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.2.1-rasm. Noqonuniy qurol savdosi turlari 192
- Qonuniy xom ashyo resurslari kontrabandasi.
Qurol-yarog‘ni noqonuniy sotish. 1990-yillarda yashirin qurol-
yarog‘ bozorining o‘rtacha yillik aylanmasi “noqulay” (tinchlik) yillari 1-2 mlrd.AQSh dollari miqdorida, yuqori o‘sish cho‘qqisi (masalan sobiq Yugoslaviyadagi urush davrida) vaqtida 5-10 mlrd.AQSh dollari miqdorida bo‘lgan. Taqqoslash uchun aytish lozimki, AQShdan (jahon qurol-yarog‘ bozorining yetakchisi) oddiy qurol-yarog‘ni turlarining rasmiy eksporti taxminan 10 mlrd.AQSh dollarini tashkil etadi. Noqonuniy qurol-yarog‘ bozori ikki turga bo‘linadi: jinoiy, mafiyali (“qora”), va kvazi-jinoiy (“kul rang”). Birinchi bozorda asosan yengil qurol-yarog‘ bilan va kichik partiyalarda savdo qilinadi; katta va kuchli qurollarni (raketalar, zambaraklar va ularning o‘qlari, vertolyotlar) ulgurji savdosida asosan hukumatlarning maxsus xizmatlari yoki yirik qonuniy biznes ishtirok etadi (qarang:10.2.1- rasm). 10.2.1-rasm. Noqonuniy qurol savdosi turlari 192 Bu hol, “qora” bozorni “kul rang” bozordan xavfsizroq degan fikrga olib kelmasligi kerak, masalan, yadro materiallari kontrabandasi nihoyatda xavfli hisoblanadi. 192 Mualliflar tomonidan tuzilgan. Noqonuniy qurol savdosi Kvazi-jinoiy (“kul rang”) asosan yengil qurol-yarog‘ bilan va kichik partiyalarda savdo qilinadi Jinoiy, mafiyali “qora” bozor Rasmiy maxsus xizmat va biznes ishtirokida katta va kuchli qurollarni (raketalar, zambaraklar va ularning o‘qlari, vertolyotlar) ulgurji savdosi Noqonuniy qurol-yarog‘ning sotib oluvchisi sifatida ko‘pincha “uchinchi dunyo” davlatlari va tashkilotlari namoyon bo‘ladi, sotuvchilar esa rivojlangan mamlakatlar vakillari hisoblanadi. Qonuniy xom ashyo resurslari kontrabandasi. Shimol va Janub o‘rtasida kontrabanda ob’ekti bo‘lib narkotik va qurol- yarog‘dan tashqari yana “uchinchi dunyo” mamlakatlarining qimmatli tabiiy resurslari – birinchi navbatda, qazilma boyliklari (olmos, oltin, neft) namoyon bo‘ladi. Masalan, 1990-yillar oxirlarida olmos kontrabandasi jahon olmos bozorining 20 foizini tashkil etar edi (ularning taxminan 10 foizi - “qonli olmoslar” – Afrika mamlakatlaridagi urushlarda tortib olingan olmoslardir). Nomineral tabiiy resurslar bilan noqonuniy savdoga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu kontrabandaning umumiy miqyosi (qimmatli yog‘och va baliq mahsulotlari) yiliga 5-8 mlrd.AQSh dollarini tashkil etardi, yana 6-10 mlrd.AQSh dolari hajmda noyob hayvonlardan olingan xom ashyolar (fil suyagi, karkidonning burun shoxi, oq quyruq shoxlari va boshq.) tashkil etardi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling