Abulqosimov h. P., Muminov n. G
-rasm. Soliq to‘lovlaridan ozod etish strategiyasida
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq to‘lovlaridan ozod etish strategiyasida foydalaniladigan sxemalar
6.2.3-rasm. Soliq to‘lovlaridan ozod etish strategiyasida
foydalaniladigan sxemalar 86 Soliq to‘lovlaridan qutulish vositasi sifatida sun’iy to‘lamasliklar yoki soliqlar to‘lovini to‘xtatib turishlarni keltirish mumkin. Ular quyidagi “ob’ektiv sharoitlarga” murojaat qiladilar – hamkorlar tomonidan majburiyatlarga rioya qilmaslik, hisob raqamida mablag‘lar bo‘lmasligi. Bu nuqtai nazardan tadbirkorlik strategiyasining muhim qismi pul mablag‘larini hisob raqamida to‘xtab qolmasdan, doimo harakatda bo‘lishida mujassamlashgandir. Aks holda, ushbu mablag‘lar soliqlar bo‘yicha qarzlarni qoplash uchun undiriladi. Uchinchi strategiya eng keng tarqalganidir. U qonuniy faoliyat natijalarini yashirish sxemasiga asoslanadi. 86 Mualliflar tomonidan tuzilgan Soliq to‘lovlaridan ozod etish strategiyasida foydalaniladigan sxemalar offshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tib soliq to‘lovlaridan ozod bo‘lish “ob’ektiv sharoitlarni” bahona qilib soliq to‘lashni to‘xtatib qo‘yish soliq solishning imtiyozli tartiblaridan foydalanish Korrupsion kelishuv – eng “oddiy” sxemalardan biri. U soliq xizmatchilari yoki fiskal organlarga ta’sir eta oladigan yuqori davlat hokimiyat organlari vakillarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri pora berib sotib olishni nazarda tutadi. Institutsional fiksiyalar (soxtaliklar) – bu usul soxta korxonalarni (“qog‘ozdagi korxonalar” yoki uzog‘i bilan uch oy faoliyat yuritadigan “bir kunlik korxonalar”) tashkil etishga asoslanadi. Ular orqali soliqlarni aylanib o‘tib pul mablag‘larini naqdlashtirish amalga oshiriladi. So‘ngra ular soliq organlari tomonidan tekshiruvlar boshlanmasdan va buxgalterlik balansini topshirmasdan yopilib ketishadi. Shu kabi yo‘qolib ketadigan korxonalarga kreditlar ajratiladi, ularning hisob raqamlariga oldindan to‘lov rasmiylashtiriladi. Deyarli o‘z faoliyatini to‘xtatgan, yopilish arafasidagi banklarga soliq to‘lovlari o‘tkaziladi. Bu holatlarning barchasida poralarsiz ham faoliyat yuritish mumkin, faqatgina soxta iqtisodiy institutlarni tashkil etish va qisqa muddatli faoliyat xarajatlarini qoplash kerak, xolos. Almashtirish o‘yinlari bir qism moliyaviy oqimlarni soya ostiga olib, qonuniy va noqonuniy faoliyatlar chegarasida ushlab turiladi. Shunday qilib, soxta operatsiyalar amalga oshirilganda moliyaviy hujjatlar mavjud bo‘lmagan mahsulot va xizmatlarning korxona va vositachi yoki soxta firma o‘rtasidagi harakatlarini aks ettiradi. Masalan, hech kim yetkazib berishni hayol ham qilmagan mahsulot uchun pul o‘tkaziladi, soxta marketing xizmatlari uchun buyurtma beriladi, QQSni qaytarish imkonini beruvchi yolg‘ondakam eksport amalga oshiriladi, “tumovdan” sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha mukofotlar to‘lanadi. Qonuniy va noqonuniy harakatlar chegarasida amalga oshirilayotgan soxta operatsiyalar bo‘yicha soliqlar to‘lashdan bosh tortishga quyidagi holat misol bo‘la oladi: turistik kompaniya o‘z asosiy faoliyatini amalga oshirish maqsadida bir necha avtobuslarni sotib oladi, lekin ularni firma ta’sischilarining qarindoshlari nomlariga shaxsiy mulk sifatida rasmiylashtiradi, qarindoshlar, o‘z navbatida, yollangan haydovchilar nomiga avtobusni haydash bo‘yicha ishonchnoma beradilar va turistik firma bilan ushbu transport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha shartnoma tuzadilar. Natijada transport vositalari firma balansiga o‘tmaydi va soliqlar to‘lanmaydi. Shuni qayd etish kerakki, eng ko‘p qoidabuzarliklar optimallashtirish sxemalarini o‘ziga emas (ko‘pchilik hollarda ushbu sxemlar yuridik jihatdan puxta ishlangan bo‘ladi), balki ushbu sxemalarning hamroh sharoitlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, kichik korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlardan foydalanish ko‘pincha tashkilot xodimlari sonini soxtalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Soxtalashtirishning mavjudligi ushbu sxemani avtomatik ravishda noqonuniy qiladi. Undan tashqari, noekvivalent ayirboshlashdan foydalaniladi. Bunda “tomonlar” uchun foyda keltirmaydigan shartnomalar tuziladi, kelishilgan holda va maqsadli ravishda qiymat proporsiyalari buzib ko‘rsatiladi. Buning uchun mahsulot va xizmatlarni bozor qiymatidan yuqori yoki past narxlarda sotish va sotib olish imkonini beruvchi barter ayirboshlashlari va o‘zaro hisob-kitoblar yordamida xarajatlarni qoplash tizimlaridan foydalaniladi: korxonalar o‘rtasida mahsulotlar sotiladigan pasaytirilgan transfert narxlari tizimidan foydalaniladi; nominal va bozor qiymati o‘rtasidagi farqda o‘ynaydigan veksellar muomalaga chiqariladi; likvidlik darajasi turlicha bo‘lgan aksiyalar ayirboshlanadi; oldindan ma’lum oshirilgan foizlar bo‘yicha kreditlar beriladi. Masalan, korxona qoshida firmalar tashkil etilib, ularga korxonaning mahsulotlari shunchalik pasaytirilgan narxlarda sotiladiki, foyda nol darajada bo‘ladi. Soliq organlari foyda solig‘i to‘lanmayotganligi bo‘yicha da’vo qila olmaydilar. Firmalar esa mahsulotni bozor narxida qayta sotadi va asosiy ishlab chiqaruvchi korxona egasi bilan olingan foydani bo‘lishadi. Firmada bir necha kishi ishlayotganligi sababli kichik biznesga soliq imtiyozlaridan keng foydalanadi. Nihoyat, ayirboshlov o‘yinlarida oldindan rejalashtirilgan sanksiyalardan foydalaniladi – shartlarini bajarib bo‘lmaydigan shartnomalar bo‘yicha yirik jarima sanksiyalarini qo‘llash; shartnoma shartlarini ataylab bajarmaganlik natijasida garovdagi mol-mulkni o‘zlashtirish (qarang: 6.2.4-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling