Abuzalova M
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 2; 7; 8; 9; 10; 30; 36; 39; 69] HIND-YEVROPA TILLARI OILASI Reja
- Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar
- Hind guruhi.
- Eron guruhi.
- Slovyan guruhi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Tillаrni tаsniflаshning аhаmiyati nimаdа? 2. Tillаr qаrindоshligi vа аsоs til dеgаndа nimаni tushunаsiz? 3. А.Shlеyхеr qаrаshlаrini shаrhlаb bеring. 4. Mоrfоlоgik klassifikatsiya аsоslаri hаqidа tushunchа bеring. 5. Аgglyutinаtiv vа flеktiv tillаrning o‘zаrо zid jihаtlаrini tаsniflаng. 6. Аmоrf til nimа? 7. Хitоy tili misоlidа o‘zаkli tillаr tаbiаtini tаhlil qiling. 8. Аnаlitik vа sintеtik tillаrni аjrаtish nimаgа аsоslаnаdi? Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 2; 7; 8; 9; 10; 30; 36; 39; 69] HIND-YEVROPA TILLARI OILASI Reja: 1.Hind-yevropa tillarining o‘rganilish tarixidan. 2.Hind-yevropa tillarining qarindoshlik aloqalari. 3.Hind-yevropa tillarining tipologik xususiyatlari. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar Hind-yevropa tillari oilasi, bu oilani o‘rganish tarixidan, ovrupashunoslar va ularning tadqiqot manbalari, metodlari, hind – yevropa tillarining qarindoshligi, hind – yevropa tillari oilasining guruhlanishi, eng yirik guruh, eng yirik (so‘zlashuvchilar va jahondagi o‘rniga ko‘ra) tillar, hind – yevropa tillarining ichki (lisoniy) xususiyatlari, hind – yevropa tillari flektiv tillar sifatida Genealogik tasnif asosida, tillarni qiyosiy-tarixiy metod orqali organish, avvalo, hind – yevropa tillari materiallarida ishlab chiqilgan edi. 243 Bunda XIX asrning birinchi yarmida nemis filologi F.Bonn (1791-1867), rus tilshunosi A.X.Vostokov (1781-1864), nemis olimi A.Shleyxer (1821- 1868),fransuz tilshunosi F.Dits (1794-1876)lar hind-yevropashunoslikka asos soldilar. Bundan keyin som-xom, fin-ugor, turkiy, kavkaz tillari oilasi tasniflandi. Fransuz gumanisti Gvilyelm Postellus (1510-1581) ozining “Tillarning qarndoshligi haqida”, gollandiyalik olim Iosif Skaliger (1540-1609) esa “Yevropaliklarning tillari haqida mulohazalar” nomli tadqiqotlarida yevropa tillari doirasida 11ta “ona til”larni ko‘rsatadilar. 4 ta “katta”: grek, latin (roman tillari bilan), tevton (german), slavyan hamda 7ta “kichik”: alban (epirot), irland, kimrcha (britt), tatar, fincha, venger va bass tillari. Tilshunoslar qadimgi hind (sanskrit) tilini ilmiy o‘rgana boshlaydilar. Sanskrit tilini o‘rganish esa qiyosiy -tarixiy tilshunoslikning shakllanshiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 1786-yilda ingliz sharqshunos olimi Vilyam Djounz (1746-1794) Kalkuttada qilgan imiy ma’ruzasida sanskrit tilining grek, latin, kelt, got va qadimgi fors tillari bilan qarindosh ekanligini ko‘rsatib berdi. Sanskrit tilini “klassik tillar ”ga qiyoslab, bu tillarda faqat o‘zaklarninggina emas, balki grammatik (forma) shakllarning ham o‘xshash, bog‘liq ekanligini va bu o‘xshashliklarning tasodifiy emasligini, bular hind-yevropa tillari orasida qarindoshlik munosabati borligini ko‘rsatadi, deya mulohaza yuritdi. Frans Bopp (1791-1867) esa xuddi shu yonalishda, ya’ni sanskrit tili va ko‘pgina yevropa tillarini qiyoslash asosida 1816-yilda “Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni grek, latin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash” nomli asarini e’lon qildi va bu asarda mazkur tillardagi tuslanishning o‘xshashligini, bu tillarning bir manbadan kelib chiqqanligini ko‘rsatib o‘tdi. Olim o‘zining III tomli “Sanskrit , hind, arman, grek, latin, litva, qadimgi slovyan , got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi” nomli asarida (1833-1852) hind-yevropa tillarida fleksiyaning kelib chiqish tarixini o‘rganib, tilshunoslikda “agglyutinatsiya” nazariyasini ishlab chiqdi. 244 Hind-yevropa tillari oilasini o‘rganish sohasida Y.Grimm va R.Rasklar ham katta xizmat ko‘rsatishgan. Xususan, Rasmus Rask (1787-1832) o‘zining “Qadimgi island tili va island tilining paydo bo‘lishi” (1814) nomli asarida tillarning qarindoshligi so‘zlarning o‘xshashligiga emas, balki grammatik formalarning o‘xshashligiga asoslanishi kerakligini qayd qilgan. Yakob Grimm (nemis olimi) (1785-1863) esa german tillari qiyosiy grammatikasini yaratdi.1819-1877-yillar davomida to‘rt tomlik “Nemis tili grammatikasi” asarida german tillari va boshqa hind-yevropa tillariga xos bo‘lgan fonetik sistemani qiyoslaydi. Bu qonun “Grimm qonuni” deya nom qozongan bo‘lib, german tillaridagi [f], [b], [h] tovushlari hind-yevropa tillaridagi [p], [t], [k] tovushlariga mos kelishini isbotlaydi. Slovyan va roman tillarini tadqiq etish borasida M.V.Lomonosov (1711-1765) ham izlanishlar olib borgan. Uning “Rossiya grammatikasi” (1755), “Rossiya (rus) tillariga qarindosh tillar hamda qadimgi dialektlar haqida” (tugallanmagan) asarlari ma’lum. 1820-yillarda mashhur rus tilshunosi A.X.Vostokov o‘zining “Slovyan tili haqida mulohazalar” asarida slovyan tillarining genetik aloqalarini asoslab berdi. Qiyosiy - tarixiy tilshunoslik haqida, ayniqsa, hind-yevropa tillari oilasi haqida gapirganda buyuk olim Avgust Shleyxerning naturalistik qarashlariga to‘xtalmasdan bo‘lmaydi. Shleyxerning “Сравнительно-ингвистическое иследование” (1848-1850), «Немецкий язык» (1859), «Компендий сравнительной грамматики индоевропейских языков» (1861-1862) kabi asarlarida uning eng asosiy g‘oyalari o‘z aksini topgan. Olimning tilga “jonli organizm” sifatida qarash, jonli organizmlarga xos “tug‘ilish, rivojlanish va o‘lish” (inqiroz) hodisalari aynan til misolida yaqqol ko‘rinishini e’tirof etish, tillar shajarasi va bobo til masalalarini tadqiq etish faoliyatining naturalistik tafakkuri asosini tashkil qilar edi. A. Shleyxerning fikricha, dunyo tillarining barchasi uchun umumiy bobo tilni o‘rnatish mumkin emas. Demak, bir necha bobo tillar bor bo‘lgan. Chunonchi, tillarning ko‘pgina qismi yo‘qolgan va yo‘qolayotgan bir paytda, bizga ma’lum bo‘lmagan juda ko‘p tillar bo‘lganligini va 245 shunga yarasha ko‘plab bobo tillar bo‘lganligini tasavvur qilish mumkin. “Hayvon va jonzotlarga xos yashash uchun kurash” qonunini tilga tadbiq etib, shunday xulosaga keladi. “Insoniyatning hozirgi davrida “yashash uchun kurash”da hind-german tillari g‘oliblik qilmoqda, ularning yoyilishi hanuz davom etmoqda, boshqa ko‘plab tillar ular tomonidan siqib chiqarilgan”. Tillar tasnifi masalasiga keladigan bo‘lsak, Vilgelm fon Gumboldtt nazariyasidan (tillarni 4 tipga bo‘lish) farqli ravishda, u Avgust Shlegel g‘oyasiga qo‘shiladi, tillarni 3 turga bo‘ladi. 1. Tarkibli (односложные), agglyutinativ va flektiv. U buni yer yuzidagi taraqqiyot bosqichlari bilan uyg‘unlashtiradi; xitoy, kxasi, birma, namakva tillari arxaik ko‘rinishlar, turk-tatar, mo‘g‘ul, fin, venger, dravid, tibet tillari o‘tuvchi, oraliq tillar, semit va hind – yevropa tillari – eng rivojlangan tillardir. 2.Hind-yevropa tillari eng keng tarqalgan yirik oiladir. Hozirgi hind – yevropa tillari oilasi qarindoshlik darajasiga ko‘ra 10 guruhga ajratiladi: hind,eron, roman, german, slovyan, grek, kelt, arman, boltiq, alban. 1.Hind guruhi. 24 tildan iborat. 676 million kishi so‘zlashadi. Bu 33,7 % ni tashkil qiladi. 2.Roman guruhi, 10ta til. 522 million kishi so‘zlashadi. 26,0% 3.German guruhi, 10ta til. 421 million kishi so‘zlashadi.21,0% 4.Slovyan guruhi, 11ta til. 282 million kishi so‘zlashadi. 14,1% 5.Eron guruhi, 31ta til. 68 million kishi so‘zlashadi. 3,4% 6.Grek guruhi, 1ta til. 11,7 million kishi so‘zlashadi. 0,6% 7.Kelt guruhi, 4ta til. 9,4 million kishi so‘zlashadi. 0,5% 8. Arman guruhi, 1ta til. 6 million kishi so‘zlashadi. 0,3% 9. Boltiq guruhi, 2ta til. 4,7 million kishi so‘zlashadi. 0,2% 10.Alban guruhi, 1 ta til. 4,5 million kishi so‘zlashadi. 0,2% Demak, hind – yevropa tillari jami 95 tildan hamda 2005,3 million so‘zlovchidan iborat oiladir. Bu tillarning barchasini umumlashtirib turuvchi tipologik xususiyat bor: ularning hammasi flektiv tipga mansub. Hind – yevropa tillarining genealogik tasnifi quyidagicha: Hind guruhi: 246 1). Hind (Hindiston), 150 million, 2 adabiy shakli bor: urdu hamda hind; 2). Bengal, 60 million, Ganga daryosi va Bengal qo‘ltig‘i tomonlari; 3). Bixori, 30 million, Hindistonning shimoliy-sharqi; 4). Maratxi, 20 million, G‘arbiy Hindiston; 5). Panjob, 20 millionga yaqin, Shimoliy Hindiston; 6). Rajastoni, 15 million, Hindistonning shimoliy g‘arbi; 7). Bujarat, 13 million, Hindistonning g‘arbi; 8). Uriya, 10 million, Sharqiy Hindiston; 9). Sindxi – Hind daryosi vodiysi va b. yangi hind tillari; 10). Sigan (lo‘li) – Ispaniya, Vengriya, Chexiya, Ruminiya, Germaniya, Turkiya, Rossiya va Osiyoda V-X asrlarda migratsiya yo‘li bilan tarqalgan elatlar tili; 11). O‘lik tillar (veda tili)-sanskrit: veda tili, pali, prokrit. 2. Eron guruhi. 1). Forsiy, 15 million, Eronning davlat tili; 2). Afg‘on (pushtu) – Afgonistonning milliy adabiy tili; 3). Baluchi (beludja) – Baluchiston tili; 4). Kurd – shimoliy – g‘arbiy Eron, Iroq, Turkiya chegaralari va Armanistonda yashovchi kurdlar tili; 5). Tojik, 1 million, Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston; 6). Osetin, 266 ming, shevalari; iron (shim. Oseteya) va digorga (jan. Osetiya) kavkaz tillarining ba’zi belgilari bor; 7). Tolish, 80 ming, Ozarbayjon; 8). Tog‘, Ozarbayjon, janubiy Dog‘iston; 9). Rushan, 7, 1 ming 10). Shug‘non, 12 ming Badaxshon tog‘lari; 11). Yag‘nob, 1 ming, o‘sha yerda va boshqa pomir shevalari. O‘lik tillar: qadimgi fors, avesto, pahlaviy, skif, so‘g‘d, xorazmiy, sak tillari. 3.Slovyan guruhi. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling