Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
Piktografik (lat. pictus - chizmoq), rasmli yozuv dastlabki yozuv
turidir. Piktografik yozuv ibtidoiy tasviriy san’at namunasi bo‘lib, toshlarga, suyaklarga, g‘or devorlariga o‘yib ishlangan. Piktografiyada hayotiy vaziyatlar (ov, sayohat), narsalar (qayiq, uy, oy, quyosh, yer), mavjudotlar (inson, sigir, qo‘y) kabilar aks ettirilgan edi. Yozuvning rasm bilan aloqador hodisa ekanligini turkiy tillardagi bitik (yozuv) so‘zi tarkibidagi biti-xitoycha bi: mo‘yqalam bilan aloqadorligi, shuningdek, slavyan tillaridagi писать (jivopis) fe’lining o‘zagi lаt. “pingere” – rasm solmoq tushunchasi bilan bog‘liqligi, gotcha melian (yozmoq) fe’lining dastlabki ma’nosi ham mo‘yqalamda rasm solmoq bo‘lib, hozirgi nemis tilida “malen” – rasm chizmoq” ma’nosida qo‘llanilishi tasdiqlab turibdi. B.N.Golovin piktografiya hodisasini shunday tushuntiradi: “Piktografik maktublar bilan muloqot qilmoqchi bo‘lgan ikki hozirzamon do‘stlarni tasavvur qilaylik. Ulardan biri qorong‘u osmondagi yarimoy tasvirini, chiqayotgan quyosh, qayiqdagi odam, baliq va qarmoq rasmini chizdi. Keyingisi javob tariqasida botayotgan quyosh, qorong‘u osmondagi yarimoy, paravoz va uch vagon va ular oldida odam hamda Moskva Kremlning tasvirini bergan. Shuningdek, vagonni quyosh bilan bog‘laydigan chiziq (liniya)ni ham ko‘rsatgan. Demak, bulardan birinchisining mazmuni: “Men ertaga baliq oviga boraman”. Ikkinchisi esa: Bugun kechqurun (oqshomda) men poezdda Moskvaga ketaman”, - degan ma’nolarni anglanadi. 1 Darhaqiqat, olim juda to‘g‘ri tasavvur, mulohaza keltiradi. Ibtidoiy tafakkur va yozuvning tabiatini shu kabi ko‘rinishlarda kuzatish mumkin. Shu boisdan ham, rasmli (piktografik) yozuv dunyodagi mavjud barcha yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos bo‘lgan, degan fikrga kelish to‘g‘ridir. Rasmlar yordamida muayyan fikr-axborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qadimiy davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun ham rasmli yozuvning og‘zaki til bilan bog‘liq bo‘lmaganligi uning turli til vakillari tomonidan ham tushunilaverishini 263 ta’min etgan, ammo unda ifodalangan mazmunning turlicha, ixtiyoriy talqin etilishiga yo‘l qo‘ygan, abstrakt tushunchalarni bunday yozuv orqali ifodalash deyarli mumkin bo‘lmagan. Davlat tuzumi rivojlanib, turli yozishmalarga va bu yozishmalarning ayni bir xil talqin qilinishiga bo‘lgan ehtiyoj kuchayib borgani sari piktografik yozuvning ojiz tomonlari ko‘proq ko‘zga tashlana boshlagan. Bu hol rasmli yozuvning taraqqiyotiga, ideografik va ieroglifik yozuvning shakllanishiga olib kelgan. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling