Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
t-orttirma nisbat qoshimchasi, uv-harakat nomi qo‘shimchasi, chi-shaxs
oti yasovchi affiks, lar-ko‘plik, ga-jo‘nalish ma’nosoni ifodalaydi; vengr tilida haz-uy, haz b a-uyda, hazak-uylar, hazakba-uylarda. Ko‘rinadiki, turkiy tillardagi qo‘shimchalar o‘zakka mexanik ravishda qo‘shilaveradi, lekin o‘zak bilan birikib, singib ketmaydi, o‘zakdan ajralib turadi. Shuningdek, turkiy tillarda prefiks yo‘q (fors-tojik tillaridan kirib kelgan ayrim old qo‘shimchalardan tashqari), ya’ni qo‘shimchalarining ketma- ket qo‘shilishi natijasida so‘zning kengayishi faqat bir tomonga, ya’ni o‘ng tomonga yo‘nalgan bo‘ladi: 259 maktablarga. Turkiy tillardagi ko‘makchilar otdan yoki ot vazifasidagi so‘zdan keyin kelib, uni boshqa so‘zga – boshqaruvchiga bog‘laydi va ular orasidagi sintaktik munosabatni ifodalaydi. Masalan, Baxtim uchun kurashaman. Ukam bilan bordim. Turkiy tillarda grammatik rod (jins) kategoriyasi yo‘q. Shunga ko‘ra, gapda so‘zlarning o‘zaro sintaktik aloqaga kirishuvi o‘zgacha: turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilida, sifat, son, olmosh, sifatdoshlar ot bilan bitishuv munosabatiga kirishadi. Hind – Yevropa tillarida kesimning morfologik belgilari faqat fe’lga qo‘shilsa, turkiy tillarda kesim vazifasida kelgan har bir so‘z turkumiga qo‘shilishi mumkin. Qiyoslang: Это здание - институт; Bu bino institutdir. Men – onaman. Ko‘ylagimni tiktirdim. Turkiy tillarning qiyosiy – tipologik xususiyatlari N.A.Baskakovning “Введение в изучение тюрских языков” (М., 1962) nomli kitobida atroflicha sharhlangan. Jumladan, so‘zning morfologik tarkibi xususida shunday hodisalarni aniqlaydi: o‘zaklar birlamchi yoki tub bo‘ladi (umumturkiy o‘zaklar): al-olmoq, kel, min, ot (o‘t), tas/tash (tosh), kyoz (ko‘z) yoki yasama, ya’ni o‘zak va unumsiz (o‘lik) qo‘shimchalar orqali, masalan: qoraqalpoqcha: jurek (yurak), qizil (qiz+il), azira (boqmoq-az+ir+a), qora kabilardir. Tas/tash (tosh), qal (qop), ic/ish (ish), at (ot ), qol (qo‘l) va hokazolar predmetlarning nomini atab, ot so‘z turkumiga kiradi hamda birlikdagi, bosh kelishikdagi so‘zlar qatorini hosil qiladi 3 . Aq, sari, qara, biyik, (baland) o‘zaklari statik belgini ifodalab, sifat so‘z turkumini tashkil qiladi. Endi (endi), burun, en (eng) kabilar, deydi olim, belgining belgisini ifodalab, ravish kategoriyasiga kiradi. Bir, eki (ikki), uch/ush (uch) tort ,(to‘rt) kabilar sonlardir. O‘ay! Iq! Maa! undov va taqlidlar, uchin/ushin, deyin (-gacha) kabilar ko‘makchilar, - g‘u (-ku), -ma/me (-mi) (so‘roq yuklamasi) – yuklamalar hamda hem, biraq boglovchilar hisoblanadi. Turkiy tillarda fe’llar ham o‘ziga xos tabiatga ega, ya’ni ular yasalish xususiyatiga ega: tashla, angla, bilim, qapshiq (qopchiq- qop va kichraytirish shakli –chiq/-shiq.) Turkiy 260 tillarda fonetik struktura- o‘zak morfemalardagi 3 tovushli tarkib bilan ajralib turadi. Har bir o‘zak –undosh + unli+ undosh tartibidagi yopiq bo‘gindan iborat (cgc). Ikki tovushli, bir tovushli o‘zaklar turkiy tillarda kam uchraydigan istisnolikdir, ular aslida 3 tovushli tarkibning tarixan, fonetik jihatdan qisqargan ko‘rinishidir. 3 tovushdan ko‘p so‘zlar boshqa tillardan o‘zlashgan hisoblanadi. Turkiy tillarga xos bo‘lgan gap qurilishi [WPm] qolipi asosida voqelanadi. Предикатив bog‘lanish [Pm] (predikate-kesim, m – shaxs/son, zamon, mayl, modallik) orqali yuzaga chiqadi. So‘z birikmasi –gap kengaytiruvchilari yoki so‘z kengaytiruvchilaridan iborat bo‘lishi mumkin. Mana shu sintaktik xususiyat barcha turkiy tillar uchun xos bo‘lib, bu oilani boshqa tillardan, ulardagi grammatik xususiyatlardan keskin farqlab turadi (chunonchi, Hind-yevropa tillarida gap birgina kesimning o‘zidangina emas, balki ega va kesimning qat’iy ishtiroki va tartibi (egadan keyin albatta kesim keladi ) asosida tuziladi). Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling