Abuzalova M
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 2; 7; 8; 9; 10; 30; 36; 39; 69] YOZUV. YOZUVNING TARAQQIYOTI R e j a
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Turkiy tillarni o‘rganishda Mahmud Qoshg‘ariyning xizmatlari haqida so‘zlang. 2. Turkiy tillarni o‘rganishda rus olimlarining qanday xizmatlari bor? 3. Oltoy til oilasiga kiruvchi tillar haqida ma’lumot bering. 4. Agglyutinativ tillar guruhi haqida nimalar bilasiz? 5. Turkiy tillarning qiyosiy-tipologik xususiyatlari haqida gapiring. Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 2; 7; 8; 9; 10; 30; 36; 39; 69] YOZUV. YOZUVNING TARAQQIYOTI R e j a : 1. Yozuv. Yozuv va til. 2. Yozuv tarixidan. 3. Davr va yozuv taraqqiyoti. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar Yozuv, yozuvning tilga munosabati, yozuvning paydo bo‘lishi, piktografik yozuv, logografik yozuv, xitoy ieroglifikasi, misr mixli 261 xatlari, fonografik yozuv va uning turlari, alifbo, lotin alifbosi, kirill yozuvi Yozuv insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mahsulidir. U azaldan kishilarning aloqa qilishlari, fikr almashishlarida muhim rol o‘ynagan. Shubhasiz, yozuv insoniyatning ulug‘ kashfiyoti, muvaffaqiyati hisoblanadi. U og‘zaki nutq va tilga yordamchi vosita sifatida yuzaga keldi. Yozuv – muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotning tom ma’nodagi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biridir. Yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsa-da, unga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Tilning estetik, gnosiologik (bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajriba-bilimlarini saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Tovush tili uchun noqulaylik tug‘diruvchi masofa va vaqt omili yozuvning bu borada ustunligini dalillaydi. Bir latincha maqol bor: “Verba volant – scripta manent” – “So‘zlar uchib ketadi, yozilgani esa qoladi”. Yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan. Tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuv esa 4-5 ming yil oldin paydo bo‘lgan. Og‘zaki nutqning zamon va makon nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Og‘zaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush to‘lqinlari yetib borishi mumkin bo‘lgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshqa sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo bo‘lishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat yozuv dunyoga kelgan. Aslida, belgilar tizimi sifatidagi yozuv paydo bo‘lishidan oldin inson ramziy vositalardan keng foydalangan. Masalan, slavyan qabilalarida non-tuz – do‘stlik ramzi, trubka-tinchlik, atirgul-sevgi ramzi va h.k. belgilar “buyumli yozuv” 262 xarakteriga ega edi. Fanda turli xil yozuv ko‘rinishlari aniqlangan va yozuvning tadrijiy tarixi isbotlangandir. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling