Abuzalova M
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 2; 7; 8; 9; 10; 30; 36; 39; 69] TURKIY TILLAR OILASI Reja
- Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1.Hind-yevropa tillari oilasini tarixiyligi, qon-qarindoshligi bo‘yicha tasniflang. 2. Avgust Shleyxer hind-yevropa tillarini o‘rganish va tasniflashda qanday metod va g‘oyalardan foydalangan? 3.O‘zingiz biladigan tillar doirasida (hind-yevropa tillarida ) o‘xshash, genetik aloqador til birliklaridan misollar keltiring. Fonetik, leksik va grammatik belgilarning umumiyligi va farqlarini tushuntiring. 4. Hind-yevropa tillarining jahonda tutgan o‘rni va ahamiyati qay darajada? Bugungi kunda qaysi tillar ilm-fan, siyosat, madaniyat va biznesning xalqaro tiliga aylangan? Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 2; 7; 8; 9; 10; 30; 36; 39; 69] TURKIY TILLAR OILASI Reja: 1. Turkiy tillarni o‘rganish tarixidan. 254 2. Turkiy tillar oilasi, uning genealogik guruhlari haqida. 3. Turkiy tillarning lisoniy xususiyatlari. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar Turkiy tillarning o‘rganilish tarixidan, ilmiy turkiyshunoslik asoschilari, turkiy tillarning geneologik tasnifi, turkiy tillar oilasi, agglyutinativ tillar, turkiy tillarning fonetik strukturasi Turkiy tillarni o‘rganish uzoq davrlarga borib taqaladi. Turkiyshunoslikni XI asrda Mahmud Qoshg‘ariy boshlab berdi. O‘zining “Devonu lug‘atit turk” asarida olim (Qomus Istambulda Ahmad Rif’at tomonidan 1915-1917-yillar (III tomlik) da nashr qilingan, shuningdek, Sim Atalay (Divanu Lug‘at-it-Turk terkumesi) va C.Bchoskelmann (Mittelturkisscher Wortschatz nach Mahmud al-Kasgaris Divan Lug‘at-at- Turk) tomonidan tarjima qilingan) asosan uyg‘ur, xakas, qipchoq va o‘g‘uz tillari materiallari asosida qiyosiy-tipologik tadqiqotlarni yuzaga chiqargan. Asarda qirg‘iz, qipchoq, uyg‘ur, tuxsi,yag‘mo, chigil, igrak, charuk, yemak, boshqird tillari va xalqlari qarindosh deyiladi. Bulg‘or va suvar tillarini birmuncha farq qiluvchi, o‘g‘uz tillarini esa eng oddiy, deb hisoblaydi. Chumul, kay, yabaku, tatar, basmil xalqlari boshqa tilda gaplashishgan. Eng to‘g‘ri, ya’ni abadiy tilga eng yaqin til – tuxsi va yag‘mo tillari bo‘lgan. Mahmud Qoshg‘ariy lug‘atida so‘zlar ulardagi tovushlar sonining o‘sib borishiga ko‘ra joylashtirilgan.Ismlar va fe’llar farqlanib, turkiy tillarning fonetik – morfologik tasnifi hamda jo‘g‘rofiy yoyilganligiga ko‘ra xarakteristikasi berilgan. Tillar tabiatini hamda ularning u yoki bu tasnif guruhiga mansubligini ifodalovchi belgilar sifatida M.Qoshg‘ariy quyidagilarni ko‘rsatadi: a) соответствие (y~j) so‘z boshida y-j mosligi; b) so‘z boshida m~b; v) so‘z oxirida y – n; g) so‘z boshida t~d; d) so‘z o‘rtasida y~z. 255 Az-Zamaxshariyning (1143-yilda vafot etgan) “Muqaddimat al-adab” nomli filologik asari arab-fors-turk-mo‘g‘ul tillari lug‘ati sanaladi. V.V.Bartoldning aniqlashicha, bu lug‘atning turkiy qismi eramizning XII- XIII asrlari adabiy turkiy tilini aks ettiradi. Al-Andalusiy (arab tilshunosi) yaratgan lug‘at va grammatikada qipchoq (kuman yoki poloves) tilining o‘g‘uz (turkman) tili bilan qiyosan elementlari mavjud. Jamoliddin ibn Muxannaning “Xil’at ul-lison va halibot ul bayon” asari o‘g‘uz tillaridan birining lug‘at va grammatikasini, shuningdek, fonetik xarakteristikasining bayon etilganligi bilan ajralib turadi. b va m, t va d undoshlarining boshda f va n, k va x undoshlarining boshqa pozitsiyalarda kelish xususiyatlari ochib beriladi. Jamoliddin at-Turkiyning “Bulg‘at al-mushtak” lug‘ati arab- qipchoq tillarini qiyoslash asosida tuzilgan. Misrda arab filologlari tomonidan yaratilgan asarlar: XV asr grammatik tadqiqoti “Qavanin al-Kulmiya li-dabt al-lug‘at at-Turkiya” (1928-yilda Istambulda Kilisli Rif’at tomonidan nashr etilgan) hamda XV asrning filologik asari “Kitob at-tuhfatuz zakiya” (1945-yilda Istambulda Basim Atalay tomonidan nashr qilingan)dir. Turkiyshunoslikning yana bir tarmog‘i XVIII va XIX asrning 1-yarmidagi rus va g‘arb tadqiqotchilarining izlanishlari samarasini o‘z ichiga oladi. XVIII asrdan turkiy tillarni qiyosiy o‘rganish sohasida F.I.Tabbert – Stralanberg (shved ofitseri) muhim o‘ringa ega. U ural-oltoy nazariyasi-ural (fin-ugor va samold) va oltoy (turk, mo‘g‘ul va tungus-manchsjur) tillarining qarindoshligini aniqlagan. Bu nazariyaning tarafdorlari sifatida V. Shott, M.A.Kastren, O.Donner, G.Vinkler, I.Gryunsel, G.Ramatedt, A.Sovaneo va boshqalar ma’lumdirlar. Ilmiy turkiyshunoslikning asoschilari - O.Byotlingk va V.V.Radlov hisoblanadi. Turkologiyadagi 1 qiyosiy - tarixiy tadqiqot O.Bytlingkka tegishli bo‘lib, unda yoqut tili va uning boshqa turkiy tillardagi grammatik qurilish va leksika bilan solishtirilgan tarzda bayon qilingan. L.Budagov 2 va H.Vamberi ham turkiy tillar leksikasi bo‘yicha muhim izlanishlar natijalarini yozib qoldirishgan. V.V.Radlov turkiy tillarini qiyosan o‘rganish bo‘yicha eng mukammal va asosli ishlar yaratganki, undan 256 keyingi tadqiqotlar V.V.Radlov ishlarining davomi va to‘ldirilgan ko‘rinishlari bo‘lib yuzaga chiqdi. Olimning “Образцы народной литературы тюркских племён” (т. I-X, СПБ, 1868-1904), “Опыт словаря тюркских наречий”. (СПБ, 1888-1905) kabi asarlari turkiy tilshunoslikda eng qimmatli ilmiy asarlardir. N.F.Katanova “Опыт исследования урянхайского языка с указанием главнейших родственных отношений его к другим языком тюркского корня” (Казань, 1903) nomli tadqiqoti ham fanda ulkan shuhrat qozondi. Xullas, turkiy tillarini o‘rganish bo‘yicha qisqacha sharx shulardan iborat bo‘lib, turkiy tillar, turkiy xalqlar va ularning madaniyati kabilar olimlarni qiziqtirib kelganligini dalillaydi. Turkiy tillar – oltoy oilasiga kiruvchi hamda genetik va tipologik belgilari bilan umumlashadigan qarindosh tillar hisoblanadi. Turkiy tillarni genealogik jihatdan tasniflash bo‘yicha I.N.Berdin, N.I.Ilminskiy, V.V.Radlov, N.A.Aristov, N.F. Katanov, F.Ye.Korsh, A.N.Samaylovich kabi olimlar izlanishlar olib borishgan. Shulardan A.N.Samaylovichning tasnifi keng tarqalgan bo‘lib, turkiy tillarning barchasi 6 asosiy guruhga ajratiladi: 1. R-guruh, bulg‘or yoki chuvash: 1) taxar; 2) ura; 3) pul; 4) tao‘//tu; 5) sari; 6) qalan//yo‘lna; bu guruhga zamonaviy chuvash va qadimgi bulg‘or tillari kiradi. 2. D-guruh, uyg‘urcha yoki shimoliy-sharqiy: 1) toquz; 2) adaq//azaq; 3) pol; 4) tag‘; 5) sarig‘; 6)qalg‘an; bu guruhga 3 kichik guruhlar kiradi: a) b-guruhi: O‘rxun–Enasoy yodgorliklari qadimgi tili, qadimgi uyg‘ur va zamonaviy karagas, salar va tuva tillari; b) z-guruh: sariq uyg‘urlar, ilor va xakaslar tili; v) t-guruh: yoqut tili. 3. Tao‘ - guruh, qipchoq yoki shimoli - g‘arbiy: 1) tog‘uz; 2) ayaq; 3) bol//bul; 4) tao‘; 5) sari; 6) qalg‘an. Bunga: a) mo‘g‘ullargacha: oltoy tili, qirg‘iz, qumiq, qorachoy-bolqor, qaraim, tatar, boshqird; 257 b) mo‘g‘ullardan so‘ng: qozoqcha va no‘g‘aycha kiradi. 4. Tag‘liq – guruh, chig‘atoy yoki janubiy – sharqiy: 1) toquz; 2) ayaq; 3) bol; 4) tag‘; 5) sariq; 6) qalg‘an. Bunga qadim chig‘atoy, Xitoy Turkistoni aholisi tili, o‘zbek tili va qora tatarlar tili kiradi. 5. Tag‘li – guruh, qipchoq – turkman: 1) doquz; 2) ayaq; 3) bol; 4)tag‘; 5) sari; 6) qalg‘an. Bularga xorazm o‘zbeklarining shevasi ham kiradi. 6.Ol- guruh, turkmancha yoki janubiy – g‘arbiy: 1) doquz; 2) ayaq; 3) ol; 4) dag‘; 5) sari; 6) qalan. Turkman, ozarbayjon va turk tili, gagauzlar tili ham kiradi. Turkiy tillar oilasiga 30 ga yaqin til kiradi. Bu tillarda so‘zlashuvchi xalqlar Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliyada istiqomat qiladilar. Bu tillarda so‘zlashuvchilarning aksariyati Osiyo qit’asida yashaydi. Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, qorag‘ay, balqor, qo‘miq, no‘g‘oy, tatar, bashqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, qirg‘iz, o‘zbek, qaraqalpoq, chuvash, uyg‘ur, qozoq. Turkiy tillar quyidagilardan iborat: 1. Bulg‘or tillari guruhi: hozirgi chuvash tili va qadimgi bulg‘or va xazar tillari. 2. O‘g‘uz tillari guruhi: a) turkman tili – Turkmaniston; b) turkman tili – Shimoliy Kavkaz va Stavropol o‘lkasida yashovchi turkmanlarning tili; v) o‘g‘uz – bulg‘or tillariga gagauz va balqon turklari tillari kiradi; g) ozarbayjon va turk tillari. 3. Qipchoq tillari guruhi: a) qaray tili. Bu tilda Litva, Ukrainaning janubida va Qrimda istiqomat qiluvchi qaray elati so‘zlashadi; b) qo‘miq tilida Dog‘iston Avtonom respublikasida istiqomat qiluvchi qo‘miqlar so‘zlashadi; 258 v) qorag‘oy – balqar tilida Kavkazda yashovchi qorag‘oy va balqor elatlari so‘zlashadi; g) qrim - tatar tilida qrim, belarus, litva tatarlari so‘zlashadilar; d) tatar tili, boshqird tili; j) no‘g‘oy tili; z) qoraqalpoq tili; i) qozoq tili. 4. O‘zbek va uyg‘ur tillari guruhi. O‘zbek tili o‘zbek xalqining milliy adabiy tili bo‘lib, bir-biridan fonetik, morfologik va leksik xususiyatlari bilan farqlanib turadigan shevalardan tashkil topgan. Uyg‘ur tili O‘rta Osiyo, Qozog‘iston va Xitoy Xalq respublikasining Sinsyan – Uyg‘ur respublikasida yashovchi uyg‘ur xalqining tilidir. 5. O‘g‘iz tillari guruhi: a) Tuva tili. Tuva va Mongoliya Xalq respublikasi territoriyasida yashovchi tuva xalqining tilidir; b) tofalar (yoki karagas) tili Krasnoyarsk o‘lkasida yashovchi elat tili. 6. Yoqut tili. Yoqutistonda yashovchi yoqutlarning tilidir. 7. Xakas tillari guruhi: xakas tili, shor tili, cho‘lim tili (cho‘lim tatarlari tili), oltoy tilining shimoliy shevalari. Turkiy tillar – agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Turkiy tillardagi affikslar bir ma’nolidir – so‘z tarkibida ishtirok etayotgan har bir qo‘shimcha faqat bir ma’noni anglatgan holda birin – ketin yopishib ketaveradi. Masalan, o‘zbek tilida o‘qituvchilarga so‘zida o‘qi - o‘zak, Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling