Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Fonetik tamoyil. Bu orfografiyaga xos asosiy mavqe egallovchi 
prinsiplardan bo‘lib, unga ko‘ra so‘zlar talaffuz qilinishiga mos ravishda 
yoziladi.So‘zshakllarning talaffuz etilishida yuz bergan fonetik 
o‘zgarishlar hisobga olinadi. Chunonchi, yurak-yuragi, yurakka, son-sana, 
sanoq, sanog‘i, qishkoq-qishlogim, qishloqqa kabi. Demak, fonetik 
prinsipda so‘zning aytilishi bilan yozilishi bir-biriga mos keladi. Jo‘nalish 
kelishigi qo‘shimchasi [-ga], sifatdosh shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha 
[-gan], chegara ma’nosini ifodalovchi murakkab affiks [-gacha], payt va 
maqsad ravishdoshi shaklini yasovchi [-gach], [-guncha], [-gani], 
ozaytirma sifatni hosil qiluvchi [-gina] kabi affikslar o‘zak-negizi k, q 
undoshlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda, muayyan so‘zshakllari 
fonetik tamoyil asosida yoziladi. Masalan, terakka, buloqqa, ekkan, 
boqqan, eshikkacha, quloqqacha, ayriliqqacha, zerikkach, chiqqan, 
tikkuncha, taqquncha, yoqqani, chekkani, kichikkina, iliqqina va h.k. 
Fonetik prinsipga asoslangan imlo qoidalari boshqa tillarda ham 
uchraydi. Jumladan, turkiy tillar oiilasiga kiruvchi uyg‘ur tili imlo qoidalari 
uchun bu tamoyil etakchi o‘rinda turadi: maktevi (maktabi ), epkaldi (olib 
keldi ) kabi. 
Rus tilidagi [без-], [воз-], [из-], [раз-] prefikslari jarangsiz undoshlar 
bilan boshlanubchi o‘zak-negizlarga qo‘shilganda, ko‘pincha, fonetik 
o‘zgarishga uchraydi va bu imloda ham o‘z aksini topadi: без+ срочный 
= бессрочный, без+печный=беспечный, без+толковый=бестолковый, 
без+платно= 
бесплатно; 
воз+принять=воспринять, 
из+писать=исписать, раз+цвести = расцвести. Shuni eslatib o‘tish 


272 
lozimki, na o‘zbek tili uchun, na rus tili uchun fonetik prinsip asosiy 
orfografik tamoyil vazifasini o‘tamaydi. Uyg‘ur tili, belarus tili 
orfografiyalarida bu tamoyilga ko‘proq amal qilinadi. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling