Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Artikulyatsiya usuli deganda tovush hosil qilish paytida nutq 
a’zolarining qanday holatda harakat qilishi tushuniladi. Masalan, v, z, y, x, 
sh, h kabi tovushlarni talaffuz qilganda nutq a’zolari bir-biriga 
yaqinlashadi, ammo havo oqimining chiqishi uchun torgina oraliq qoladi, 
havo oqimi ana shu oraliqdan sirg‘alib chiqadi va bunday tovushlar 
artikulyatsiya usuliga ko‘ra sirg‘aluvchi tovushlar nomini oladi. Portlovchi 
tovushlarni hosil qilishda esa havo oqimi jipslashgan a’zolar orasidan 
portlab chiqadi. 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Nutq apparati nima? Nutq a’zolarini sanang. 
2.Ovoz paychalaridan pastki qism a’zolariga qaysi organlar kiradi? 
3.Bo‘g‘izda hosil bo‘luvchi tovush haqida ma’lumot bering. 
4.Ovoz paychalaridan yuqori qismda joylashgan nutq organlari va 
ularning vazifasini tushutiring. 
5.Nutq artikulyatsiyasi nima? Tovush hosil bo‘lishida nutqiy a’zolarning 
harakatini kuzating va xulosalar chiqaring. 
6.Barcha tillarda nutq artikulyatsiyasi bir xilmi? 
7.Til ishtirok etadigan tovushlardan o‘ntasini sanang. 
8.Unli va undosh tovushlar artikulya
t
siyasini xarakterlang. 
9.Turli tillardan bo‘g‘izda hosil bo‘ladigan tovushlarga misollar keltiring. 


76 
Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 10; 13; 17; 19; 38; 47; 50; 68] 
NUTQ TOVUSHLARINING UMUMIY TAVSIFI. UNLI VA 
UNDOSH TOVUSHLAR 
Reja: 
1. Tildagi unlilar tizimi va ularning paradigmasi. 
2. Unli fonemalarning nutqiy xususiyatlari. 
3. Undosh fonemalar va ular o‘rtasidagi ziddiyatlar. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Vokalizm, tilning ko‘tarilish darajasi, lablanish – lablanmaslik, 
aralash qator unlilar, qattiq va yumshoq unli, cho‘ziq va qisqa unli, 
portlovchi va sirg‘aluvchi undosh affrikat, titroq tovush, jaranglilik va 
jarangsizlik, shovqinlilar va sonorlar, bo‘g‘iz undoshi, korrelyativ belgi, 
binar ziddiyat 
Nutq a’zolari tomonidan hosil qilingan nutq tovushlari dastlab ikki 
katta guruhga bo‘linadi: 
1. Unli tovushlar
2. Undosh tovushlar. 
Unli tovushlar artikulyatsiyasiga ko‘ra undosh tovushlardan farq 
qiladi. Unlilar talaffuzida o‘pkadan chiqadigan havo og‘iz bo‘shlig‘ida 
hech qanday to‘siqqa uchramaydi, nutq a’zolarining holati bir xil bo‘ladi. 
Musiqiy ohanglarga ega bo‘ladi. Bunday xususiyatlarni undoshlar 
talaffuzida kuzatib bo‘lmaydi.Undosh tovushlar og‘iz bo‘shlig‘ida hosil 
bo‘ladi, o‘pkadan keladigan havo turli to‘siqlarga uchraydi, musiqaviy 
ohangga ega emas. Undoshlarda, asosan, shovqin ustun turadi, unlilarda 
esa ovoz.
Har bir til o‘ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi 
vokalizm (l
o
tincha unli, ovozli degan ma’noni bildiradi) deyiladi. Tilda 
unlilar o‘zi alohida bir tizimni, paradigmani tashkil qiladi va fonetik 
paradigmaning bir mikrosistemasini tashkil etadi. Tilning ko‘tarilish 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling