Abuzalova M
можем преодoлеть все те пережытки в языке, которые
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar: [30; 36; 38; 39; 48; 54] TIL TAFAKKUR NUTQ MUNOSABATI Reja
- Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar
можем преодoлеть все те пережытки в языке, которые
сковывают по рукам и ногам и самую нашу мысль ” . 14 Keltirilgan fikr mag‘zini o‘z so‘zingiz bilan izohlang. Foydalanish uchun adabiyotlar: [30; 36; 38; 39; 48; 54] TIL ~ TAFAKKUR ~ NUTQ MUNOSABATI Reja: 1.Til va nutqning farqlanishi. Lison va nutqni ajratishda Ferd i nand de Sossyur ta’limoti. 2. Umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) tabiatli lison (til) va yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat (YHVO) tabiatli nutq hodisasi. 3. Lisoniy va nutqiy birliklar haqida ma’lumot. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar Lison va nutq farqlanishi, F.de Sossyur ta’limoti,tilning psixofizik hodisa ekanligi, UMIS (umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab) YHVO (yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat) lisoniy birlikning shakl i y va ma’noviy qiymati, lisoniy birliklar, nutqiy birliklar, fonema va tovush munosabati, leksema va so‘z munosabati, morfema va qo‘shimcha munosabati, qolip va hosila munosabati Tilshunoslik boshqa fanlardan ajratilib, o‘zicha alohida mustaqil fan sifatida tanilgan davrlardayoq til va nutqni farqlashga e’tibor berilgan edi. Ammo fan taraqqiyoti tarixi davomida hamma jihatdan ham til bilan nutq 14 Общee языкознание. (Под общ. ред. А.Е.Супруна.)– Минск: Выш. школа, 1983. – C.102. 35 bir-biridan farqlanavermadi. Shuning uchun, ko‘pincha, nutqqa xos hodisalar til hodisasi sifatida talqin qilinib kelindi. Tilshunosligimizning keyingi taraqqiyotida til va nutqni farqlashga jiddiy e’tibor berilmoqda. Til va nutq hodisalariga o‘zaro farqlab yondashishni dastlab VIII-IX asrlarda arab tilshunosligida, keyinchalik tilning turli qirralarini uzviy tarzda birlashtirib, uni yaxlit bir butunlik, bir sistema sifatida o‘rganuvchi (XX asrning 20-yillarida shakllangan va sistem-struktur tilshunoslik nomi bilan mashhur bo‘lgan) tilshunoslik namoyandalari V.Gumboldt, A.Shteyntal, Boduen de Kurtene ta’limotlarida uchratamiz. Lekin til bilan nutq hodisalarini va ularga xos birliklarni ilmiy va amaliy farqlash, shu tushunchalarni batamom yangi mazmunda qo‘llash Ferdinand de Sossyur va uning izdoshlari yaratgan ta’limot bilan bog‘liqdir. Lison(til) va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida inqilobga teng hodisa sifatida baholandi. Chunki bu hodisa tilshunoslikdagi mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi. Tilga, xususan, o‘zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison o‘rnida til atamasi qo‘llanilib, bu so‘z ko‘p ma’nolilik tabiatiga ega bo‘lganligi sababli, ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarardi, chunki insonning nutq so‘zlash qobiliyati ham, nutqi ham shu atama bilan yuritilar edi. Atamalarga esa, odatda, bir ma’nolilik xosdir. Lison deyilganda ma’lum bir jamiyatning barcha a’zolari uchun avvaldan tayyor holga keltirilib qo‘yilgan, hamma uchun umumiy va majburiy fikrni ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan birliklar hamda bu birliklarning o‘zaro birikish qonuniyatlari yig‘indisi tushuniladi 15 . Tilning bunday talqini uning psixofizik hodisa ekanligini, u o‘ziga umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab(UMIS) kabi sifatlarni mujassamlashtirganligini isbotlaydi. Til (lison) bunday xususiyatlarini aniq formalarda – xususiy hodisa va voqeliklar sifatida gavdalantiradi. Shu nuqtayi nazardan til va nutqning har biriga xos mustaqil birliklari mavjud. (Keyinroq, bu birliklar haqida to‘xtalib o‘tamiz). 15 Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. –Тошкент: Ўқитувчи, 1993.; Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o`zbek adabiy tili. Darslik. – T.: Fan va texnologiya, 2010. 36 Lisonda birliklar va birikish qonuniyatlari farqlanadi. Lisoniy birlik ikki tomonning bir butunligidan iborat bo‘ladi: a) lisoniy birlikning shakl i y, tashqi tomoni; b) lisoniy birlikning ma’lum bir vazifasi, ma’noviy qiymati. Lisoniy birlik ongda muayyan sxema, tarh, ramz sifatida saqlanadi. Masalan, [a] fonemasining talaffuz xususiyatlari haqida umumlashma tasavvur o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha jamiyat a’zolari tilida bir xildadir. Bu [a] fonemasining tashqi tomoni bo`lib, uning ichki tomonini ma’no farqlash, chegaralash xususiyati tashkil etadi. Aslida ichki va tashqi tomonni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi, biroq ular aynan bir xil jihat ham emas. Bir-birini shartlovchi, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan “lison~nutq Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling