Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
Transkripsiya (transcriptio ko‘chirib yozish) – yozuvning nutq
tovushlari talaffuzini aniq ifodalash uchun ishlatiladigan sun’iy (shartli) turi; nutq bo‘laklari (tovush, bo‘g‘in, so‘z)ning tovushiy sifatlarini yozuvda aniq aks ettirish usuli. Transkripsiya, eng avvalo, 2 ga bo‘linadi: ilmiy transkripsiya va amaliy transkripsiya. Ilmiy transkripsiya o‘z xususiyatiga ko‘ra, fonetik va fonematik transkripsiyalarga bo‘linadi. Fonetik transkripsiya og‘zaki nutq (talaffuz)ni barcha xususiyatlari bilan yozuvda aniq aks ettirishni ko‘zda tutadi va xorijiy tillar (masalan, ingliz tili) lug‘atlarida, til darsliklari va notiqlik qo‘llanmalarida, jonli tilni yozib olishda (dialektologik yozuvlar, fonetika darsliklari va boshqalar) qo‘llanadi. Fonetik transkripsiyaning asosiy prinsipi shundaki, talaffuz etilgan har bir tovush yozuvda alohida qayd etilishi kerak. Fonetik transkripsiya amaldagi biror alifbo asosida, unga nutq a’zolaridagi ayrim 94 artikulyatsiyalarni aks ettiruvchi ostust belgilari yoki ixtiyoriy o‘ylab topilgan belgilar tizimini qo‘shish bilan yaratiladi. Masalan, o‘zbek shevalarini o‘rganish maqsadidagi dialektologik yozuvlarda amaldagi alifboda bo‘lmagan e, o (til oldi a), o‘,’ (i ning variantlari), o, q (o‘ ning variantlari) va boshqa belgi (harf)larning qo‘llanishi. Universal transkrepsiya sifatida Xalqaro fonetik uyushma – IPA (International Phonetic Association) tomonidan 1886-yilda lotin grafikasi asosida yaratilgan va doimo takomillashtirib boriladigan xalqaro fonetik alifbo qo‘llanadi. Fonematik transkr i psiya har bir so‘zni fonema tarkibiga ko‘ra aks ettiradi, bunda kuchsiz pozitsiyalarda paydo bo‘ladigan variantlar aks ettirilmaydi. Ushbu transkr i psiyaning prinsipiga ko‘ra, har bir fonema, pozitsiyasidan qat’i nazar, doimo ayni bir belgi bilan aks ettiriladi. Fonematik transkrepsiyada fonetik transkr i psiyaga karaganda kamroq belgi ishlatiladi, chunki fonemalar miqdori doimo variantlar miqdoridan kam bo‘ladi. Amaliy transkr i psiya muayyan milliy alifbo vositalari orqali boshqa tillardagi atoqli otlar, terminlar, maxsus nomlar va shu kabi tarjima qilinmaydigan so‘zlarni aks ettiradi va shu yo‘l bilan ularni qabul qiluvchi tilning bosma matnlariga kiritadi. Amaliy transkr i psiya qabul qiluvchi til alifbosidagi belgilar chegarasidan chiqmaydi, lekin belgilarning ayrim g‘ayriodatiy qo‘llanishlariga yo‘l qo‘yadi. Amaliy transkr i psiyaga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri qabul qilinayotgan birlikning talaffuzini imkon qadar aniq saqlab qolishdir. Shu bilan birga, amaliy transkr i psiya so‘zning morfem tuzilishini, uning grafik xususiyatlari va boshqani saqlab qolishi hamda muayyan so‘zning oson o‘zlashishini ta’minlashi kerak. Fan olamida transkripsiya so‘zi boshqa ma’nolarda ham qo‘llaniladi. Masalan, biologiyada tirik hujayralarda matritsa – dezoksiribonuklein kislota (DNK)da ribonuklein kislota (PNK) biosintezining amalga oshish jarayoni tushinilsa, musiqada ayrim musiqa asarini boshqacha tarzda – 95 biror so‘zga moslab ifodalash (aranjirovka) yoki erkin qayta ishlash tushiniladi. Tilshunoslikda esa keng ma’noda atoqli – geografik, tarixiy va boshqa nomlarning ma’lum bir qoida asosida berilishi; tor ma’noda esa transkripsiyaga yuqorida berilgan ta’rif asosi anglashiladi. Bu atama ko‘pincha keyingi ma’noda ishlatiladi. Demak, transkripsiya nutq tovushlarining barcha xususiyatlarini yozuvda aniq ifodalsh vositasi bo‘lib, yozuvning shartli, sun’iy turidir. Transkripsiya o‘rganish nima uchun kerak? Bu savolga shunday javob berish mumkin: –birinchidan, transkripsiya og‘zaki nutq jarayonida talaffuzning yozuvda aks ettirilmagan tovush xususiyatlari va yozuvdagi matnlarni to‘g‘ri va juda aniq ifodalash uchun zarur; –ikkinchidan, qadimgi yozuvlarni to‘g‘ri o‘qish, o‘rganish, o‘qilishi qiyin va murakkab bo‘lgan ieroglifik va bo‘g‘inli yozuvlarni o‘rganish uchun zarur; –uchinchidan, orfografiya qoidalarida tarixiy- an’anaviy tamoyil saqlangan tillarni o‘rganish ishlarini osonlashtiradi; –to‘rtinchidan, chet tillarning talaffuzini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Transkripr i siya tamoyillari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, u orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy va tarixiy – an’anaviy prinsiplaridan farq qiladi. Transkripsiyaning asosiy tamoyiliga ko‘ra so‘zlar qanday eshitilsa, shunday yozib olinadi. Bu holat qisman orfografiyaning fonetik prinsipiga o‘xshaydi. Biroq orfografiyada odatda bir tovush bitta harf bilan ham, ba’zan bitta tovush ikki harf bilan ham yoki, aksincha, ikki tovush bitta harf bilan (bunda kirill alifbosidagi e, ё, ю, я grafemalari nazarda tutilmoqda) berilishi ham mumkin. Transkripsiyada esa hamma vaqt bir tovush harf (belgi) bilan beriladi. Transkripsion belgilar xalqlar o‘rtasida keng tarqalgan an’anaviy alifbolar asosida tuziladi. Ularga qo‘shimcha belgilar ham qo‘shiladi. Transkripsion belgilar soni asos qilib olingan alifbo harflari sonidan ko‘p 96 bo‘ladi. Asosiy transkripsion belgilarga qo‘shiladigan qo‘shimcha belgilar Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling