Abuzalova M


Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Fonologiya, fonema va tovush munosobati, fonologik dipozitsiya , bir 
o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli ziddiyat, doimiy va neytrallashgan ziddiyat , 
kuchli va kuchsiz pozitsiya, fanema va gradema, gradema va harf, harf va 
tovush, fonologik nazariyalar 
Fonologiyaning kelib chiqishida fonetika katta rol o‘ynagan. 
Fonologiyaga XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshiga kelib
tilshunoslikning fonetika bobidan ajralib chiqqan alohida soha sifatida 
qarala boshlandi. Fonologik sathning taraqqiyotida mashhur rus va polyak 
olimi 
I.A.Boduen 
de 
Kurtene, 
rus 
olimi 
N.S.Trubeskoy, 
R. 
Yakobsonlarning xizmati kattadir. Turkiy tillar fonologiyasini tadqiq 
qilishda V.V. Radlov, E.D. Polivanov, N.K. Dmitriyevlarning tadqiqotlari 
ahamiyatga egadir. Umuman olganda, fonologiya nutq tovushlarning 
fiziologik – akustik (fizik) tomonidan funksional (lingvistik) tomonini 
farqlash ehtiyoji bilan paydo bo‘ldi. Praga funksional strukturalizmi 
oqimining taniqli namoyondasi N.S. Trubeskoy fonetikani odam nutqining 
material tomoni, ya’ni artikulyatsiyasi va akustikasi haqidagi fan deb
fonologiyani esa, tildagi tovushlarning ma’noni farqlashga xizmat qiluvchi 
alomatlari va funksiyalarni o‘rganuvchi fan, deb ta’riflagan edi. Bu ta’rifda 
tilni nutqqa, tovushlarning material tomonini ularning funksional tomoniga 


88 
qarama-qarshi qo‘yish yorqin ko‘rinadi
27
. Fonetikaning birligi bevosita 
kuzatishlarda berilgan nutq tovushlari bo‘lgani kabi, fonologiyaning birligi 
so‘zlovchilarning ana shu bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushlari 
asosida yotgan tovush tipi haqidagi ijtimoiy tasavvurlaridir. Har bir fonema 
kishilar ongida umumiy farqlovchi xususiyatlari asosida vujudga kelgan 
maxsus “akustik orginallik” yoki ”tovush asliyati“ sifatida yashaydi. Bu 
farqlovchi belgilar tovushlarning artikulyatsion va akustik belgilari asosida 
vujudga keladi va barqarorlashadi. Fonologik jihatdan fonemalar bir-biriga 
qarama-qarshi qo‘yiladi, to‘g‘rirog‘i, fonemalar boshqa lisoniy birliklar 
kabi paradigmatik munosabatda yashaydi. Fonologik oppozitsiyalar 
fonemalarning farqli belgilarini o‘zida ifodalaydi. Masalan, [p]-[t] “lab – til 
oldi” belgisi bilan, [a]-[o] “lablanmagan- lablangan”lik belgisi bilan, [h]-
[q] “bo‘g‘iz chuqur til orqa” xossalari bilan farqlanadilar. 
Tilshunoslikda fonologik ziddiyatlarning turli tip va ko‘rinishlari 
farqlanadi. N.S.Trubeskoy “Fonologiya asoslari” asarida fonologik 
ziddiyatlar haqida ko‘pgina ma’lumotlar beradi. Ziddiyatlar bir o‘lchovli 
va ko‘p o‘lchovli ziddiyatga bo‘linadi. Bir o‘lchovli ziddiyatda, 
fonemalar bir belgi asosida zidlanadi. Masalan, [b] va [p] fonemalaridan 
biri jarangli va ikkinchisi jarangsiz bo‘lib, ular bir belgi “jarangsizlik” 
xossasiga ko‘ra qarama-qarshi turadi. Yoki [p] va [y] fonemalaridan biri 
lablanmagan va ikkinchisi lablangan bo‘lib, bunda ular bir belgi – 
“lablanganlik” xususiyatiga ko‘ra qarama-qarshi turadi. Ko‘p o‘lchovli 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling