Abuzalova M
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonologik oppozitsiyalar
- Ko‘p o‘lchovli
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar
Fonologiya, fonema va tovush munosobati, fonologik dipozitsiya , bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli ziddiyat, doimiy va neytrallashgan ziddiyat , kuchli va kuchsiz pozitsiya, fanema va gradema, gradema va harf, harf va tovush, fonologik nazariyalar Fonologiyaning kelib chiqishida fonetika katta rol o‘ynagan. Fonologiyaga XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshiga kelib, tilshunoslikning fonetika bobidan ajralib chiqqan alohida soha sifatida qarala boshlandi. Fonologik sathning taraqqiyotida mashhur rus va polyak olimi I.A.Boduen de Kurtene, rus olimi N.S.Trubeskoy, R. Yakobsonlarning xizmati kattadir. Turkiy tillar fonologiyasini tadqiq qilishda V.V. Radlov, E.D. Polivanov, N.K. Dmitriyevlarning tadqiqotlari ahamiyatga egadir. Umuman olganda, fonologiya nutq tovushlarning fiziologik – akustik (fizik) tomonidan funksional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan paydo bo‘ldi. Praga funksional strukturalizmi oqimining taniqli namoyondasi N.S. Trubeskoy fonetikani odam nutqining material tomoni, ya’ni artikulyatsiyasi va akustikasi haqidagi fan deb, fonologiyani esa, tildagi tovushlarning ma’noni farqlashga xizmat qiluvchi alomatlari va funksiyalarni o‘rganuvchi fan, deb ta’riflagan edi. Bu ta’rifda tilni nutqqa, tovushlarning material tomonini ularning funksional tomoniga 88 qarama-qarshi qo‘yish yorqin ko‘rinadi 27 . Fonetikaning birligi bevosita kuzatishlarda berilgan nutq tovushlari bo‘lgani kabi, fonologiyaning birligi so‘zlovchilarning ana shu bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushlari asosida yotgan tovush tipi haqidagi ijtimoiy tasavvurlaridir. Har bir fonema kishilar ongida umumiy farqlovchi xususiyatlari asosida vujudga kelgan maxsus “akustik orginallik” yoki ”tovush asliyati“ sifatida yashaydi. Bu farqlovchi belgilar tovushlarning artikulyatsion va akustik belgilari asosida vujudga keladi va barqarorlashadi. Fonologik jihatdan fonemalar bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi, to‘g‘rirog‘i, fonemalar boshqa lisoniy birliklar kabi paradigmatik munosabatda yashaydi. Fonologik oppozitsiyalar fonemalarning farqli belgilarini o‘zida ifodalaydi. Masalan, [p]-[t] “lab – til oldi” belgisi bilan, [a]-[o] “lablanmagan- lablangan”lik belgisi bilan, [h]- [q] “bo‘g‘iz chuqur til orqa” xossalari bilan farqlanadilar. Tilshunoslikda fonologik ziddiyatlarning turli tip va ko‘rinishlari farqlanadi. N.S.Trubeskoy “Fonologiya asoslari” asarida fonologik ziddiyatlar haqida ko‘pgina ma’lumotlar beradi. Ziddiyatlar bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli ziddiyatga bo‘linadi. Bir o‘lchovli ziddiyatda, fonemalar bir belgi asosida zidlanadi. Masalan, [b] va [p] fonemalaridan biri jarangli va ikkinchisi jarangsiz bo‘lib, ular bir belgi “jarangsizlik” xossasiga ko‘ra qarama-qarshi turadi. Yoki [p] va [y] fonemalaridan biri lablanmagan va ikkinchisi lablangan bo‘lib, bunda ular bir belgi – “lablanganlik” xususiyatiga ko‘ra qarama-qarshi turadi. Ko‘p o‘lchovli Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling