Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
fonema va transkripsiyadir.
Nutq tovushlarining, yozuvdagi shartli ifodasi harf hisoblanadi. Tovush bilan harfni farqlash lozim, ular bir narsa emas. Tovush nutqqa xos birlik bo‘lsa, harf yozuvga tegishlidir. Harf ham ijtimoiy qiymatga ega, biroq u o‘z ijtimoiy xizmati bilan tovushga teng kela olmaydi. Tovushga nisbatan harfning vazifasi bir qadar chegaralangan. Chunonchi, o‘t (olov), o‘t (maysa), o‘t (fe’l), o‘tkazmoq, o‘tqazmoq, o‘tqizmoq, noo‘rin, do‘ppi, 93 o‘n, o‘q so‘zlarining hammasida [o‘] tovushi ishtirok etadi. Ammo bu so‘zlar tarkibidagi [o‘] tovushining talaffuzi aynan bir xilda emas, ma’lum darajada farqlanadi. Yozuvda esa tovushning serqirraligi hisobga olinmaydi va birgina harf bilan ifodalanaveradi. Zero, harf yuqorida ta’kidlaganimizdek, tovushning barcha xususiyatlarini aks ettira olmaydi. Tovush so‘zning faqat moddiy qobig‘igina bo‘lib qolmay, balki so‘z va so‘zshakllarni o‘zaro farqlash, ma’no ajratish vazifasini ham bajaradi. Bu sizga “Fonema” mavzusidan yaxshi tanish. Demak, nutq tovushlari ifodasining yana bir ko‘rinishi fonema bo‘lib, fonemani harfdan farqlash juda zarurdir. Ma’lumki, fonema eng kichik til bo‘lagi bo‘lib, so‘zlarni, morfemalarni o‘zaro farqlashga xizmat qiladi. Masalan, tor, tar, ter, tir, tur, to‘r so‘zlarida [a], [o], [e], [i], [u], [o‘] unlilari fonemalar hisoblanadi. Sor, bosh, qol, dog‘, nok, goh, joy kabi so‘zlarda [s], [r], [b], [sh], [q], [l], [d], [g‘], [n], [k], [g], [h], [j], [y] undoshlari ma’no farqlovchi fonemalardir. O‘rdak so‘zidagi har bitta tovush (harf) alohida fonemadir. Ammo o‘, r, d, a, k, tovush (harf)lari alohida olib qaralganda fonema bo‘la olmaydi. Fonema bilan harf tushunchalari o‘zaro uzviy bog‘liq, ammo ular aynan bir narsa emas. Harf yozuv birligi, fonema esa tilshunoslikning “Fonologiya” sathida o‘rganiluvchi til birligidir. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling