Abuzalova M


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Fonema va fonologiya atamalarini izohlang. 
2.Fonologiya sathining taraqqiyotida qaysi olimlar qanday nazariyalarni 
yaratganlar? 
3.Fonema va tovush munosabati haqida nima bilasiz? 
4.Fonologik ziddiyatlar deganda nima tushuniladi va ularning qanday 
turlari bor? 
5.Fonema va tovush munosabatida invariant - variant dialektikasi qanday 
aks etadi? 
6.Fonema variantlari ma’no farqlash xususiyatiga egami? 
7.Barcha tillarda unli va undosh fonemalar soni bir xilmi? 
8.Grafema nima? Uning fonema bilan munosobati. 
9.Quyidagi jumlani izohlang : 
Har qanday tovush fonema varianti, har qanday harf grafema 
variantidir.
10. Rus tilshunosi N.S. Trubeskoyning fonologiya sohasidagi nazariyasi 
qanday ahamiyatga molik ? 
Foydalanish uchun adabiyotlar: [5; 6; 10; 11; 28; 51] 
 
 
 
 


92 
TOVUSH IFODASI. TRANSKRIPSIYA 
Reja: 
1. Tovush ifodasi haqida. 
2. Transkripsiya – nutq tovushlarining barcha xususiyatlarini yozuvda 
aniq ifodalash vositasi. 
3. Transkripsiya tamoyillari to‘g‘risida. 
4. Ba’zi diakritik belgilarning vazifasi va ahamiyati. 
5. Fonetik va fonologik transkripsiya. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Nutq tovushlarining ifodasi sifatida: harf, fonema, transkripsiya
transkripsiyaning asosiy tamoyillari, transkripsion belgilar va alifbo
diakritik belgilar, fonetik transkripsiya, fonologik transkripsiya, grafematik 
transkripsiya
Havoning 
to‘lqinlanishidan 
tovush 
paydo 
bo‘ladi. 
Tevarak-
atrofimizdagi tovushlar (bir predmet ikkinchi bir predmetga urilganda, 
tekkanda chiqadigan tovushlar; shamolning ovozi, mashinaning g‘izzillashi 
kabi) mexanik tovushlar hisoblanadi. Sizga ma’lumki, mexanik 
tovushlarni fizika fani o‘rganadi.
Nutq tovushlari ulardan farq qilib, o‘pkadan chiqqan havo oqimining 
tovush paychalarini tebratib o‘tishi, nutq uzvlarining talaffuz jarayonidagi 
faoliyati natijasida vujudga keladi. Nutq tovushlarining tabiatdagi boshqa
tovushlardan asosiy farqi ularning kishilar o‘rtasidagi nutqiy aloqa qilish 
vositasining eng kichik, asosiy tarkibiy qismi ekanligidadir. Demak, nutq 
tovushlari ijtimoiy qimmatga ega ekanligi bilan ahamiyatlidir. 
Nutq tovushlarining, asosan, uch xil ifodasi mavjud bo‘lib, bular harf, 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling