Abuzalova M


Jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, shakl va


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, shakl va 
mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan voqeylikdagi narsa, 
belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va lug‘atda 
grammatik morfemalarni o‘ziga biriktira oladigan morfema turi 
leksemadir. Ma’lumki, formal tilshunoslikda til va nutq hodisalari, 
birliklari farqlanmas edi. Shunga ko‘ra, leksema va so‘z ham bir-biridan 
farqlanmagan. Sistem tilshunoslik nuqtayi nazaridan bevosita kuzatishda 
berilgan matn va lug‘atlarda qayd etilgan so‘zlar nutq birliklari 
hisoblanadi. Yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, til birliklari bevosita 
kuzatishda berilmagan bo‘lib, ular jamiyat a’zolari uchun tayyor va 
majburiy bo‘ladi. 
Til 
birliklari 
(fonema, 
morfema, 
leksema, 
konstruksiya)dan
fonemaning to‘la ta’rifi bilan tanishmiz. Morfemalarni keyingi
ma’ruzalarimizda atroflicha o‘rganamiz. Leksemaning nutqdagi voqeligi 
so‘zdir. Leksemalar konstruksiyalarda mustaqil o‘rin egallay olish yoki 
egallay olmasligiga ko‘ra, mustaqil va yordamchi leksemalarga bo‘linadi. 
Mustaqil leksemalar nutqda alohidalik xususiyatiga, o‘zidan keyin 
grammatik morfemalarni ergashtirish qobiliyatiga ega. Biroq leksemalar 
ichida shundaylari ham borki, ular gapda mustaqil o‘rinni egallay 


107 
olmaydilar. Bunday leksemalar sirasiga yordamchi so‘zlar (bog‘lovchilar, 
sof ot, fe’l, ravish, ko‘makchi, yuklama, nisbiy so‘zlar va b.: ham, hamda, 
biroq, lekin; uchun, bilan, sari, sayin; tag, ost, bo‘y, old; qara; boshla, 
yubor, bo‘l, so‘ng, kabi, yanglig‘, burun….) kiradi. Mohiyatan ushbu 
yordamchi leksemalar grammatik morfemalardir. Ular leksemalarga 
o‘xshab, alohidalik xususiyatiga ham ega bo‘ladi. Boshqacha aytganda, 
yordamchi so‘zlar leksemalar va qo‘shimchalar orasida « oraliq uchinchi» 
bo‘lib, ham lekmemalar, ham grammatik morfemalar xususiyatini o‘ziga 
mujassamlashtiradi. Ammo ular na leksemalarga, na grammatik 
morfemalarga to‘liq teng bo‘la olmaydi.
Leksema jamiyatning barcha a’zolari uchun tayyor, umumiy va 
majburiy sanalishi bilan bir qatorda yana bir qancha xususiyatlarga 
egadir. 
1. Jamiyat a’zosi leksemani yasamaydi, uni tayyor holda qabul qiladi.
2. Jamiyat a’zosining ongida har bir leksema boshqa leksemalar bilan 
o‘xshashlik qatorlarida (paradigmalarda) yashaydi. Masalan: [daftar] ~ 
[bloknot]; [daftar] ~ [oynoma] ~ [ro‘znoma]; [daftar] ~ [qissa] ~ 
[roman]; [daftar] ~ [muqova] ~ [varaq] ~ [bet] ~ [bob] kabi. Daftar so‘zi 
shu munosabatlar asosida turlicha ma’no beradi.
3. 
Leksemalar 
inson 
ongida 
qo‘shnichilik 
munosabatlarida 
(sintagmatik) ham yashaydi. Masalan: [daftar] ~ [yoz] ~ [ol] ~ [sifatli] ~ 
[matematika] ~ [ona tili]; [daftar] ~ [son qo‘shimchalari] ~ [egalik 
qo‘shimchalari] ~ [kelishik qo‘shimchalari]....
Bu o‘xshashlik va qo‘shnichilik munosabatlari, ma’no va vazifa 
imkoniyatlari nutqda oydinlashadi, aniqlashadi. Demak, leksemalar til 
egalari ongida voqelashgan va voqelashadigan nutqiy imkoniyatlar 
yig‘indisi hamdir. 
Leksema til birligi sifatida turlicha imkoniyatlar majmuasi bo‘lsa, so‘z 
uning voqelanishi, ro‘yobga chiqishi, aniq shakl, mazmun va vazifa kashf 
etgan moddiy ko‘rinishidir. Har bir leksema nutqda muayyan so‘z sifatida
namoyon bo‘ladi. Leksema ikki tomonga ega bo‘lgan til birligidir. 
Aniqrog‘i, u shakl va mazmun tomonlaridan iborat ramzdir. Sistem 


108 
tilshunoslikda leksemaning shakl tomoni nomema deyiladi. Nomema faqat 
leksemaning shakliga (moddiy qobig‘i, tashqi tomoniga) nisbatan 
ishlatiladi. Leksemaning mazmun tomoni (ma’nosi, ichki tomoni….) esa 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling