Abuzalova M
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 10; 11; 27; 28; 40; 47; 50; 55]
- Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1.Urg‘u turlari haqida ma’lumot bering. 2.So‘z urg‘usi qaysi jihatlariga ko‘ra tasnif qilinadi? 3.“Urg‘u sifatiga ko‘ra” deganda nimani tushundingiz? 4.Dinamik urg‘uning miqdor va musiqiy urg‘udan farqini tushuntiring. 5.Qaysi tillarda so‘z urg‘usi uchramaydi? 6.Urg‘uning miqdoriga ko‘ra turlarini ayting. 7.Shevalarning so‘z urg‘usiga ta’siri haqida ma’lumot bering. Fikringizni misollar asosida isbotlashga harakat qiling. 8. Mantiq urg‘usi haqida gapiring. 9. Emfatik urg‘u nima? 10.Fraza urg‘usining so‘z urg‘usidan farqini tushuntiring. 11.Ohangni hosil qiluvchi asosiy birliklarning har biriga ta’rif bering. Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 10; 11; 27; 28; 40; 47; 50; 55] 105 LEKSIKOLOGIYA. LUG‘AVIY SATH. LEKSEMA VA SO‘Z MUNOSABATI Reja: 1. Leksikologiyada so‘z muammosi. 2. Leksemaning til birligi, so‘zning nutq birligi ekanligi. 3. Leksemaning ikki tomoni: nomema va semema. 4. Mustaqil va yordamchi leksemalar. Leksema ta’rifining mustaqil leksemalarga daxldorligi. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar Leksikologiya, tilning lug‘at tarkibi, leksema, semema, nomema, sema, lisoniy birlik, nutqiy birlik, denotativ ma’no, grammatik ma’no, leksemaning tayyorligi, majburiyligi, ijtimoiyligi va umumiy belgiga ega ekanligi Leksikologiya grekcha «leksika» so‘zidan olingan bo‘lib, tilning lug‘at tarkibini o‘rganadi. Tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarning hammasi lug‘at tarkibi yoki leksika deb yuritiladi. Lug‘at tarkibining quyidagi aspektlari mavjud: a) tilning asosiy birligi bo‘lgan so‘z muammosi; b) til lug‘at tarkibi qurilishi; d) lug‘aviy birliklarning qo‘llanilishi; e) lug‘at tarkibining boyishi, taraqqiyoti va boshqalar. Ushbu masalalar keyingi mavzularda batafsilroq tahlil qilinadi. Demak, so‘z muammosi leksikologiyaning asosiy o‘rganish manbayidir. O‘zbek tilshunosligida leksema va so‘z atamasining hozirgacha yonma-yon qo‘llanayotganligi va leksemani lisoniy sath birligi atamasi, so‘zni nutqiy sath birligi sifatida qarashga intilish kabi ziddiyatli nuqtayi nazarlar yashab kelayotganligini aytish joizdir. Tilshunoslar Arastu davridan boshlab leksikaga ta’rif berish ustida bosh qotirganlar. Ularning barchasi so‘zning alohida-alohida qirralariga berilgan ta’riflar bo‘lib, leksemaning barcha jihatlarini qamrab olishga qodir emas. «Bugungi kunda sintaksis bo‘yicha tilshunoslik nazariyasida yaratilgan kesim haqidagi yangi ta’limotga tayangan holda o‘zbek tilshunosligida o‘zbekcha kesim 106 tushunchasini ishlab chiqish mumkin ekan, bunga bevosita metodologik omil sifatida tayanib, uni umumiy va xususiy leksema nazariyasiga ham tadbiq qilish lozim», deydi professor H. Ne’matov. Darhaqiqat, leksemaga ta’rif berilar ekan, har bir tilning ichki tabiatidan kelib chiqish zarurati mavjud bo‘lishi kerak. Ma’lumki, yevropa tilshunosligida leksemaga morfema orqali ta’rif beradilar, chunki flektiv tillar, jumladan, rus va arab tillarida o‘zaklar mustaqil qo‘llanishga ega emas, o‘zak morfemaning bir turi sifatida qaraladi. Chunonchi, пишу, читаю, друзья, уши kabi ruscha, ktb, qr’ kabi arabcha so‘zlarda o‘zak qo‘shimchalar bilan qorishib ketgan, o‘zak bilan affiks orasida chegara aniq emas. Turkiy tillarda o‘zak va qo‘shimcha orasida chegara aniq bo‘lganligi tufayli, leksemaga morfema orqali emas, balki lisoniy sathning alohida bir birligi sifatida qarash lozim. Leksema nima? Bu savolga shunday javob qaytarish mumkin: Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling