1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja
Download 106.45 Kb.
|
1-mavzu ma\'ruza matni 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
1-MAVZU. KIRISH.“O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” O‘QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI. Reja: 1. O‘zbekiston eng yangi tarixi fanining predmeti, ob’ekti, uni o‘rganishning nazariy-metodologik tamoyillari. O‘zbekiston tarixining jahon xalqlari tarixi bilan bevosita uyg‘unligi. 2. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev barkamol avlod va ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarix fanining o‘rni va saboqlari xususida. 4. Insonlarni har tomonlama etuk, ma’naviyatli va komil etib tarbiyalashda O‘zbekiston tarixi fanining ahamiyati Tayanch so‘z va iboralar : O‘zbekiston tarixi, fanning predmeti, ob’ekti, nazariy-metodologik asoslari, tarixiy manbalar, moddiy va yozma manbalar. O‘zbekiston eng yangi tarixi fanining predmeti, ob’ekti, uni o‘rganishning nazariy metodologik tamoyillari. O‘zbekiston tarixining jahon xalqlari tarixi bilan bevosita uyg‘unligi. Tarix fani insoniyatning o‘tmishi, aholining turmush tarzi, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga oid sodir bo‘lgan voqea va hodisalarni, insoniyat jamiyatining barcha tadrijiy (evolyusion) rivojlanish jarayonlarini o‘rganadi. Vatanimiz tarixi jahon tarixining ajralmas qismi bo‘lib, u ajdodlarimizning bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, turmush tarziga oid ma’lumotlarni ma’lum izchillikda va ketma-ketlikda o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganish orqali biz ajdodlarimizning hayoti, turmush tarzi xususida tushunchalarga ega bo‘lish barobarida, ularning jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Tarix xususida xolis ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun fanning predmeti va ob’ektini to‘g‘ri belgilab olish muhim ahamiyatga ega. Zero, hozirgi kunda tarixchilar oldida turgan muhim masalalardan biri bu, o‘zbek xalqi va uning davlatchilik tarixini fanning predmeti va uni o‘rganish ob’ektidan kelib chiqib, ma’lum nazariy-metodologik tamoyillarga suyangan holda haqqoniylik, xolislik asosida yoritishdan iboratdir. Tarix fani ham boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi mustaqil fan hisoblanadi. U barcha fanlar qatori alohida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib, ijtimoiy-gumanitar va boshqa ayrim fanlar bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganiladi. Birinchidan, u o‘z xususiyatiga ko‘ra, o‘tmish haqida saboq beradi, insonlarni sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida kerakli xulosalar chiqarishga undaydi, kishilarni ajdodlarimizning o‘tmishdagi hayot tarzini, ular yaratgan moddiy va ma’naviy merosini qadrlashga undaydi. Ikkinchidan, tarix fanini o‘rganishda barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun xos barcha shakl va uslublarga tayaniladi, hatto uni o‘rganishda matematik usuldan ham foydalanilishi bejiz emas. CHunki tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlikda, xronologik asosda o‘rganiladi. Ularni o‘rganishda tarixiy hujjat va dallilarning haqiqiy ekanligi, ular qachon, qaerda, qanday tarixiy muhit va sharoitda yaratilganligiga ham ahamiyat bermoq lozim. O‘zbekiston tarixi fani o‘tmishdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy jarayonlarni, ularning rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o‘rganadi, kishilarni ulardan kelajak uchun saboq va xulosalar chiqarishga undaydi. Bu esa bo‘lg‘usi avlodlar kamolotida katta ahamiyatga ega. Download 106.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling