1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


O‘zbekistonning eng yangi tarix davrini o‘rganishning ahamiyati shundaki


Download 106.45 Kb.
bet4/19
Sana08.03.2023
Hajmi106.45 Kb.
#1248970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza matni 1

O‘zbekistonning eng yangi tarix davrini o‘rganishning ahamiyati shundaki, bunda biz nafaqat mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohot va o‘zgarishlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz yoki o‘rganamiz, balki buyuk kelajak bilan bog‘liq istiqboldagi strategik maqsadlarimizni ham teran anglaymiz.
Avvalombor biz bugungi tinch osoyishta kunlarning qadriga etishimiz, mustaqilligimizni mustahkamlash, o‘sib kelayotgan yosh avlod yaqin tariximizni chuqur o‘rganishi, bunday kunlarga osonlik bilan erishmaganimizni tushunib, anglab etmog‘imiz zarur. O‘zbekistonning eng yangi tarixi bu tarix fanining yangi yo‘nalishidir. Shu bois, u o‘z institutsional xarakteriga, o‘z tadqiqot metodologiyasi, tadqiqot izlanishlariga va o‘quv-metodik ta’minotiga ega bo‘lgan fan sifatida shakllanganligi bejiz emas.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz tarixidagi voqealar ko‘lami va o‘sish sur’ati fan va ta’lim oldiga ularni tizimli ravishda o‘rganish vazifasini qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 27 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi” Qarorining qabul qilinishi hamda Kengashning ishchi organi bo‘lgan Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazning tashkil etilishi bunday tizimli anglashning naqadar muhimligidan dalolat beradi.
Kengashning vazifalariga O‘zbekistonning yangi tarixini tizimli o‘rganishni tashkil etish, tarixiylik va ob’ektivlik tamoyillariga asoslanib, o‘zbek xalqining o‘tmishi va bugunini tarixiy baholashda dogmatizm, bir tomonlama yondashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik, darslik, ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va nashr qilish ishlarini muvofiqlashtirishdir.
Bundan tashqari, O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixi bo‘yicha o‘quv-metodik, ilmiy-ommabop, ma’rifiy adabiyotlarni o‘rganish, tayyorlash va chop etish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy o‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish masalalari dolzarb muammo sifatida e’tirof etildi.
Prezident Qarorida O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli ravishda tarixiylik va xolislik prinsiplariga asoslangan holda o‘rganishni tashkil etish, shuningdek buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligi oldiga o‘quv, ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va yangi avlod nashrlarini chop etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqishni ta’minlash kabi vazifalar belgilab qo‘yildi.
Ushbu masalaning yana bir jihatini alohida takidlash joiz. Mafkura va milliy g‘oya, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha ilmiy maqolalar, nashrlar va televideniedagi ko‘rsatuvlar, ma’ruzalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy hayot (eng yangi tarix) masalalarining, voqealar va jarayonlarning muhokamasi ham muhim hisoblanadi.
Eng yangi tarixni o‘rganishda yana bir muhim omil borki, u bugungi kun butunjahon tadqiqotlari tizimida ustuvor o‘rinni egallab kelmoqda. Bu “tarixdagi inson” mavzusini tadqiq qilish, boshqacha aytganda, shaxsning, tarixiy siymoning hamda oddiy insonning uni o‘rab turgan dunyodagi rolini o‘rganish. Eng muhim vazifa eng yangi tarixni jiddiy metodologik va ilmiy asosga qurishdan iborat. Agarda biz fanning nazariy-metodologik asosni chuqur anglab etsak, bu bir vaqtning o‘zida tarixni qalbakilashtirish va buzib ko‘rsatishning oldini oladi.
Bizningcha, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining mazmun-mohiyatini ob’ektiv baholash hamda щziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrini bir qator bosqichlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.

Download 106.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling