1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Download 106.45 Kb.
bet14/19
Sana08.03.2023
Hajmi106.45 Kb.
#1248970
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza matni 1

Tayanch so‘z va iboralar :
«Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun, Prezidentli lavozimining ta’sis etilishi, Mustaqillik deklaratsiya SSSR ning tanazzulga yuz tutishi, O‘zbekiston Respublikasining «davlat mustaqilligi to‘g‘risida» gi Qonun, Prezident saylovlari, O‘zbekiston Konstitutsiyasi, Davlat ramzlari.
XX asrning so‘nggi yillariga kelib SSSR tarkibidagi respublikalar suverentetini va inson hukuklarini poymol kilgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi o‘z davrini o‘tab bo‘lganligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi. Bu hol o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik demokratik davlat qurish asoslari shakllana boshladi.
I.Karimov xalq hohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989 yil 28 oktyabrda Respublika Oliy Kengashida O‘zbekistonning davlat tili haqida qonuni qabul qilindi. Respublikadagi barcha rasmiy xujjatlar o‘zbek tilida yuritiladigan bo‘ldi. Ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi5.
90-yillarning boshlariga kelib O‘zbekistonda xalqning mustaqillikka erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish bosh masala bo‘lib qoldi. Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan turli qarashlar shakllandi. Ikkinchi tomondan, o‘sha davrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.
80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazishni hayotning o‘zi kun tartibiga qo‘ya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaruratga aylantirdi. SHunday bo‘lsa-da, 1990-1991-yillarda iqtisodiyot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi, sharoiti yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tuta boshladi.
Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga uchta yo‘nalishdagi kuchlar manfaatlari to‘qnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan: Birinchi kuchlar - N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xo‘jaligini markazdan boshqarish, huquqni ko‘proq markazda to‘plash niyatida edilar. Ular iqti­sodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yo‘ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.
Ikkinchi kuchlar - S.Shatalin guruhi a’zolari tarafdorlari. Ular SSSRni tarqatib yuborish, ittifoqdosh respublikalar o‘rnida suveren, Mustaqil Davlatlar tuzish, cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xo‘jaliklari tuzishni ko‘zda tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistik yo‘lidan voz kechishni bildirar edi.
Uchinchi kuchlar - bu M.Gorbachyov Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo‘lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma’muriy buyraqbozlik hokimiyatini yo‘qotmaslik, «shokovaya Terapiya» («falaj qilib davolash») usulidan foydalanish g‘oyasini ilgari surar edi. YAngi Ittifoq SHartnomasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yo‘naltirilgan edi. Jumladan, yangi Ittifoq SHartnomasida mamlakat nomini ham «Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash to‘g‘risidagi takliflar ham o‘rtaga tashlana boshladi.
Lekin, baribir vujudga kelgan inqiroziy holatni to‘xtatib bo‘lmas edi. SHu sababdan ham, davlat emirilishidan jiddiy xavotirga tushgan sobiq ittifoq rahbariyati 1990 yilning kuzida markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi holatga o‘tkazish maqsadida muzokara jarayonini boshlashga majbur bo‘ldi6.
1990 yil oxirlariga kelib Boltiqbo‘yi mamlakatlari mustaqillik to‘g‘risidagi talablarni SSSR Oliy Kengashi majlisi va xalq deputatlari quriltoyiga ko‘ndalang qilib qo‘yganlaridan so‘ng Prezident M. Gorbachev bir guruhi deputatlar va rahbarlar bilan vaziyatni o‘rganish, aniqrog‘i, tazyiq qilish, ta’sirini o‘tkazish maqsadida Boltiqbo‘yiga bordi. Guruhi tarkibida O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov ham bor edi. U erda I.Karimov xaqiqat bilan yuzma-yuz keldi va shunda juda katta qat’iyat va favqulodda jur’at bilan munosabatini bildirdi. Komissiya ishini yakunlamasdanoq Gorbachevni ham, uning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi guruhni ham tashlab, tezda orqaga qaytdi. Bu bilan u Boltiqbo‘yi xalqlarinining talablari qonuniy ekanligi, mustaqillik SSSR tarkibidan chiqish-tarixiy xaqiqat, inson haq-huquqlarinining tantanasi ekanligini oshkora namoyon qildi. Xaqiqatdan ham, ittifoq tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq, ma’naviy taraqqiyot to‘g‘risida gap bo‘lishi ham mumkin emas edi.
1991 yil avgust oyiga kelib butun mamlakatda voqealar shu darajada chuvalashib ketdiki, uning echimini topish o‘ta mushkul bo‘lib qoldi. SHu vaziyatdan foydalanib 19-21 avgust kunlari Moskvada davlat tuntarishi qilishga o‘rinib ko‘rildi. Favqullodda holat davlat qo‘mitasi tuzilib, SSSR Prezidenti M. Gorbachev zo‘ravonlik bilan vazifasidan chetlashtirildi7.
Ma’lumki, mustaqillikka erishish ostonasida odamlarning ta’minoti, daromadi, yashashi uchun zarur bo‘lgan kundalik mahsulotlarning eng kam miqdori, ortiqcha ishchi kuchining bandligi kabi masalalardagi ahvol og‘ir bo‘lgan. Buning asosiy sababi - bu yillarda har bir viloyat bo‘yicha aniq dasturlar, ichki rezervlar hisobidan ishni to‘g‘ri tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon qo‘shimcha xom ashyo ajratish evaziga ahvolni yaxshilash imkoniyatlari to‘g‘risida amaliy tadbirlar bo‘lmagan. Bu davrda yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy muammo - bu aholi o‘rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o‘sib borishi edi. Mamlakatimiz rahbari o‘sha davrda vujudga kelgan ahvoldan chiqish yo‘li sifatida quyidagilarni belgilab berdi:
a
Download 106.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling