1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja
Download 106.45 Kb.
|
1-mavzu ma\'ruza matni 1
Farg‘ona voqealari. Ma’lumki XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sovet tuzumi parchalanishi arafasida mamlakatdagi inqirozli vaziyat millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o‘z aksini topdi. CHunki, uzoq yillar davomida ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda to‘planib qolgan muammolar millatlararo munosabatlarga ta’sir etmasdan qolmadi. Bunday nizolar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. 1989 yil may-iyun oylarida Farg‘ona viloyatidagi millatlararo mojarolar respublikadagi siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Respublikaning o‘sha paytdagi O‘zbekiston kompartiyasining sobiq birinchi kotibi Rafiq Nishonov boshchiligidagi siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmagani uchun, yoshlarning ommaviy chiqishlari, millatlararo to‘qnashuvlar sodir bo‘la boshladi.
SHu narsa ayonki, deya yozadi Birinchi Prezident Is lom Karimov “....o‘shanda barcha voqealarning ildizi - Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan chambarchas bog‘liq edi. YUzaga kelgan qaltis vaziyatni bartaraf etish uchun, eng avvalo, viloyatda, umuman vodiy viloyatlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish, bir so‘z bilan aytganda, odamlarga ta’minot va daromad manbaini topib berish zarur edi. 1989 yilning iyul oyiga qadar Farg‘ona viloyati aholisining hayot darajasini oshirish, mehnatga yaroqli aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirildi. 1989 yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar o‘rtasida bo‘lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o‘rtasida) to‘qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oladi. O‘sha davrdagi respublikaning rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg‘ona, Marg‘ilon, Toshloq, Qo‘qon, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatida aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga aylanib ketdi va millatlararo to‘qnashuvlarda namoyon bo‘ldi. Mamlakatimizga rahbar etib saylangan Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, eng avvalo, mamlakatda tartib o‘rnatishga kirishdi. O‘zbekistonning turli mintaqalaridan chiqqan etnik nizolar va ijtimoiy tanglik o‘choqlari shaxsan Prezident ishtirokida bartaraf etildi ”. Rahbar nafaqat siyosatchi bo‘lishi, balki dastlab uning irodali, qo‘rqmas shaxs sifatida shakllanganligi ham e’tiborlidir. Download 106.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling