I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.
1989 yilning 23 iyunida Islom Karimov mamlakat rahbari bo‘lib saylangan kunining ertasigayoq ya’ni, 24 iyun kuni Ministrlar Sovetida Farg‘ona voqealariga bag‘ishlangan katta majlis o‘tkazadi. Mazkur majlisdagi chiqishida yangi rahbar siyosiy etakchiga xos barcha fazilatlarini namoyon etadi. Islom Karimov davlat rahbari sifatida masalani keskin qo‘yadi: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi” deya ta’kidlaydi.
Ertasigayoq respublika rahbari janjal-to‘polonlar ichida qolib ketgan Farg‘onaga boradi. Lovillab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan shahar va qishloqlar, qahr-g‘azabga to‘lgan odamlarning ichiga dadil kirib boradi. Ular bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan ohu nolalarini tinglab, o‘zining yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy so‘zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi yaralariga malham qo‘ygandek bo‘ladi.
Ammo voqelar qaltis tus olgan kezlarda Farg‘ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to‘g‘ri ma’lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Ta’kidlash joizki, 1989 yil 11 iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o‘qiyotgan farg‘onalik yoshlardan yuzga yaqini ommaviy axborot vositalarining voqealarga munosabati haqida bir qator to‘g‘ri talablarni qo‘yadilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga «ko‘nikmagan» mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashlaydi. 1989 yil 8 iyunda Qo‘qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo‘ladi (ularning ko‘pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig‘i esa yarador qilinadi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va ularning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron qilingan.
Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar tomonidan mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod (hozirgi Sug‘d viloyati) viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko‘chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi. SHuning uchun 16.282 kishi Farg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko‘chirib olib borib joylashtiriladi.
Zero, o‘zbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari o‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bo‘lmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, kim qanday buyoq bermasin, tarix albatta, o‘zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondo‘stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib keldi.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimi, kadrlar siyosati, qatag‘onlar, sanoat, elektroenergetika, mashinasozlik, asbobsozlik, irrigatsiya, melioratsiya, qo‘riq va bo‘z erlar, ijtimoiy hayot, madaniy hayot, fan, adabiyot va san’at, ta’lim-tarbiya, «qayta qurish», paxta ishi», paxta yakka hokimligi, ekologik muammolar.
Respublika rahbarining bunday qat’iyati asossiz ta’na va bo‘htonlardan ezilgan, turli tahdidlar oqibatida tahlikaga tushgan xalqning ruhini ko‘tardi. Islom Karimov qonli voqealar haqidagi haqqoniy fikrlari bilan xalqimiz sha’niga otilgan malomat toshlari butunlay bo‘hton ekanligini isbotlaydi. Ayni paytda vahshiylik qilgan, odam o‘ldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqargan, uylarga o‘t qo‘ygan, transport vositalarni yoqib yuborgan kimsalar o‘zbek millatiga mansub emasligini, ularning hammasi ataylab tashkil etilganini markazdagi minbarlardan turib jasurlik bilan aytadi.
Davlat rahbari o‘sha davrdayoq Farg‘ona voqealarining tub sabablarini quyidagi masalalar bilan bog‘liqligini asoslab bergan edi va bu sabablar Islom Karimovning asarida ham aniq ifodalangan. Bular quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |