1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Fanning predmeti shu mintaqada sodir bo‘lgan jamiki voqea va hodisalar, ulardagi umumiylik


Download 106.45 Kb.
bet2/19
Sana08.03.2023
Hajmi106.45 Kb.
#1248970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza matni 1

Fanning predmeti shu mintaqada sodir bo‘lgan jamiki voqea va hodisalar, ulardagi umumiylik va aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa va jarayonlar, umuman insoniyatning barcha tarixiy faoliyat jarayonlarini o‘rganishdir. O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganish ob’ekti O‘zbekiston tarixida sodir bo‘lgan barcha voqea va hodisalardir. Tarixiy ob’ekt (makon)ga nisbatan fanning maqsadi, vazifasi, yo‘nalishini belgilaydi. Ma’lum bir ma’noda ob’ekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadilar.
Ob’ekt, aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik va umumiy mintaqaviy chegaralar, ma’lum xalqlar, mamlakatlar tarixi bilan bog‘liq jarayonlar bo‘lib, ular voqea va hodisalarni bir butun va yaxlitlikda qamrab oladi. SHu boisdan ijtimoiy gumanitar fanlarning ob’ekti, aniq reallikda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, o‘zgarishlar, voqea va hodisalardir. Predmet esa mana shu ob’ekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘lgan aniq voqea va hodisalarni o‘rganishdir.
YUqorida tarix fani bir qator fanlar, xususan ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqada o‘rganiladi, dedik. SHuni ham aytish lozimki, tarix va boshqa aksariyat ijtimoiy- gumanitar fanlarning o‘rganish ob’ekti inson, davlat va jamiyatdir. SHuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga hissa qo‘shadi, tarixiy haqiqat ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Tarix faninini ya’ni, Vatan tarixini xolis o‘rganish xalqimiz o‘tmishi haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishda muhim o‘rin tutadi, xalqimiz kelajak taqdirini ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega.
Zero, o‘zbek xalqi va O‘rta Osiyo mintaqasida azaldan birga istiqomat qilib kelayotgan xalqlar tarixi o‘zaro mushtarak bo‘lib, ular insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. Fanni o‘qitishdan asosiy maqsad, vatanimiz tarixining qadimgi davridan hozirgi kungacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab tarixiy yo‘lini, xalqning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o‘rganish orqali fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongida tarixiy xotira, ular qalbida vatanparvarlik, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishdan iboratdir.
Talabalar fanni o‘rganish jarayonida o‘tmishda xalqimizning, ya’ni ajdodlarimizning hayoti, turmush-tarzi, ularning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashlari, mardligi va jasorati haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar, xalq qahramonlari, davlat arboblari, olimu-fuzalolar keng faoliyatlarini o‘rganadilar. SHu bilan birgalikda talabalar mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, mustaqillik yillarida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqimiz ma’naviy qadriyatlarining tiklanishi, demokratik fuqarolik jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar xususida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

Download 106.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling