1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Insonlarni har tomonlama etuk, ma’naviyatli va komil etib tarbiyalashda O‘zbekiston tarixi fanining o‘rni


Download 106.45 Kb.
bet5/19
Sana08.03.2023
Hajmi106.45 Kb.
#1248970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza matni 1

3. Insonlarni har tomonlama etuk, ma’naviyatli va komil etib tarbiyalashda O‘zbekiston tarixi fanining o‘rni.
Bugungi kunda darslarni yangicha o‘quv-uslubiy yondashuvlar, yangicha manbalar va materiallarga tayangan holda o‘qitishga katta ahamiyat berilmoqda. Zero, bu O‘zbekistonning umumjahon sivilizatsiyasining qadim o‘choqlaridan biri ekanligini, uning jamiyatimiz uchun har tomonlama etuk, barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni katta ekanligidan kelib chiqib, tarix avvalombor insonlarni g‘oyaviy tarbilab, ularda milliy g‘urur va iftixorni shakllantirishga katta hissa qo‘shishini ta’kidlash o‘rinli.
SHuningdek, talabalar fanni o‘rganish jarayonida o‘tmishda xalqimizning ya’ni ajdodlarimizning hayoti, turmush-tarzi, ularning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashlari, mardligi va jasorati haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar, xalq qahramonlari, davlat arboblari, olimu-fuzalolar keng faoliyatlarini o‘rganadilar. SHu bilan birgalikda talabalar mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, mustaqillik yillarida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqimiz ma’naviy qadriyatlarining tiklanishi, demokratik fuqarolik jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar xususida ma’lumotlar oladilar.
Albatta, bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozillar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Ko‘plab diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha o‘z ko‘rkini, mahobatini yo‘qotmagan osori aktiqlarimiz qadim qadimdan yurtimizda dexqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik, shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi.
Tarixning muhim asoslaridan biri bu ilm va ma’rifatga intilishdir. Ma’rifiy va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lmagan kishilarda ilm – fanni o‘rganishga, halol mehnat qilib, hunar egallashga ishtiyoq bo‘lmaydi. SHu sababli, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida avvalo o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalab, ularni tarixli qilishga muhim ahamiyat qaratilgan. Tarixparvar alloma Abdulla Avloniy fikricha: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g‘oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur”.
Alloma ilmning nazariy ahamiyatini ko‘rsatibgina qolmasdan, balki amaliy faoliyat uchun tarixiy zaruriyat ekanligini ham ta’kidlab o‘tadi. “Ilm bizni jaholat qorong‘usidan qutqarur, madaniyat, tarix dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Butun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur”.
Tarixga e’tibor jamiyatga e’tibordir. Uning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, undagi uzviylik jamiyatning ma’naviy va intellektual salohiyatini kengaytirmoqda, davlatning ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlamoqda.
Tarix insonning umumiy ma’naviy madaniyati saviyasini yuksaltirishga qaratilgan ta’lim va tarbiyadir. Tarixiy bilimlar turli sohalar, uslublar orqali insonlarga singdiriladi. Bular oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, jamoat tashkilotlari va boshqalardir. Tarix tom ma’noda insonning bugungi va o‘tmish faoliyatining barcha jihatlarini qamrab oladi.
Agar o‘tmishga murojaat qilsak, tarixning asosiy manbalari sifatida zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto», islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karim, hadislar, Qobusnoma, Zafarnoma, Boburnoma, Temurnoma, Abu Rayhon Beruniyning «O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar», Abu ali Ibn Sinoning «Tib qonunlari», Ahmad YAssaviy, Bahovuddin Naqshbandiylarning tariqatlari, Abu Nasr al-Forobiyning falsafiy qarashlari, Sohibqiron Amir Temurning o‘gitlari va boshqa manbalarni keltirish mumkin.
Buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar etishib chiqqan joyda, avvalo, ilmu tarix, madaniyat va ma’naviyat o‘choqlari rivojlangan bo‘lishi kerak. Bo‘m-bo‘sh joyda hech qachon buyuk sivilizatsiya paydo bulmaydi. Jahon tarixi buni ko‘p-ko‘p misollarda isbotlab beradi.
Bunda asosiy manba sifatida xalqimizning chuqur moddiy va ma’naviy merosi, xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari, Vatanimizning boy tarixiy merosiga murojaat qilish orqali ularning teran negizlarini tushuntirish zarur. YOshlarlarda milliy qadriyatlarni o‘rganish, ularni asrab-avaylash, milliy qahramonlarimiz, ulug‘ ajdodlarimiz hayotiga qiziqishni uyg‘otish muhim. Ayniqsa ommaviy tadbirlarda, bayramlar va turli yig‘inlarda, mahallalarda, ta’lim muassasalarida turli mashg‘ulotlar va to‘garaklarda, darslarda va darsdan tashqari tadbirlarda yuqorida qayd qilingan masalalar xususida ma’lumotlar berib borish, bugungi kunda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarimiz zamirida buyuk o‘tmishimiz va ota bobolarimizning tinimsiz mehnatlari yotganligini to‘g‘ri tushuntirmog‘imiz lozim. SHu bilan birga mavjud yutuq va muammolarni chuqur tahlil etish, yoshlarni shaxsiy javogarlik, tanqidiy tahlil asosida ish yuritishga o‘rgatishimiz lozim. Ayniqsa bunda ta’lim muassasalari, xususan professor-o‘qituvchining shaxsiy ibrati, ta’lim va tarbiyasi muhimdir.
Ota-bobolarimizdan bizga meros qolgan bebaho asarlar insonlarning yanada ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lishiga undab kelmoqda. Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek va boshqa ulug‘ allomalarimiz asarlari bunga yorqin misol bo‘la oladi.
SHuningdek qadimiy yodgorliklarda xalqimizning azaliy urf-odatlari, turmush tarzi aks etadi. Ma’naviy meros bu, madaniyatning tarkibiy qismlari: tarixiy madaniy boyliklar, yodgorliklar, qadriyatlar, adabiyot, san’at durdonalari, rivoyat va ertaklar, folklor namunalari, urf-odatlar, insonlardagi poklik, halollik, komil insonni tarbiyalash, ota-onaga hurmat-izzat, diniy e’tiqod, kiyinish madaniyati va boshqalardir. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, ajdodlarimiz jamiyat tarqqiyotidagi ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa turli sohalarni o‘zlarida mujassamlashtirgan va shu sohalarda o‘z bilim malakalari orqali bitmas-tuganmas meros qoldirganlar.
Binobarin, Abu Nasr Forobiy falsafa, siyosat, adabiyot, musiqa, mantiq, Abu Ali Ibn Sino tibbiyot, falsafa, matematika, adabiyot; Abu Rayhon Beruniy mineralogiya, geodeziya, falsafa, tarix, geografiya, mantiq, matematika; Al-Xorazmiy matematika, astronomiya; Mirzo Ulug‘bek astronomiya, tarix; Alisher Navoiy adabiyot, tasavvuf, Zahiriddin Muhammad Bobur tarix, adabiyot va ilm-fanning boshqa sohalarida bitmas-tuganmas meros qoldirdilarki, bu meros hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Buyuk sarkardalar, olimlar, mutafakkirlarning davlat va jamiyatni boshqarish usullari haqidagi pand-nasihatlari sifatida qoldirgan ma’naviy va moddiy merosi ma’naviyatimiz uchun muhim manbalardir. Xususan Sohibqiron Amir Temurning «Temur tuzuklari» o‘z hukmronligi davridagi binolari, inshootlari kabi ma’naviy va madaniy meros namunalari sifatida asrlardan-asrlarga o‘tib kelmoqda. Biz esa ularni ko‘z-qorachig‘idek asrashimiz zarur.
Sohibqiron davrida o‘rnatilgan boshqaruv tizimi mamlakatning iqtisodiy va madaniy jihatdan mustahkamlanishiga, uning xalqaro mavqeining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. SHuni aytish mumkinki, Amir Temur tomonidan olib borilgan adolatli boshqaruv siyosati xalq turmushining yaxshilanishiga, rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ikkinchidan esa tashqi siyosiy aloqalar, savdoga bo‘lgan e’tibor tufayli xorijiy mamlakatlar bilan har tomonlama iqtisodiy aloqalar kuchayib, karvonlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan bir sharoitda chetdan keltiriladigan mahsulotlar tannarxining arzonlashishini ta’minladi. Bu esa, o‘z navbatida, xalq farovonligi va turmush tarzining yaxshilanishiga xizmat qilgan.
Demak, yuqoridagi fikrlarimizni muxtasar qilib aytganda, avvalombor o‘qituvchi o‘z sohasini yaxshi biladigan, fidoyi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanadigan, ularning yangi usullarini kashf eta oladigan, ijodkor pedagog bo‘lishi lozim. Ta’lim tarbiya berishda o‘qituvchi har qanday vaziyatda oddiy usullarda ham mukammal ta’lim va tarbiya berish yo‘llarini izlab topmog‘i va ularni mohirona qo‘llamog‘i kerak.
Ayniqsa yoshlarlarni mamlakatimiz poytaxtining va tarixiy shaharlarimizning diqqatga sazovor joylari, maydon va xiyobonalari, muzeylariga tashriflarini ko‘proq tashkil etish lozim. Samarqand, Buxoro, Xiva, Marg‘ilon, Qo‘qon, Termiz, SHaxrisabz kabi qadimiy shaharlarimiz yoki. poytaxt Toshkent shahridagi Mustaqillik” maydoni, “SHahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi, ikkinchi jahon urushida jonini fido etgan xalqimizning munosib farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan “G‘alaba bog‘i”, “SHon-sharaf” muzeyi, “Matonat madhiyasi” monumenti, “Xotira maydoni”, sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag‘ishlab barpo qilingan “Amir Temur xiyoboni” ga uyushtiriladigan har bir tashrif yoshlarlarda mustaqilligimiz, ona-yurtimizning shon-shuxratiga yuksak hurmat tuyg‘ularini yuksaltirishi tabiiy.
Albatta, tarixiy merosimizning bir qancha turlari mavjudki, ular orasida muzeylar faoliyatining ham o‘rni beqiyosdir. Hozirda birgina Madaniyat ishlari vazirligi tizimida turli sohalar bo‘yicha 68 ta muzey mavjud bo‘lib, bular 21 ta o‘lkashunoslik, 10 ta badiiy, 14 memorial, 5 ta adabiy-memorial, 7 ta badiiy, 1 ta tabiiy-ilmiy muzeylardir. Madaniyat ishlari vazirligi qoshida «O‘zbekmuzey» jamg‘armasi tashkil etildi, o‘zbek, ingliz, rus tillarida chop etiladigan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli «Moziydan sado» jurnali ta’sis etilgan. Muzeylar ham yoshlarlarda milliy g‘urur va iftixorni, boy madaniy merosimizga mehr muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi
Ta’lim tarbiya sifati bu shaxsning, insonning jamiyatning, davlatning xilma-xil ehtiyojlari, manfaatlariga muvofiqta’lim va tarbiya olayotgan shaxsni har tomonlama rivojlantirish yuzasidan, ularning ehtiyojlarini ta’minlashdir. Bunda ta’lim tarbiya olayotgan shaxsni har tomonlama rivojlanishi uchun ular ehtiyojlarini ta’minlovchi xizmatlarning iste’mol xususiyatlari muhim xisoblanadi. Ta’lim jarayonining har qaysi sub’ekti (pedagog, ta’lim tarbiya oluvchi, ota-ona, ma’muriyat va b.) ta’lim sifatini ta’minlanishdan manfaatdordir.
Hozirgi jadal o‘zgarishlar va yangilanishlar sharoitida yoshlar dunyoqarashi, fikrlash tarzida teran o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ta’lim tarbiya sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda birinchi navbatda yoshlarga tarixiy, ma’naviy, g‘oyaviy bilim va tarbiya berish hamda ularda jamiyat manfaatlariga zid zararli g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni tarkib toptirish orqali O‘zbekistonni buyuk kelajagiga erishish, har tomonlama etuk, yoshlarni voyaga etkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 106.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling