1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni hamda ahamiyati


Download 106.45 Kb.
bet3/19
Sana08.03.2023
Hajmi106.45 Kb.
#1248970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza matni 1

2. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni hamda ahamiyati.
O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganishda tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati katta. Ular xalqning bebaho moddiy va ma’naviy merosi, boyligi hisoblanib muzeylarda, arxivlarda, kutubxonalarda saqlanmoqda. Manbalar o‘z mazmuniga ko‘ra, moddiy va yozma turlarga bo‘linadi. YOzma manbalar eng qadimgi rasmlar, yozuvlar, bitiklar, hujjatlar va kitoblardan iboratdir. O‘tmishda mamlakatimiz hududida va boshqa hududlarda bitilgan qadimgi va o‘rta asrlarga oid yozma manbalarni o‘rganish bo‘yicha talaygina ishlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay, bu yo‘nalishda bajariladigan ishlar hali ko‘p. Jumladan, mavjud manbalar ham xalqimiz tarixi, moddiy va ma’naviy qadriyatlari xususida to‘liq, zarur va etarli ma’lumotlarni beravermaydi. SHu boisdan ularni sinchiklab o‘rganish, tarjima qilish ilmiy tadqiq etish muhim.
Xususan, Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlari tarixida muhim o‘rin tutuvchi eng qadimgi manbalar qatorida zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto», qadimgi davr tarixiga oid muhim manba, Erondagi Behistun qoyatosh bitiklari, qadimgi Rim, YUnoniston tirixchilarining yozib qoldirgan ayrim asarlarida hozirgi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi, turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid zarur ma’lumotlar mavjud. Tarixiy manbalar qatorida shuningdek Abulg‘oziyning «SHajari turk», Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», SHarafuddin Ali YAzdiyning «Zafarnoma», Muhammad YUsuf Bayoniyning “SHajarai Xorazmshohiy”va shu kabi boshqa asarlarni ham tarixiy manba sifatida misol qilish mumkin. SHu bilan birga Amir Temurning«Temur tuzuklari», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarlarining ham muhim yozma manba sifatida keltirish o‘rinli.
Tarixni o‘rganishda arxeologik, etnografik, numizmatik va toponimik manbalar va ma’lumotlarning ham o‘rni katta. Ular qatoriga qadimgi aholi manzilgohlari, shaharlar xarobalari, mozor va qo‘rg‘onlarning qoldiqlari, aholi turmushi va xo‘jaligida ishlatilgan buyumlar, mehnat va jang qurollari, turli-tuman ro‘zg‘or ashyolarini kiritish mumkin. SHunday manzilgohlar bugungi kunda respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent vohasi, Xorazm, Farg‘ona vodiysi hududlaridan ko‘plab topilmoqda. Aslida maoddiy manbalar, bu inson qo‘li va mehnati bilan yaratilgan moddiy ashyolar va narsalardir. Moddiy manbalarga quyidagilar misol bo‘ladi:
-uy-joylar, ro‘zg‘or buyumlari;
-kiyim kechaklar va oziq-ovqatlar;
-transport vositalari, mashina va jihozlar;
-turli tarixiy topilmalar, moddiy ashyolar;
-bino va inshootlar, tarixiy yodgorliklar va boshqalar.
Tarixiy moddiy manbalar bu, asosan ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bizgacha etib kelgan ashyolar, narsa va buyumlardir. Moddiy va yozma manbalar asosida tarixiy ma’lumotlarni solishtirib, haqqoniy tarixni talqin etish va o‘rganish bugungi muhim vazifalardan biridir. Umuman, talabalar manbalarni o‘rganish jarayonida o‘tmishda xalqimizning, ya’ni ajdodlarimizning hayoti, turmush tarzi, ularning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashlari, mardligi va jasorati haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Xalq qahramonlari, davlat arboblari, olimu-fuzalolar faoliyatlarini o‘rganadilar.
Manbalar orqali talabalar mamlakatimizning mustaqillikka erishish yo‘lining murakkab jarayonlarda kechganligini, unga ulkan kurashlar evaziga erishilganiga, mustaqillik yillarida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqimiz ma’naviy qadriyatlarining tiklanishi, fuqarolar ongida tarixiy xotira tuyg‘usini shakllantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar xususida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
SHuningdek dars jarayonida muhim manbalar qatorida arxiv materiallaridan ham foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Zero, arxivlarda xalq va davlat tarixiga oid yozma hujjatlar saqlanadi. Ma’lumki arxiv materiallari barcha moddiy va ma’naviy hamda yozma manbalar qatori tarixiy jarayonlarni haqqoniy, xolis o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. SHu boisdan fanga oid mavzuni yoritishda arxiv materiallaridan foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Zero tarix fanini o‘rganish ko‘p jihatdan tarixiy manbalarga tayanadi, usiz fanni va uning ob’ektini tasavvur etib bo‘lmaydi. Xususan Respublikamiz Markaziy Davlat Arxivi, viloyatlar va tumanlarda joylashgan arxivlar mamlakatimiz tarixiga oid ko‘plab hujjatlar saqlanadigan muhim markazlardir. Darsda ularda saqlanayotgan hujjatlardan unumli hamda o‘z o‘rnida foydalanish o‘qituvchidan katta mahorta talab qiladi.
Uzoq yillik sovet tuzumi hukmronligi yillaridagi mafkuraviy tazyiqlar, tarixni soxtalashtirishga urinishlar, ma’navqiy cheklashlarga qaramasdan ana shu hujjatlar va kitoblarning arxivlarda saqlanib qolganligi vatanimiz tarixini yanada to‘laroq, xolisona yoritilishiga, tariximiz sahifalaridagi «oq» va «qora» dog‘larning barham topishiga ko‘maklashmoqda.
Bugungi kunda ulardan unumli foydalangan holda oliy o‘quv yurtlarida turli usulda darslar tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman arxiv hujjatlaridan ilmiy-tadqiqot, xalq xo‘jaligi, ilmiy- ma’rifiy va o‘quv maqsadlarida keng foydalaniladi. Hujjatli manbalar tarix fanini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, olimlar ularga asoslanib tariximizni haqqoniy yoritishga erishmoqdalar. Avvalombor arxiv hujjatlaridan nusxalar olib ko‘rgazmalar va muzeylar tashkil etilishi mumkin yoki O‘zbekiston tarixining ayrim mavzulari bo‘yicha hujjatlar to‘plami tayyorlanib, ulardan ma’ruza yoki seminar darslarida foydalanish mumkin.
Darsda arxiv hujjatlaridan foydalanishda boshqa idoralar bilan hamkorlikda ishlash ham mumkin. Masalan, hujjatlar ko‘rgazmasini muzeylar bilan birgalikda tayyorlash, hujjatlarni gazeta va jurnallar orqali e’lon qilish, ular asosida radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlar tayyorlash, gazeta va jurnallar tahririyatlari, telestudiyalar, radioqo‘mitalar bilan hamkorlikda amalga oshirish ham mumkin. Quyida oliy o‘quv yurtlarida arxiv hujjatlaridan o‘quv maqsadlarida foydalanish xususida fikr yuritamiz. Davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlardan darslarda yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda quyidagi usullarda foydalanish mumkin:
Arxiv hujjatlardan foydalanishning asosiy shakllaridan biri, ulardan arxivning o‘zida foydalanishdir. Har bir arxivda o‘quv xonalari bo‘ladi. O‘qituvchi yoki tadqiqotchi hujjatlardan talabalar ishtirokida yoki ilmiy maqsadlarda ya’ni, individual holda, bevosita arxiv o‘quv xonalarida foydalanishlari mumkin.
Ko‘rgazmalar tashkil etish, albomlar, plakatlar tayyorlash. Muhim tarixiy sanalar, muhim voqealarga, mashhur tarixiy shaxslarning yubileylariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil qilish, albomlar, stendalar, plakatlar chiqarish, ko‘rgazmalarda hujjatlar, fotosuratlar, xaritalar, kitoblar, varaqalar va boshqa manbalar namoyish qilinishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Arxiv hujjatlariga oid ma’lumotlardan foydalangan holda maqola, ilmiy-ommabop risolalarni matbuot nashrlarida chop etish, ommaviy axborot vositalarida radioeishttirish va teleko‘rsatuvlar tayyorlash. Ilmiy xodimlar arxiv hujjatlari haqida, ayrim tarixiy mavzular bo‘yicha risolalar tayyorlashlari mumkin. Ularning mavzulari muhim tarixiy voqealarga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari ular matbuotda arxiv, uning hujjatlari to‘g‘risida maqolalar yozishi, televidenie va radioda chiqishlar qilishlari mumkin, shuningdek, muhim ahamiyatga molik hujjatlarni chop etishlari mumkin.
Arxivning o‘zida tarix darslari o‘tishni tashkil qilish. Oliy o‘quv yurtlari, xususan universitetlar, institutlar talabalari uchun tarix darslarini arxivlarning o‘zida tashkil etish mumkin, ularda saqlanayotgan hujjatlardan o‘sha erda bevosita foydalanish eng samarali usuldir. SHu bilan birga tarix fani bo‘yicha kichik filmlar olish, hujjatlarning foto yoki kseronusxa to‘plamlarini olish ham mumkin.
Albbatta, tarixchi olimlar arxiv hujjatlari asosida, qimmatli dalillarga tayangan holda izlanish olib borishlari, haqqoniy tariximizni xolislik asosida o‘rganilishida katta ahamiyat kasb etadi.

Download 106.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling