1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Download 106.45 Kb.
bet17/19
Sana08.03.2023
Hajmi106.45 Kb.
#1248970
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-mavzu ma\'ruza matni 1

2000 yil 9 yanvarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yana bir unitilmas tarixiy voqea bo‘lib o‘tdi. 11 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 2000 yil 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi natijalariga bagishlandi11.
Majlisda qayd etilgandek 2000 yil 9 yanvari mustaqil O‘zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo‘lgan, davlatimizning XXI asrdagi hayotiga va taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi. O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi. Bo‘lib o‘tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o‘tganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular xoxish-irodasiga binoan, o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. SHak-shubhasiz bu hol jamiyatimizda siyosiy fikrlar xilma-xilligi va qarashlarining turlicha bo‘lishi uchun katta turtki berdi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotining yanada erkinlashtirlishiga zamin hozirladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov Komissiyasining okrug saylov komissiyalaridan kelgan bayonnomalar asosida 9 yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovda ro‘yxatga olingan 12 million 746 ming 903 saylovchidan, 12 million 123 ming 199 saylovchi ishtirok etganligini, bu esa ro‘yxatga olingan saylovchilarning umumiy miqdorining 95,1 foizini tashkil etishini ma’lum qildi. Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan I.Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,9 foizi ovoz berdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi yoki 4,17 foiz saylochi ovoz berdi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasiga muvofik, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug‘anievich Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
3. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishidan ancha oldin respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Xususan, 1991 yil 15 fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi “O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi ”O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida” qonun qabul qildi O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i va uning ramzi bizning mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, xalqimiz milliy va madaniy sohalardagi o‘zligini aks ettiradi. Mamlakatimiz Davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir12.

Download 106.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling