Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

diakritik belgilar deyiladi.
Transkripsiyada yozib olinayotgan materialni mumkin qadar aniq qilib 
berish maqsadida shartli belgilardan ham foydalaniladi. Transkripsiyada
ishlatilishi mumkin bo‘lgan ba’zi shartli ifoda va diakritik belgilar haqida 
ma’lumot beramiz. 
[ ] – umumiy matndan ajratilib, transkripsiya uchun tanlangan so‘zlar 
ko‘rsatiladi. 
// - bu belgi ikkita shaklning bajaradigan funktsiyasi (vazifasi) jihatdan 
teng huquqqa ega ekanligini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi: - dek // - day 
= - bu belgi tarjima bilan asl matn yoki asosiy mant bilan 
transkripsiyadagi izoh orasiga qo‘yiladi.
> - biror so‘z yoki shaklning boshqa so‘z yoki shaklga o‘tganligini 
ifodalaydi. Masalan, durur > dir, bu kun > bugun kabi. 
< - bu belgi biror so‘z yoki shakl qaysi so‘zdan yoki shakldan kelib 
chiqqanligini ko‘rsatadi. Chunonchi, bilan < ila , uchun < -chun kabi. 
/ - bir shevadagi shakllarning variantlarini ko‘rsatish uchun 
qo‘llaniladi. Masalan, qipchoq shevalaridagi – di / -ti, -di’ / - ti’ kabi. 
: - bu belgi o‘zidan oldingi unli tovushning to‘la cho‘ziqligini
bildiradi: 
sha: r (shahar), sa: r (sahar) kabi.Bu belgi undosh tovushdan keyin 
qo‘yilganda [i] unlisining kuchsizlanishini ko‘rsatadi: b: lak, t: lak, p: 
choq kabi.
Transkripsiya, asosan, ikki xil ko‘rinishga ega: fonetik transkripsiya va 
fonologik transkripsiya. 
Fonetik transkripsiyada har bir tovush maxsus belgi bilan ifodalanadi 
va u, asosan, dialektologik ishlarda qo‘llaniladi. Uning vazifasi tildagi 
tovushlarni mumkin qadar, to‘liq va barcha qirralari bilan ifodalashdir. 
Fonetik transkripsiyada tovushlarning muayyan holatlarda artikulyatsion – 
akustik tomondan o‘zgarishi hisobga olinadi va so‘z tarkibidagi ma’no 
farqlovchi tovushlarning har bir varianti uchun alohida belgi qabul qilinadi. 
Transkripsiyaning bu turida transkriptsion belgilar kvadrat qavs ichida 


97 
beriladi. Chunonchi, [k], [t], [p] fonemalarining unlilardan oldin talaffuz 
qilinuvchi variantlari [kh], [th], [ph] belgilari bilan ifodalanadi. Fonetik 
transkripsiyaning imkoniyatlari keng bo‘lib, u ba’zan allofonik 
transkripsiya deb ham yuritiladi.
Fonologik transkripsiya so‘zshakl va morfemalarni farqlay oluvchi har 
bir fonema uchun bir belgi qo‘yish tamoyiliga asoslanadi. Bunda fonemalar 
variantlari, ya’ni tovushlarning turlicha talaffuzi hisobga olinmaydi. 
Fonologik transkripsiya belgilari vertikal chiziqdagi qavs ichida beriladi: 
/k/, /t/, /p/ kabi. Transkripsiyaning bu turi fonematik transkripsiya deb ham 
yuritiladi. 
Hozirgi kunda kirill alifbosi asosida tuzilgan rus, o‘zbek va boshqa 
tillardagi transkripsiyalar sistemasi mavjud. Yozuvdagi harflarni ba’zi 
tuzatishlar va o‘zgartirishlar asosida tuzilgan belgilar grafematik 
transkripsiya deb yuritiladi. Tilshunos olimlar – V.V.Reshetov va Sh.Sh. 
Shoabdurahmonovlar tomonidan tuzilgan grafematik transkripsiya o‘zbek 
dialektlarida uchraydigan tovushlarni ifodalashga mo‘ljallangan. Bu 
transkripsiya sistemasida o‘zbek kirill alifbosidagi barcha harflar va 
qo‘shimcha diakritik belgilar qo‘llaniladi. 
Olim A.K.Borovkov tomonidan taklif etilgan va keyinchalik akademik 
L.V.Shcherba, professor E.V.Polivanovlar tomonidan takomillashtirilgan
lotin alifbosi asosidagi transkripsiyadan hozir ham foydalanilib 
kelinmoqda. Lotin alifbosi asosida tuzilib tilshunoslikda keng 
qo‘llaniladigan transkripsiya xalqaro fonetik alifbo nomi bilan yuritiladi.
O‘zbek tilida unli fonemalarning quyidagi variantlari bor: 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling