Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

ziddiyatda ziddiyat a’zolari birdan ortiq belgi asosida qarama-qarshi 
qo‘yiladi: [h ] [q] ziddiyatida [h] bo‘g‘iz, sirg‘aluvchi undosh bo‘lsa, [q] til 
orqa, portlovchi undosh sanaladi. Yoki [i]- [o] ziddiyatida [i] yopiq va 
lablanmagan bo‘lsa, [o] yarim yopiq, lablangandir. Barqarorlik darajasiga 
ko‘ra 
zidlanishlar 
barqaror 
(doimiy) 
va 
barqaror 
bo‘lmagan 
(neytrallashgan) turlarga bo‘linadi. Barqaror zidlanishda fonemalarning 
qanday nutqiy vaziyatda bo‘lishidan qat’i nazar, ulardagi ziddiyat saqlanib 
qoladi. Masalan, til oldi unlisi til orqa undoshi bilan kelgan vaziyatda til 
orqa undoshi sifatida namoy
o
n bo‘ladi. Unli va undoshlar orasidagi 
27
Абдуазизов A. Tилшуносликка кириш.–Т.: Ўқитувчи, 1999. 


89 
qarama-qarshilik 
barqaror 
ziddiyatga 
misol 
bo‘la 
oladi. 
Yoki 
undoshlarning paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra, unlilarning tor – kenglik 
xossalariga ko‘ra, zidlanish ham barqaror ziddiyatlardir. Barqaror 
bo‘lmagan zidlanishda fonemaning belgisi kuchsizlanadi. Masalan, [b] 
fonemasi so‘z boshida jarangsizlashmaydi va bu pozitsiyada uning [p] 
fonemasiga zidligi saqlanadi. Va bu kuchli pozitsiyadir. Ba’zi hollarda esa 
jarangli undoshlar so‘z oxirida jarangsizlashadi: луг (лук ), город (горот), 
kitob (kitop), aktiv (aktif). Bunday neytrallanish, so‘nishga olib keluvchi 
pozitsiya kuchsiz pozitsiyadir. Bunday pozitsiyadagi ziddiyat barqaror 
ziddiyat deyiladi. Fonema va tovush munosabati invariant-variant 
dialektikasini o‘zida aks ettiradi. Nutqiy variantlanishlarda fonemalar turli 
– tuman tovush sifatida yuzaga chiqadi va ularni shartli ravishda, masalan, 
(b1), (b2), (b3), (b4), (b5),….. (bn) tarzida belgilash mumkin. Nutqda 
voqelangan barcha (b) larni bitta [b] fonemasiga birlashtirishda ularning 
umumiy xossalari “yig‘ildi”. Bunday umumiy xossalardan biri ularning 
akustik va artikulyatsion o‘xshashliklaridir. Turli talaffuz sharoitlarida bu 
umumiy belgilar o‘zgarishga uchrashi mumkin. Lekin bu o‘zgarishlar 
miqdor o‘zgarishlari darajasida bo‘lib, sifat o‘zgarishi bosqichiga 
yetmaydi. Masalan, [u] fonemasi “yuqori” va “lablangan”lik mohiyatiga 
ega. Shu boisdan nutqda [u] voqelanganda, qanchalik o‘zgarishga 
uchramasin, baribir, tovush bu fonemaning varianti hisoblanishi uchun 
mazkur “yuqori tor”, “lablangan”lik mohiyati chegarasidan chiqmasligi 
kerak. Masalan, qurbaqa va kunbotar so‘zlarida 2 ta “u” tovushi va 3 ta 
“a” tovush mavjud bo‘lib, “u” tovush “yuqori tor, lablanganlik” umumiy 
belgisiga, “a” tovush “quyi keng, lablangan”lik belgisiga ega. Nutqda bu 
tovushlar turli miqdor o‘zgarishlariga uchrasa ham, ular “a” va “u” 
fonemasining varianti hisoblanadi. Kunbotar so‘zidagi “u” bilan qurbaqa 
so‘zidagi “u” tovushlari qattiq – yumshoqligi bilan farq qiladi. Bu belgilar 
“u ” fonemasi zotiy mohiyatida mavjud bo‘lmay, balki talaffuz jarayonida 
“q” va “k” tovushlari ta’sirida yuzaga kelgan hodisadir. Boshqacha 
aytganda, kunbotar so‘zidagi “u” tovushiga xos bo‘lgan yumshoqlik
qurbaqa so‘zidagi “u”ga xos bo‘lgan qattiqlik boshqa bir fonemaning, 


90 
zarraning “u” fonemasiga yopishgan taxallusidir. Bir fonema ham jarangli, 
ham jarangsiz bo‘la olmaganidek, “u” fonemasi ham yumshoq, ham qattiq 
yoki “a” fonemasi ham til oldi, ham til orqa tovush sifatida voqelana 
olmaydi. Demak, fonemaning zotiy mohiyati doirasidan chiqqan tovush 
uning varianti sanalmaydi. Deylik ruscha город so‘zi nutqda горот tarzida 
talaffuz etiladi. “p” tovush jarangsizlanadi, “p” tovushi “b” tovushining 
varianti sanalmaydi. Bu ikki so‘zda “b” alohida va “p” alohida lisoniy 
mohiyat kasb etadi. 
Fonema variantlari ma’no farqlash qobiliyatiga ega emas. Fonemaning 
o‘zi funksional ma’no farqlash xossasiga ega, ya’ni bir fonemaning nutqiy 
varianti o‘rnini ikkinchi bir fonemaning nutqiy varianti egallasa, so‘z 
ma’nosi o‘zgaradi: besh – bet, ot – o‘t, tog‘ – tosh kabi.
Ba’zi tillarda undosh fonemalar, ba’zi tillarda esa unli fonemalar ko‘p 
bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilida 25 undosh va 6 unli fonema, nemis tilida 18 
undosh va 15 unli fonema, abxaz xalqining tilida esa 68 undosh va 3 unli 
fonema bor. Demak, fonema va tovush bir-biridan ajralgan holda mavjud 
bo‘lolmaydi va ular aynan bir narsa ham emas. Fonema umumiylik, 
mohiyat, sabab belgilariga ega bo‘lsa, tovush yakkalik, hodisa, voqelik, 
oqibat kabi belgilariga egadir. Fonemaning ongdagi shartli ifodasi 
grafemadir. Harf esa tovushning ifodasi. Qog‘ozga tush
i
rgan harflarimizda 
grafemalarning xossalari namoyon bo‘ladi. Demak, fonema bilan grafema, 
tovush bilan harf o‘zaro munosabatga kirishadi. Har qanday tovush fonema 
varianti, har qanday harf grafema varianti sanaladi. Fonema haqidagi 
nazariya, asosan, rus tilshunos olimlari tomonidan ishlangan .
1.Boduen de Kurtenening psixologik fonema nazariyasi mavjud. U 
bu nazariyasida ilk bor fonemaning umumiy tushuncha ekanligi, 
tovushning fonemani tallafuz qilishdagi aniq tassavur ekanligi qayd 
etilgan. 
2.Boduen 
de 
Kurtenening 
shogirdi 
mashhur 
tilshunos 
L.B.Shcherbaning fizik fonema nazariyasi ham bor. Olim nutq jarayonida 
aniq talaffuz qilinuvchi yakka tovushlarni fanemalarning ottenkalari deb 
atagan.


91 
3.N.S.Trubeskoyning fonologik nazariyasi. N.S.Trubeskoy ilk bor 
fonologik oppozitsiya (ziddiyat)larni o‘rgangan. Borliqdagi barcha narsalar 
bir – biriga qarama-qarshi qo‘yilib farqlanganidek, tildagi tovushlar ham 
oppozitsiyalar yordamida farqlanadi. Olimning ziddiyatlarning tiplari 
borasidagi fikrlari xususida biz yoqorida to‘xtalgan edik.
N.S.Trubeskoy fonema va uning variantlari xususida ham qimmatli 
fikrlar 
aytgan. 
Fonema, 
fonologik 
oppozitsiyalarni 
o‘rganishda 
N.S.Trubeskoy, A.A.Reformatskiylarning nazariyalari alohida ahamiyat 
kasb etadi. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling