Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Transkripsiya (transcriptio ko‘chirib yozish) – yozuvning nutq 
tovushlari talaffuzini aniq ifodalash uchun ishlatiladigan sun’iy (shartli) 
turi; nutq bo‘laklari (tovush, bo‘g‘in, so‘z)ning tovushiy sifatlarini yozuvda 
aniq aks ettirish usuli. Transkripsiya, eng avvalo, 2 ga bo‘linadi: ilmiy 
transkripsiya va amaliy transkripsiya. Ilmiy transkripsiya o‘z xususiyatiga 
ko‘ra, fonetik va fonematik transkripsiyalarga bo‘linadi. Fonetik 
transkripsiya og‘zaki nutq (talaffuz)ni barcha xususiyatlari bilan yozuvda 
aniq aks ettirishni ko‘zda tutadi va xorijiy tillar (masalan, ingliz tili) 
lug‘atlarida, til darsliklari va notiqlik qo‘llanmalarida, jonli tilni yozib 
olishda (dialektologik yozuvlar, fonetika darsliklari va boshqalar) 
qo‘llanadi. Fonetik transkripsiyaning asosiy prinsipi shundaki, talaffuz 
etilgan har bir tovush yozuvda alohida qayd etilishi kerak. Fonetik 
transkripsiya amaldagi biror alifbo asosida, unga nutq a’zolaridagi ayrim 


94 
artikulyatsiyalarni aks ettiruvchi ostust belgilari yoki ixtiyoriy o‘ylab 
topilgan belgilar tizimini qo‘shish bilan yaratiladi. Masalan, o‘zbek 
shevalarini o‘rganish maqsadidagi dialektologik yozuvlarda amaldagi 
alifboda bo‘lmagan e, o (til oldi a), o‘,’ (i ning variantlari), o, q (o‘ ning 
variantlari) va boshqa belgi (harf)larning qo‘llanishi. Universal 
transkrepsiya sifatida Xalqaro fonetik uyushma – IPA (International 
Phonetic Association) tomonidan 1886-yilda lotin grafikasi asosida 
yaratilgan va doimo takomillashtirib boriladigan xalqaro fonetik alifbo 
qo‘llanadi. 
Fonematik transkr
i
psiya har bir so‘zni fonema tarkibiga ko‘ra aks 
ettiradi, bunda kuchsiz pozitsiyalarda paydo bo‘ladigan variantlar aks 
ettirilmaydi. Ushbu transkr
i
psiyaning prinsipiga ko‘ra, har bir fonema, 
pozitsiyasidan qat’i nazar, doimo ayni bir belgi bilan aks ettiriladi. 
Fonematik transkrepsiyada fonetik transkr
i
psiyaga karaganda kamroq belgi 
ishlatiladi, chunki fonemalar miqdori doimo variantlar miqdoridan kam 
bo‘ladi. 
Amaliy transkr
i
psiya muayyan milliy alifbo vositalari orqali boshqa 
tillardagi atoqli otlar, terminlar, maxsus nomlar va shu kabi tarjima 
qilinmaydigan so‘zlarni aks ettiradi va shu yo‘l bilan ularni qabul qiluvchi 
tilning bosma matnlariga kiritadi. Amaliy transkr
i
psiya qabul qiluvchi til 
alifbosidagi belgilar chegarasidan chiqmaydi, lekin belgilarning ayrim 
g‘ayriodatiy qo‘llanishlariga yo‘l qo‘yadi. Amaliy transkr
i
psiyaga 
qo‘yiladigan asosiy talablardan biri qabul qilinayotgan birlikning 
talaffuzini imkon qadar aniq saqlab qolishdir. Shu bilan birga, amaliy 
transkr
i
psiya so‘zning morfem tuzilishini, uning grafik xususiyatlari va 
boshqani saqlab qolishi hamda muayyan so‘zning oson o‘zlashishini 
ta’minlashi kerak. 
Fan olamida transkripsiya so‘zi boshqa ma’nolarda ham qo‘llaniladi. 
Masalan, biologiyada tirik hujayralarda matritsa – dezoksiribonuklein 
kislota (DNK)da ribonuklein kislota (PNK) biosintezining amalga oshish 
jarayoni tushinilsa, musiqada ayrim musiqa asarini boshqacha tarzda – 


95 
biror so‘zga moslab ifodalash (aranjirovka) yoki erkin qayta ishlash 
tushiniladi. 
Tilshunoslikda esa keng ma’noda atoqli – geografik, tarixiy va boshqa 
nomlarning ma’lum bir qoida asosida berilishi; tor ma’noda esa 
transkripsiyaga yuqorida berilgan ta’rif asosi anglashiladi. Bu atama 
ko‘pincha keyingi ma’noda ishlatiladi.
Demak, 
transkripsiya 
nutq 
tovushlarining barcha xususiyatlarini yozuvda aniq ifodalsh vositasi bo‘lib, 
yozuvning shartli, sun’iy turidir.
Transkripsiya o‘rganish nima uchun kerak? Bu savolga shunday javob 
berish mumkin:
–birinchidan, transkripsiya og‘zaki nutq jarayonida talaffuzning 
yozuvda aks ettirilmagan tovush xususiyatlari va yozuvdagi matnlarni 
to‘g‘ri va juda aniq ifodalash uchun zarur; 
–ikkinchidan, qadimgi yozuvlarni to‘g‘ri o‘qish, o‘rganish, o‘qilishi 
qiyin va murakkab bo‘lgan ieroglifik va bo‘g‘inli yozuvlarni o‘rganish 
uchun zarur; 
–uchinchidan, orfografiya qoidalarida tarixiy- an’anaviy tamoyil 
saqlangan tillarni o‘rganish ishlarini osonlashtiradi; 
–to‘rtinchidan, chet tillarning talaffuzini o‘rganishda katta ahamiyatga 
ega. 
Transkripr
i
siya tamoyillari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, u 
orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy va tarixiy – an’anaviy 
prinsiplaridan farq qiladi. Transkripsiyaning asosiy tamoyiliga ko‘ra 
so‘zlar qanday eshitilsa, shunday yozib olinadi. Bu holat qisman 
orfografiyaning fonetik prinsipiga o‘xshaydi. Biroq orfografiyada odatda 
bir tovush bitta harf bilan ham, ba’zan bitta tovush ikki harf bilan ham 
yoki, aksincha, ikki tovush bitta harf bilan (bunda kirill alifbosidagi e, ё, 
ю, я grafemalari nazarda tutilmoqda) berilishi ham mumkin. 
Transkripsiyada esa hamma vaqt bir tovush harf (belgi) bilan beriladi. 
Transkripsion belgilar xalqlar o‘rtasida keng tarqalgan an’anaviy 
alifbolar asosida tuziladi. Ularga qo‘shimcha belgilar ham qo‘shiladi. 
Transkripsion belgilar soni asos qilib olingan alifbo harflari sonidan ko‘p 


96 
bo‘ladi. Asosiy transkripsion belgilarga qo‘shiladigan qo‘shimcha belgilar 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling