Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Dissimilyatsiya. Og‘zaki nutqda tovushlar doimo bir-biriga o‘xshay 
bermasdan, ba’zan uning aksi bo‘ladi. Ayrim paytda talaffuzda ikki 
o‘xshash tovush bir joyda yoki bir so‘zda kelgan vaqtda ulardan biri 
noo‘xshash tovushga aylanib ham qoladi. Bunday hodisa assimilyatsiya 
kabi progressiv va regressiv bo‘ladi. Keyingi tovush noo‘xshash tovushga 
aylansa progressiv dissimilyatsiya yuz beradi: zarar-zaral, zarur-zaril, 
birorta-bironta, muyassar-muyastar, kissa-kista, halol–halor kabi.
Oldingi tovush o‘zgarsa, regressiv dissimilyatsiya yuz beradi: malol–
malor, koridor–kalidor, ittifoq–intifoq kabi.


84 
Dissimilyatsiya hodisasi odatda juda kam uchraydi. Hatto 
assimilyatsiyaning regressiv turiga nisbatan ham ancha kam qo‘llanadi. 
Chunki dissimilyatsiya hodisasi nutqda, odatda o‘xshashlikdan 
noo‘xshashlikka, ixchamlikdan noqulaylikka qaratilgan harakat bo‘lib, 
tavtologiyadan qutilishga xizmat qiladi. Og‘zaki nutqda tumba-tunba, 
shanba–shamba, Vavilon–Vabilon, tramvay-tranvay, konbayn-kombayn 
deb talaffuz qilishimiz ham dissimilyatsiyaga misol bo‘ladi.
Metateza. Og‘zaki nutqda ba’zan yonma-yon kelgan undosh 
tovushlarning o‘rni almashishi mumkin. Nutqdagi bunday jarayon 
metateza deyiladi: r-y: daryo-dayro: m-g‘: yomg‘ir-yog‘mir, b-r: 
tebratmoq-terbatmoq: m-l: yamlamoq-yalmamoq: h-v: ahvol-avhol: p-r: 
tuproq-turpoq, r-go‘rganmoq-o‘granmoq: g‘-r: to‘g‘ramoq-to‘rg‘amoq, 
n-m: aylanmoq-aynalmoq va b. Chunonchi, rus tilidagi тaрeлka so‘zi 
aslida nemischa talerka shaklida bo‘lgan, arabcha oqvot so‘zi o‘zbek tiliga 
ovqat tarzida qabul qilingan. Demak, bu hodisa chetdan kirgan so‘zlarda 
ko‘proq uchraydi. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling