Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Assimilyatsiya.
1. Singarmonizm. Bu hodisada unli va undoshlarning o‘zgarishi
farqlanadi. Unlilarning nutq jarayonida o‘zgarishi singarmonizm deyiladi. Singarmonizm unlilarning moslashishi, uyg‘unligi demakdir. Singarmonizm faqat turkiy tillarga xosdir. Uning ikki asosiy ko‘rinishi mavjud: a) til garmoniyasi; b) lab garmoniyasi. Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik va qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Masalan, qalam so‘zidagi [q] undoshi chuqur til orqa undoshi bo‘lganligi bois, birinchi bo‘g‘indagi [a] unlisi ham til orqalik xususiyatiga ega bo‘ladi. Buning natijasida esa keyingi bo‘g‘inda [a] tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, birinchi [a] unlisi [q] undoshiga, keyingi bo‘g‘indagi [a] esa oldingi bo‘g‘indagi [a] unlisiga moslashadi. Lab garmoniyasida unlilarning moslashishi ikki tomonlama bo‘ladi. Bunda unlilar ham til oldi - til orqalik jihatidan, ham lablanganlik- lablanmaganlik jihatidan o‘zaro, shuningdek, undoshlarga ham moslashadi. Bunga ko‘ra, so‘z boshidagi unli lablangan til oldi unlisi bo‘lsa, so‘z oxirida ham lablangan til oldi unlisi keladi. So‘z boshidagi unli lablangan til orqa unlisi bo‘lsa, so‘z oxiridagi unli ham lablangan til orqa unlisi bo‘ladi. Masalan, boshqird, sog‘in, bo‘g‘in so‘zlaridagi kabi. 2. Assimilyatsiya. Nutq tovushlari qator kelganda ba’zan bir-biriga ta’sir qilib, biri ikkinchisini o‘ziga moslashtiradi. Nutqdagi bunday hodisa assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya ikki xil bo‘ladi: progressiv assimilyatsiya va regressiv assimilyatsiya. Agar oldingi tovush keyingi tovushni o‘ziga o‘xshatsa, moslashtirsa, progressiv assimilyatsiya yuz beradi: ket+di=ketti, ayt+di=aytti, ot+dan=ottan, yurak+ga=yurakka, pichoq+ga=pichoqqa… 83 Keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qilib, uni o‘ziga o‘xshatsa, moslashtirsa, regressiv assimilyatsiya yuz beradi: yigit+cha=yigichcha, yoz+sin=yossin, uch+so‘m=usso‘m, tuz+sin=tussin. Rus tilida отдать so‘zi oддать tarzida talaffuz etiladi. Bu ham regressiv assimilyatsiyaga misol bo‘ladi. Regressiv assimilyatsiya odatda progressiv assimilyatsiyaga nisban nutqda kamroq uchraydi. Chunki assimilyatsiyaning bu turida keyingi tovush oldingi tovushni o‘ziga moslashtiradi. Demak, talaffuz jarayoni boshlanmasdan burun so‘zining talaffuz texnologiyasi haqidagi tasavvur ham hosil bo‘lmog‘i lozim. Assimilyatsiya to‘liq va qisman bo‘lishi mumkin. To‘liq assimilyatsiyada bir tovush ikkinchi tovushga aynan moslashadi va to‘lig‘icha uning tusiga kiradi. Yuqorida keltirilgan so‘zlarning hammasi to‘liq assimilyatsiyaga misol bo‘ladi. Qisman assimilyatsiyada nutq tovushlaridan biri ikkinchisini biror tomondan qisman o‘xshatadi (moslashtiradi): osh+ga (oshka), ish+ga (ishka) so‘zlarida jo‘nalish kelishigidagi [g] tovushi oldingi [sh] tovushining ta’sirida [k] tovushiga aylanmoqda. Bu so‘zda qisman assimilyatsiya yuzaga kelmoqda, ya’ni [g] jarangli tovushi o‘zidan oldingi [sh] tovushiga faqat bir tomonlama – jarangsizlanish tomonidan o‘xshamoqda, xolos, lekin to‘liq uning tusiga kirgan emas. [Uchta] leksemasining ushta, [pochta] leksemasining poshta deb talaffuz qilinishi ham shu hodisaga misol bo‘la oladi. Rus tilidagi кaробкa, вoдкa: inglizcha: goods, cats so‘zlarida ham shu turdagi assimilyatsiya mavjud. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling