Abuzalova M


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1.Bilish jarayonida zid qo‘yishning qanday ahamiyati bor? 


81 
2.Tovushlarning farqlovchi va biriktiruvchi belgilari deganda nimani 
tushunasiz?
3. Nima uchun o‘zbek tili unlilarida qator belgisi fonologik farqlanish 
belgisi bo‘la olmaydi? 
4. Korrelyativ ziddiyatli munosabatlarga misollar keltiring. 
5. Binar ziddiyatli munosabatlarga misollar keltiring. 
6.She’riy parcha yozing. Undagi unli va undosh tovushlarga tasnif bering.
7. Unli va undosh tovushlar soni barcha tillarda bir xilmi? 
8. Qaysi tovushlarni talaffuz qilganda til, til uchi, tish faol ishtirok etadi? 
9. Qorishiq (affrikat) tovushlar ishtirok etgan so‘zlar qatorini tuzing. 
10.“Portlovchi – sirg‘aluvchi” belgili ziddiyatlar qatoriga misollar 
keltiring. 
Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 10; 22; 33] 
 
 NUTQ JARAYONIDAGI FONETIK HODISALAR 
Reja: 
1. Kombinator tovush o‘zgarishlari. 
2. Pozitsion tovush o‘zgarishlari. 
3. Fonetik o‘zgarishlarning imlo bilan bo‘g‘liq tomonlari. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Kombinator va pozitsion o‘zgarishlar, singarmonizm, assimilyatsiya, 
dissimilyatsiya, metateza, proteza, epenteza, eliziya, diereza, reduksiya
apakopa, sinkopa, sinerezis, epiteza, prokopa
Fonema nutqda voqealanar ekan, uning variantlari nutqiy sharoit 
(yonma-yon kelgan tovushlar yoki qo‘shimchalar ta’siriga uchrashi) tufayli 
turlicha namoyon bo‘ladi. Ayrim tovushlar yondosh tovushlarga 
moslashadi, ayrimlarida o‘zgarishlar kuchayib, boshqa tovushlarga 
almashadi. Nutq jarayonida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar tovushlarning 
kombinator-pozitsion o‘zgarishlari deyiladi. Masalan, rus tilidagi лодка 
va город so‘zlarida [d] tovushi [t] tarzida talaffuz qilinadi, ya’ni 
jarangsizlashadi. O‘zbek tilida yutdi va obod so‘zlarida ham shu holat yuz 
beradi. Лодка va yutdi so‘zlarida jarangsizlanish qo‘shni tovush ta’sirida 


82 
yuz bersa, город va obod so‘zlari talaffuzida o‘zgarish tovushning so‘z 
tarkibidagi mavqeyi bilan bog‘liqdir. Birinchi holat kombinator o‘zgarish 
bo‘lsa, ikkinchi holat pozitsion o‘zgarishdir. Biz quyida shu o‘zgarishlar 
haqida fikr yuritamiz.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling