Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

fonema va transkripsiyadir. 
Nutq tovushlarining, yozuvdagi shartli ifodasi harf hisoblanadi. 
Tovush bilan harfni farqlash lozim, ular bir narsa emas. Tovush nutqqa xos 
birlik bo‘lsa, harf yozuvga tegishlidir. Harf ham ijtimoiy qiymatga ega, 
biroq u o‘z ijtimoiy xizmati bilan tovushga teng kela olmaydi. Tovushga 
nisbatan harfning vazifasi bir qadar chegaralangan. Chunonchi, o‘t (olov), 
o‘t (maysa), o‘t (fe’l), o‘tkazmoq, o‘tqazmoq, o‘tqizmoq, noo‘rin, do‘ppi, 


93 
o‘n, o‘q so‘zlarining hammasida [o‘] tovushi ishtirok etadi. Ammo bu 
so‘zlar tarkibidagi [o‘] tovushining talaffuzi aynan bir xilda emas, ma’lum 
darajada farqlanadi. Yozuvda esa tovushning serqirraligi hisobga 
olinmaydi va birgina harf bilan ifodalanaveradi. Zero, harf yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, tovushning barcha xususiyatlarini aks ettira olmaydi. 
Tovush so‘zning faqat moddiy qobig‘igina bo‘lib qolmay, balki so‘z 
va so‘zshakllarni o‘zaro farqlash, ma’no ajratish vazifasini ham bajaradi. 
Bu sizga “Fonema” mavzusidan yaxshi tanish. Demak, nutq tovushlari 
ifodasining yana bir ko‘rinishi fonema bo‘lib, fonemani harfdan farqlash 
juda zarurdir. Ma’lumki, fonema eng kichik til bo‘lagi bo‘lib, so‘zlarni, 
morfemalarni o‘zaro farqlashga xizmat qiladi. Masalan, tor, tar, ter, tir, 
tur, to‘r so‘zlarida [a], [o], [e], [i], [u], [o‘] unlilari fonemalar hisoblanadi. 
Sor, bosh, qol, dog‘, nok, goh, joy kabi so‘zlarda [s], [r], [b], [sh], [q], [l], 
[d], [g‘], [n], [k], [g], [h], [j], [y] undoshlari ma’no farqlovchi fonemalardir. 
O‘rdak so‘zidagi har bitta tovush (harf) alohida fonemadir. Ammo
o‘, r, d, a, k, tovush (harf)lari alohida olib qaralganda fonema bo‘la 
olmaydi. Fonema bilan harf tushunchalari o‘zaro uzviy bog‘liq, ammo ular 
aynan bir narsa emas. Harf yozuv birligi, fonema esa tilshunoslikning 
“Fonologiya” sathida o‘rganiluvchi til birligidir. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling