Abuzalova M
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar: [5; 6; 10; 11; 28; 51]
- Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Fonema va fonologiya atamalarini izohlang. 2.Fonologiya sathining taraqqiyotida qaysi olimlar qanday nazariyalarni yaratganlar? 3.Fonema va tovush munosabati haqida nima bilasiz? 4.Fonologik ziddiyatlar deganda nima tushuniladi va ularning qanday turlari bor? 5.Fonema va tovush munosabatida invariant - variant dialektikasi qanday aks etadi? 6.Fonema variantlari ma’no farqlash xususiyatiga egami? 7.Barcha tillarda unli va undosh fonemalar soni bir xilmi? 8.Grafema nima? Uning fonema bilan munosobati. 9.Quyidagi jumlani izohlang : Har qanday tovush fonema varianti, har qanday harf grafema variantidir. 10. Rus tilshunosi N.S. Trubeskoyning fonologiya sohasidagi nazariyasi qanday ahamiyatga molik ? Foydalanish uchun adabiyotlar: [5; 6; 10; 11; 28; 51] 92 TOVUSH IFODASI. TRANSKRIPSIYA Reja: 1. Tovush ifodasi haqida. 2. Transkripsiya – nutq tovushlarining barcha xususiyatlarini yozuvda aniq ifodalash vositasi. 3. Transkripsiya tamoyillari to‘g‘risida. 4. Ba’zi diakritik belgilarning vazifasi va ahamiyati. 5. Fonetik va fonologik transkripsiya. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar Nutq tovushlarining ifodasi sifatida: harf, fonema, transkripsiya; transkripsiyaning asosiy tamoyillari, transkripsion belgilar va alifbo, diakritik belgilar, fonetik transkripsiya, fonologik transkripsiya, grafematik transkripsiya Havoning to‘lqinlanishidan tovush paydo bo‘ladi. Tevarak- atrofimizdagi tovushlar (bir predmet ikkinchi bir predmetga urilganda, tekkanda chiqadigan tovushlar; shamolning ovozi, mashinaning g‘izzillashi kabi) mexanik tovushlar hisoblanadi. Sizga ma’lumki, mexanik tovushlarni fizika fani o‘rganadi. Nutq tovushlari ulardan farq qilib, o‘pkadan chiqqan havo oqimining tovush paychalarini tebratib o‘tishi, nutq uzvlarining talaffuz jarayonidagi faoliyati natijasida vujudga keladi. Nutq tovushlarining tabiatdagi boshqa tovushlardan asosiy farqi ularning kishilar o‘rtasidagi nutqiy aloqa qilish vositasining eng kichik, asosiy tarkibiy qismi ekanligidadir. Demak, nutq tovushlari ijtimoiy qimmatga ega ekanligi bilan ahamiyatlidir. Nutq tovushlarining, asosan, uch xil ifodasi mavjud bo‘lib, bular harf, Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling