Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Reduksiya. So‘zning birinchi bo‘g‘nida biror unlining, odatda, tor 
unlining kuchsizlanib talaffuz qilinishidir. Masalan, bir, bil, til sozlari bir 
bo‘g‘inli bo‘lganligi va urg‘u shu so‘zdagi [i] unlisiga tushganligi tufayli 
bu so‘zlardagi [i] unlisi me’yordagidek talaffuz qilinadi va eshitiladi. Lekin 
shu so‘zlarning oxiriga ikkinchi bir bo‘g‘in qo‘shilishi bilan urg‘u ham 
ikkinchi bo‘g‘inga ko‘chadi. Natijada birinchi bo‘g‘indagi [i] unlisi 
kuchsizlanadi va eshitilar-eshitilmas holda sust talaffuz qilinadi: bilak, 
tilak, biroq. Birinchi bo‘g‘indagi urg‘ularning ana shunday kuchsizlanib 
talaffuz qilinishi reduksiya hodisasiga misol bo‘la oladi (reduksiya 
so‘zining lug‘aviy ma’nosi “kuchsizlanish”, “orqaga qaytish”, “pastga 
tushish” demakdir). Reduksiyaga quyidagi so‘zlarning birinchi bo‘g‘nida 
kelgan [i] ning kuchsizlanib talaffuz qilinishi ham misol bo‘la oladi
pishiq, shira, pishak, qiliq, ichak, bilan kabi. Reduksiyaning ikkinchi 
bo‘g‘inda kelish hollari ham uchrab turadi. Bu hodisa so‘zga uchinchi 
bo‘gin qo‘shilganda sodir bo‘ladi - ikkinchi bo‘g‘indagi unli tamoman 
kuchsizlanib, tushib qoladi. Masalan, burun- burni, bo‘yin-bo‘yni, egin-
egni, keyin-keyni singari 
Eliziya. Unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so‘zning 
qo‘shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolish hodisasidir. 


86 
Bunda bir necha holat kuzatiladi: a) birinchi so‘z oxiridagi unli tushib 
qoladi: yoza oladi-yozoladi, bora oladi- boroladi, qora ot- qorot, Ali aka–
Alaka; b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so‘zning bosh unlisi tushib 
qoladi: borar ekan-borarkan, borar emish- borarmish, yozgan ekan-
yozgankan kabi: v) Abdusalom so‘zining Absalom, Abdujabbor so‘zining 
Abjabbor, olib kel so‘zining opke tarzida talaffuz qilinishi natijasida bir 
unli va bir undoshning tushib qolishi ham eliziyaning yuqori, 
murakkablashgan formasi hisoblanadi. Bunday hollarda eliziyaning 
murakkablashishi natijasida so‘zlarning qisqargan shakli hosil bo‘ladi.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling