Abuzalova M


Diereza. So‘z tarkibida birorta tovushning tushib qolishi. O‘zbek tilida  go‘sht, do‘st, rost, bo‘lsin so‘zlari tarkibida kelgan [t


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Diereza. So‘z tarkibida birorta tovushning tushib qolishi. O‘zbek tilida 
go‘sht, do‘st, rost, bo‘lsin so‘zlari tarkibida kelgan [t] va [l] tovushlari 
tushirib talaffuz qilinadi: go‘sh, do‘s, ros, bo‘sin kabi. Rus tilidagi 
счастливо, известно so‘zlari nutqda счасливоизвесно tarzida aytiladi.
Demak, nutq tovushlari har bir til qonun- qoidalariga muvofiq ma’lum 
tartib bilan tutashib, birikib so‘z hosil qilar ekan, so‘z tarkibida aks 
ettirilgan harflarga nisbatan o‘zgargan holda ham talaffuz etilishi mumkin. 
Ba’zi hollarda bu imloda ham o‘z aksini toptadi.Bunda o‘zbek adabiy 
tilidagi [-ga] qo‘shimchasining variantlarini misol qilish mumkin: 
terak+ga=terakka, buloq+ga=buloqqa. Rus tilida безплатно-бесплатно, 
разсказать-рассказать so‘zlarida qo‘llangan jarangli [z] o‘rnidagi [s
ham orfografiyada o‘z aksini topgan. Eliziya hodisasiga uchragan ba’zi 
so‘zlar ham shular jumlasidandir.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Fonetik hodisalar qanday ro‘y beradi? 
2. Fonetik hodisalar unlilarga ham xosmi? 
3. Xorijiy tillardan kombinator va pozitsion o‘zgarishlarga misollar 
keltiring. 
4. Do‘stlik shishaga monand, sinsa- ulay olmaysan. Ushbu maqolda 
uchragan fonetik hodisalarni izohlang. 
5. Imlodagi fonetik yozuvning fonetik hodisalar bilan bog‘liq tomoni 
nimada? 


87 
6. Har bir tilga xos bo‘lgan fonetik o‘zgarishlar va ularning sababini 
tushuntiring.
Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 10; 11; 27; 28; 38; 47; 50] 
 
FONOLOGIYA – FONEMANI O‘RGANUVCHI SOHA
Reja: 
1.Fonemaning til birligi ekanligi. 
2.Fonologik ziddiyat va uning ko‘rinishlari. 
3.Fonemalarning variantlashuvi. 
4.Fonema nazariyasi tarixidan.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling