Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metateza.
Dissimilyatsiya. Og‘zaki nutqda tovushlar doimo bir-biriga o‘xshay
bermasdan, ba’zan uning aksi bo‘ladi. Ayrim paytda talaffuzda ikki o‘xshash tovush bir joyda yoki bir so‘zda kelgan vaqtda ulardan biri noo‘xshash tovushga aylanib ham qoladi. Bunday hodisa assimilyatsiya kabi progressiv va regressiv bo‘ladi. Keyingi tovush noo‘xshash tovushga aylansa progressiv dissimilyatsiya yuz beradi: zarar-zaral, zarur-zaril, birorta-bironta, muyassar-muyastar, kissa-kista, halol–halor kabi. Oldingi tovush o‘zgarsa, regressiv dissimilyatsiya yuz beradi: malol– malor, koridor–kalidor, ittifoq–intifoq kabi. 84 Dissimilyatsiya hodisasi odatda juda kam uchraydi. Hatto assimilyatsiyaning regressiv turiga nisbatan ham ancha kam qo‘llanadi. Chunki dissimilyatsiya hodisasi nutqda, odatda o‘xshashlikdan noo‘xshashlikka, ixchamlikdan noqulaylikka qaratilgan harakat bo‘lib, tavtologiyadan qutilishga xizmat qiladi. Og‘zaki nutqda tumba-tunba, shanba–shamba, Vavilon–Vabilon, tramvay-tranvay, konbayn-kombayn deb talaffuz qilishimiz ham dissimilyatsiyaga misol bo‘ladi. Metateza. Og‘zaki nutqda ba’zan yonma-yon kelgan undosh tovushlarning o‘rni almashishi mumkin. Nutqdagi bunday jarayon metateza deyiladi: r-y: daryo-dayro: m-g‘: yomg‘ir-yog‘mir, b-r: tebratmoq-terbatmoq: m-l: yamlamoq-yalmamoq: h-v: ahvol-avhol: p-r: tuproq-turpoq, r-g: o‘rganmoq-o‘granmoq: g‘-r: to‘g‘ramoq-to‘rg‘amoq, n-m: aylanmoq-aynalmoq va b. Chunonchi, rus tilidagi тaрeлka so‘zi aslida nemischa talerka shaklida bo‘lgan, arabcha oqvot so‘zi o‘zbek tiliga ovqat tarzida qabul qilingan. Demak, bu hodisa chetdan kirgan so‘zlarda ko‘proq uchraydi. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling