Abuzalova M


Proteza. So‘z boshida bitta unlining orttirilishi proteza


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Proteza. So‘z boshida bitta unlining orttirilishi proteza hodisasi 
sanaladi. Odatda, sonor [r] tovushidan oldin [o‘] va [i] unlilari orttiriladi
ro‘mol-o‘ramol, ro‘za-o‘raza, rayhon-irahon, rozi-irozi, rais-irais, rang-
irang, ro‘zg‘or-o‘razg‘or kabiAyrim holatda so‘z boshida sirg‘aluvchi va 
portlovchi ikki undosh qator kelganda [i] unlisi orttirilishi mumkin: shkaf-
ishkaf, sprafka-isparafka, stol-istol, shtraf-ishtarap, stansiya- istansa
Stambul–Istanbul. 
Epenteza. So‘z boshida, o‘rtasida va oxirida ikki undosh qator 
kelganda ular orasida [i], ba’zan [u] va [a] unlisi orttiriladi: fikr–fikir, 
hukm–hukum, doklad–dakalad, klass–kilass, ilm–ilim, zikr–zikir, zulm–
zulum, bakr–bakir… 
Epiteza. So‘z oxirida bir o‘rinda kelgan ikki undoshdan so‘ng [a] 
tovushining qo‘shilish hodisasidir: disk–diska, bank–banka, tank–tanka, 
kiosk–kioska, otpusk–otpuska, propusk–propiska, shtamp–shtampa, blank–
blanka kabi. 


85 
Prokopa.  Bunda so‘z boshida ba’zan unli yoki undosh tovush tushib 
qoladi: yiroq-iroq, yigna- igna, yog‘ach-og‘och, yirik-iri…  
Sinkopa hodisasiga binoan so‘z o‘rtasidagi va oxiridagi keng unlilar 
tor unlilar kabi talaffuz qilinadi va ayrim holatlarda tushib qoladi: 
valochka-valichka, traktor-traktir, avtor-avtir, director-direktir, generator-
generatir, muomala–muomila kabi. 
Apakopa so‘z o‘zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushishi 
hodisasidir: do‘st-do‘s, xursand-xursan, gazeta-gazit, smena-smen, 
baland–balan, qand–qan, rost–ros va h. 
Sinerezis hodisasiga ko‘ra so‘z o‘rtasida bir joyda kelgan ikki 
unlining biri kuchsizlanadi va nutqda tushib qoladi. Ikkinchi unli fonema 
esa cho‘ziq talaffuz etiladi: maorif-mo:rif, saodat-so:dat, qiroat-qiro:t, 
jamoat-jamo:t, sanoat–sano:t. Bu hodisa asl o‘zbekcha so‘zlarga xos emas. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling