Abyssal-abissal


ДАВЛЕНИЕ ГИДРОСТАТИЧЕСКОЕ — HYDROSTATIC PRESSURE


Download 1.55 Mb.
bet58/282
Sana12.10.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1699475
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   282
Bog'liq
LUG\'AT 185

ДАВЛЕНИЕ ГИДРОСТАТИЧЕСКОЕ — HYDROSTATIC PRESSURE Gidrostatik bosim — havzada suvning ichki qismida joylashgan nuqtaga yuqoridagi suv ustunining bosimi. O‘rta hisobda xar 10 m qalinlikdagi suv ustuni 1 atm. bosimni tashkil qiladi. Chuqurlik oshib borishi bilan Yer qobig’ida va undan pastda, atrofdagi t.j. larining (aniqlanayotgan chuqurlikka nisbatan) bosimi kuchayadi (Mae., bir km chuqurlikda — bosim taxminan 250—260 atmosfYeradan oshmasa, 15 km chuqurlikda u 3654 atmosf eraga etadi).
ДАВЛЕНИЕ ОРИЕНТИРОВАННОЕ (СТРЕСС)— PRESSURE ORIENTED (STRESS) Ma’lum tomonga yo‘nalgan bosim (stress). Yer po‘stining yuqori qismidagi bir tomonga yo’nalgan bosim natijasida Yer yuzasi burmalar, yoriqlar hosil bo‘ladi. Ushbu jarayon tektonik harakatlar bilan bog’liq va shu sababli o‘ziga xos minerallar hosil qiladi. Ularning umumiy nomi: S. Minerallar.

ГРЯДЫ — RIDGES abarch— do‘nglik, tog‘cha (bu umumlashgan nom So‘nggi paytlarda kam ishlatilmoqda). Quruqlik va dengiz ostida har xil sabablar ta’siridan hosil bo‘lgan qabariq shakldagi tizma tog‘chalardan iborat bo‘lib, bir necha ming metrdan 100 km ga cho‘zilib ketadi. Ularning bo’yi eniga nisbatan 10—100 baravar ko‘p bo‘ladi. Ulardan denudatsion, akkumulyativ, tektonik, vulkan va marjonlar kolonnasi hosil bo‘lishi mumkin.

ДАЙКИ — DIKES DAYKALAR (angl. tosh devor). Tik yoki qiya yo’nalgan, uzunligi kengligidan bir necha o‘n marta katta bo‘lgan magmatic jism shakli. D. larning yotish burchagi 90° ga teng D. lar deyarli xamma magmatik jinslarda uchraydi. Ular burmalangan o‘lkalarda juda keng tarqalgan X. M. Abdullaevning fikricha D. lar uch sinfga bo‘linadi: a) endodaykalar — magmatik eritmalardan Yer yoriqlarini to‘ldirish natijasida hosil bo‘lgan geologik jismlar; b) metadaykalar — tog‘ jinslarining o‘zgartirish natijasida hosil bo‘lgan D. lar; v) ekzodaykalar — yoriqlarning cho’kindi jinslar bilan to‘lishi natijasida hosil bo‘lgan geologik jismlar. D. odatda, parallel devorli bo‘lib, plastinkasimon, vertikal yoki tikkasiga yotadi. Uning qalinligi bir necha sm dan bir necha yuz metrgacha boradi, uzunligi esa bir necha 10 metrdan yuzlab kilometrgacha cho‘ziladi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling