ДЕВОН — DEVONIAN DEVON — devon sistemasi va davrining qisqartirilgan nomi.
ДЕВОНСКИЙ ПЕРИОД — DEVONIAN DEVON DAVRI — taxminan 60 mln. yil davom etgan paleozoy erasining kuyidan to’rtinchi geologik davri. D . d. boshlarida kaledon burmalanish natijasida Yer kurrasining ko‘pgina maydonlarida umumiy ko‘tarilish yuz berdi. Laguna va Kontinental sharoitda Qizil rangli qumtosh tog‘ jinslari hosil buldi. O‘rta va keyingi D.d.da geosinklinal va platformalarda umumiy cho’kish va dengiz trangressiyasi yuz berdi. SHuningdek D . d. mobaynida Yer kurrasining ayniqsa geosinklinal mintaqalarida magmatic jarayonlar kechdi. D. d. ning hayvonot dunyosi braxiopodlarning keng tarqalishi bilan xarakterlanadi; goniatitlar paydo buldi. D. d. da bir-biridan keskin farq; qiluvchi ikkita paleozoogeografik mintaqa — Atlantika va Tinch okean o‘lkalari ajratiladi. O‘simlik dunyosi psilofitlarning keng tarqalishi va davr oxirlariga borib yo’qolib ketishi, shuningdek, paporotniksimonlar va chirmovuqsimon o‘simliklarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
ДЕВОНСКАЯ СИСТЕМА — DEVONIAN SYSTEM DEVON SISTEMASI (Angliyadagi yirik ma’muriy viloyat — Devon grafligid paleozoy gruppasining pastdan to’rtinchi sistemasi. Uchta — quyi, o‘rta va yuqori devon bo‘limlari ajratiladi. M D da va G’arb Yevropada xar bir bo‘lim ikkitadan qatlamga bo‘linadi. D. s. 1989 yili Murchison va Sejviklar tomonidan ajratilgan.
ДЕНУДАЦИЯ — DENUDATION DENUDATSIYA (yepiyage — ochmoq)— nuragan jins siniqlarining tortish kuchi ta’siridan surilishi va tub jinslarning ochilib qolishi. D. keng ma’noda o’zansiz oqar suvning nuragan jinslarni sidirib ketishi, qoplama muzlarni surib, tub jinslarni ochishi, sahrolarda shamol qum zarralarini uchirib ketishidan ochilib qolishi va b. lardan iboratdir. Tektonik harakatning sekinlashishi tufayli mln. yillar davomida denudatsiya jarayoni natijasida denudatsion tekislik, peneplen va denudatsion yuzalar hosil bo‘ladi.
DEPRESSIYA — DEPRESSION DEPRESSIYA — geomorfologiyada okean sathidan pastda joylashgan cho’kma.
Do'stlaringiz bilan baham: |